Menejmentning tashkiliy tarkiblarini tanlash va takomillashtirish.
Organ - bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa tashkilotdir. Boshqarish organ esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnat taksimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo’jaligini boshqarish uchun ko’p tarmoqli boshqaruv organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolati organlar bulib tarkibi quyidagilardan iborat:
Respublikaning umumdavlat organlari
Qonun chiqaruvchi Ijro etuvchi organ Sud organlari
Boshqaruvning eng tepasida Prezident turadi. Bosh Qomusimizning 89-moddasida shunday deyilgan:
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshlig’idir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bulib, qonun chiqaruvchi xokimiyati amalga oshiradi, xududiy saylov okruglari bo’yicha kup partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat.
Boshqaruvning tarkibiy tuzilishining asosini organlari tashkil etadi. Respublikamizda boshqarishning tarmoq organlariga vazirliklar, davlat qo’mitalari, konsernlar, uyushmalar, korporasiyalar, konsorsiumlar va b. kiradi. Ular boshqaruv tizimining ishtirokchisidir.
Vazirlik - bu uziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy buginidir:
Vazirlik:
tarmoqning axvoli, uni yanada rivojlantirish;
fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning rakobatbardoshlini;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan ichki va tashqi talabni qondirish uchun maosuldir.
Davlat qo’mitalari - bu vazirlik va idoralarning fa’liyatini tartibga solish, nazorat kilish va muvofiklashtirish yuli bilan sosial-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik kilishga muljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlardir.
Konsern - bu ishlab chiqarishning diversifikasiyasi (uzgarishi, xilma-xilligining kupayishi) asosan tarkib topadigan yirik, kup tarmoqli korporasiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi.
Uyushma (ittifoq) - bu jismoniy va yuridik shaxslarning kungilli jamoat birlashmalaridir. Bunday uyushmalar uz faoliyatini muvofiklashtirish, manfaatlarini himoya qilish va yagona ilmiy-texnik siyosatini ta’minlash maqsadida respublika hududida keng tarmoq yozgan. Bunday birlashmaga misol qilib:
O’zbekiston respublika savdo-xarid uyushmasi “Uztayyorlovsavdo” (05.08.1994);
“Oziq ovqat sanoati” va “Yog’ moy tamaki sanoati” uyushmalari (26.09.1994);
Assosiasiya - bu korxonalarning paychilik asosida kungillik birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish - xo’jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnomaviy asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assosiasiya tarkibiga, odatda muayyan xududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Korporasiya - bu rivojlangan yirik aksionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporasiyalar negizi aksioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi.
Korsorsium - bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyixalash, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, kurilish, tabiatni ximoya kilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvakkat birlashmadir.
Konsorsium o’ziga xos xususiyati - mustakil yuridik sherik bo’lgan xar bir ishtirokchi korxona bilan bitim tuzilishidadir.
Xolding kompaniyasi- bu eng avvalo moliyaviy jamgarma bulib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi.
Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlar,. Ijodiy jamoalar, transport, aloka va telekommunikasiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosida kungilli birlashmasidir.
O’zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:
“Uzbekturizm” milliy kompaniyasi;
“Uzbekiston havo yo’llari” O’zbekiston milliy aviokompaniyasi;
“Uzbekkino” davlat aksionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi.
Korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub`ekti bulib, uziga tegishli yoki tulik xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar kursatadi deb ta’kidlangan.
Firma - bu korxonadan farqi o’laroq ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Boshqarish tuzilmalari oddiy va ixcham bulishi kerak. Boshqarish masalalari tezkor hal etilishi lozim. Boshqarish zvenolarining soni eng kam miqdorda bo’lishi ma’qul.
Hisob-kitoblar shuni kursatadiki, kul ostidagilar soni 5 kishi bo’lganda, rahbar 100 xil alokaga; 6 kishida 222,7 kishida 400 va shunga o’xshash aloqalarda bo’ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, bir rahbarga 5-6 xodim to’gri keladi.
Garb adabiyotlarida “strukturani takomillashtirish” iborasi umuman qo’llanilmaydi. Uning urniga:
strukturaga uzgartirish kiritish;
strukturani almashrishi;
strukturani tanlash;
strukturani intergasiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jaxon amaliyotidagi doimiy jarayon bulib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSH firmalarida, Garbiy Evropa va rivojlangan SHarq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha xar 3-5 yilda almashtirilib turiladi.
Menejment me’yorini tanlashda yana quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: Yechilayotgan masalalarning murakkabligi va bir xilligi, ularni ahamiyat darajasi, insonni jismoniy holati tashkilotda qabul qilingan menejment usuli va boshqalar.
Ikkinchi guruh omillari firmaning tashkiliy tarkibiini tanlashda va shakllantirishda birlamchi bo’lib xizmat qiladi.
Menejment nazariyachilari “strategik-tarkib” munosabatilariga ustivorlik beradilar. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, hozirgi zamon menejmentida tartib qurilishini eng asosiysi firmaning quyidagi uchta turdagi strategiyasini tanlab olishga bog’liq: innovasion strategiyasi, xarajatlarni kaytish strategiyasi yoki xar ikkala ilgarigi strategiyalarni asosiy belgilarini kamrab oluvchi strategiya.
Boshqaruv faoliyatini bajarish usullari menejment usullaridir. Menejment usullari boshqarish fanida muhim o’rin tutadi. Bu usular juda ko’p va ular bir-birlari bilan uzviy bog’langan. Amaliyotda quyidagi usullar qo’llaniladi: iqtisodiy, tashkiliy farmoyish (ma’muriy) va ijtimoiy-ruhiy.
Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning iqtisodiy usullari muxim ahamiyatga molik. Iqtisodiy usullar orkali kishilarning moddiy kizikishlariga ta’sir kursatiladi. Korxonalarda boshqarishning iqtisodiy usullardan biri rejalashtirish hisoblanadi. Xo’jalikni rejali yuritish uning quyidagi barcha faoliyatiini kamraydi: ishlab chiqarish, lizing, ishlab chiqarish fondlarian foydalanish, mehnat va ish vakti, ijtimoiy masalalar va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishda oshkoralik muhim jihatdir.
Bozor iqtisodiyoti qonunlari huquqiy prinsiplarni bajarilishini hisobga oluvchi va boshqaruv ob`yektiga uz ta’sirini utkaza oladigan uslublar sistemasi tashkiliy-taksimlovchi usullardir. Ular iqtisodiy boshqarish usullarini tuldiradi. Davlat maxsus ma’muriy xujjatlar bilan boshqaruv organlarini tuzib, boshqariluvchi sistemalarga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy-taqsimlovchi usullar tashkiliy aniqlik tashkiliy tuzilmalar, har bir boshqaruv zvenolari funksiyasi, boshqaruv apparati xodimlari ishi samarasi va intizom, kadrlarni tanlash urniga kuyish, kayta taominlaydi.
Tashkiliy taqsimlovchi usullarni uch guruhga ajratish mumkin: tashkiliy muvofiqlashtiruvchi, farmoyish ta’siriy va intizomiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |