Taburetka va Xontaxta klasslaridan obyekt yarating,
ular uchun “Yogʻoch miqdori” va “Narx” metodlarini ishlating. Soʻngra ular haqida axborotlarni nashr eting.
|
“Toʻgʻri toʻrtburchak” klassini yarating. Maydonlari: ikkita tomoni (a va b), ikkita virtual metod yarating: "Perimetr" va "Yuza". Shuningdek, “Ikki marta oshirish” nomli virtual metod yozing, unda tomonlarini ikki martaga oshirish bajarilsin. “Nashrga” nomli metodda klass obyektlari haqida barcha ma’lumotlar chop etilsin: tomon uzunliklari, perimetr va yuzasi.
Bundan tashqari, “Parallelogramm” nomli avlod klassini yarating. Qoʻshimcha parametrlari – ikkita tomoni orasidagi burchak. Qayta yuklangan ikkita metod: "Perimetr" va "Yuza" (Parallelogramm uchun). “Ikki marta oshirish” metodi qayta yuklanmaydi, ajdod klassniki bilan bir xil ishlaydi. “Nashrga” nomli metodda klass obyektlari haqida barcha ma’lumotlar chop etilsin: tomon uzunliklari, orasidagi burchak, perimetr va yuzasi.
Asosiy dasturda ikkita toʻrtburchak haqida ma’lumotlarni kiriting va ma’lumotlarni chop qiling. Toʻgʻri toʻrtburchak va parallelogram obyektlarini oʻzgartirib, qayta ishlab va yangilangan ma'lumotlarni taqdim eting.
|
|
“Avtomobil”'>Avtomobil” klassini yarating. Maydonlari: Nomi, maksimal tezligi(km/s), narx. Konstruktor orqali faqat nomi va maksimal tezligini kiriting. Ikkita virtual metod yarating: "Narx" metodi – mashina narxini quyidagi fomula bilan hisoblaydi: maksimal tezlik * 100 $(AQSH dollari hisobida) va "Modelni yangilash" metodi maksimal tezlikni 10 km/s ga oshiradi. Bundan tashqari, obyekt haqida ma'lumotlarni chop qiluvchi “Axborot” metodini yarating: Nomi, maksimal tezlik va narx.
Bundan tashqari, “Yuk tashish avtomobili” nomli avlod klass yarating. Qoʻshimcha maydonlari – sigʻimi (kg da). Qayta yuklangan 2 ta metodi mavjud: "Narx" metodi – mashina narxini quyidagi fomula bilan hisoblaydi: agar sigʻimi 2000 kg dan kam boʻlsa, maksimal tezlik * 150 $(AQSH dollari hisobida), aks holda maksimal tezlik * 200 $. "Modelni yangilash" metodi mashina sigʻimini yangi kiritilgan qiymatga oʻzgartiradi.
Asosiy dasturda Avtomobil klassidan 140 km/s maksimal tezlikka ega va Yuk tashish avtomobili avlod klassidan 160 km/s maksimal tezlikka ega boʻlgan obyektlar yarating. Avtomobillar haqida ma’lumotlarni ekranga chiqaring. Avtomobillarni modellarini yangilang va qayta ma’lumotlarni chop qiling.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |