Strelkani tanlash
|
Qalamni qalinlashtirish
|
|
Varaqni masshtabini o’zgartirish
|
|
qalam vazifasini bajaradi
|
|
Tыrtburchak chizish uchun
|
|
Aylana chizish uchun
|
|
Ko’p burchakni xar-xil kыrinishga o’tkazish
|
|
Shakllar tanlash
|
|
Matn kiritish
|
|
Shakllarni har-xil ko’rinishga o’tkazish
|
|
Rangni o’zgartirish
|
|
Hoshiyani qalinlashtirish va hoshiya rangini o’zgartish
|
|
Ramka ichidagi rangni o’zgartirish
|
|
Ramkani bo’laklarga bo’lib rangini o’zgartirish
|
Shuni eslatib o’tishimiz kerakki kыpburchaklarning bog`lamlar sonini berganda minimum 3 tadan kam bo’lmasligi kerak, maksimum 500 tadan katta bo’lmasligi kerak bo’ladi.
Agar biz ellips shaklini bersak uni ko’pburchak shakliga keltirish uchun maxsus uskunada 3tadan kam bыlmagan bog`lamlar sonini kiritsak kompyuter ыzi avtomatik tarzda o’zgartirib qo’yadi.
Amaliy qism:
Ishni bajarish tartibi:
1-Topshiriqlar:
1. Corel Draw dasturini ishga tushiring.
2. Biror bir figurani yoki rasmni chizish uchun belgining qora rangini, fonning esa oq rangini va chiziqni chizish uchun 2 nuqta qalinlikdagi chiziq ko’rinishini tanlab oling.(uskunalar panelining pastki tomonidan chiziq kengligi tanlanadi)
3. Ishchi maydon markazidan boshlab, uy kartasini chizing. Эng soddasi - oldingi devor: bu oddiy to’rtburchak shaklidagi figuradir. So’ng "Shift" tugmasidan foydalanib, to’rtburchakning tepa burchaklaridan ikkita diogonal chiziqlar o’tkazing, ular bir-biri bilan kesishganda, tomning uchburchagи hosil bo’lsin. Keyin chizik uskunasi yordamida tom va yon devorlarini chizing - bunda erkin qiyalik bilan uch chiziqli shakldagi chiziqdan foydalanib vertikal va dioganal chiziqlarni chizing.
4. CHiziqlar bilan ishlash jarayonida, ularni bir-biri bilan kesishtirganda ortiqcha chiziqlar hosil bo’ldi. SHuning uchun bu shakldagi burchaklarda xunuk chiqib turgan chiziqlar hosil bo’lib qoldi. Bu joylardagi chiziqlarni uskunalar panelidagi "o’chiro’ich"(lastik) yordamida tozalang. Ko’rinib turadiki, bu uskuna yordamida tozalangan joylar chala tozalanadi. Lekin keyingi darslarda yaxshi tozalashni ko’rib o’tamiz.
5. Эndi "Mo’yqalam"(Kist') yordamida chizgan shaklning chap o’uyi burchagidan sal pastda yopio’ soha shaklini chizing. Bu chizilgan soha ko’lni bildirsin. SHuning uchun ko’lda suv hosil o’iling. Buning uchun suv rangini ranglar jilosidan to’q ko’k rangni tanlab uskunalar panelidagi "Valik" asbobini foallashtirib, sichqoncha ko’rsatkichini chizgan soha ichiga olib kelib, chap tugmasini bosing. Demak, siz ko’ldagi suvni hosil o’ildingiz.
6. Uyga yo’l ko’rsatuvchi ko’rsatkich yarating. Buning uchun yozuv yoziladigan joyini "Oval" uskunasi yordamida, tirgaklarini "to’o’ri chiziq" asbobidan foydalanib va uy tomon ko’rsatkich chiziqini esa "chiziq" va "Mo’yqalam"(kist) yordamida chizib oling. Keyin esa u erga matn yozib qo’ying.
7. Qilingan ishlarni Uy.BMP fayli sifatida saqlab qo’ying.
2-Topshiriqlar:
1. Corel Draw dasturini ishga tushiring.
2. Unda oldindan yaratilgan Uy.BMP faylini yuklang.
3. Uyning burchaklaridagi va ko’rsatkich strelkasidagi ulanishlardan hosil bo’lgan xunuk chiziqlarni tog’rilab chiqing.Buning uchun (Viev - Zoom In) komandasini tanlang. Sichqoncha ko’rsatkichi ramka turini qabul qiladi. Ramkani ekranning kerakli joyiga o’rnatib va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Notekis joylarni to’girlang. Normal ko’rinish turini hosil qilish uchun Viev - Zoom In komandasini tanlang.
2.1-topshiriqlar:
1. Kompyutеr grafikasi haqida tushuncha
2. Corel Draw grafik muharriri va uning menyu bo‘limlari bilan tanishish
3. Corel Draw grafik muharririda asboblar-uskunalar paneli bilan ishlash
2.2-topshiriqlar:
Ushbu chizmalarni Corel Draw va Adobe Photoshop grafik dasturlarida bajaring va farqini aniqlang.
1. Biror kitob tasvirini chizing.
2. Tеlеvizor tasvirini chizing.
3. Yеngil avtomobil tasvirini chizing.
4. O‘zbеkiston bayrog‘i tasvirini chizing.
5. Samolyot tasvirini chizing.
6. Kompyutеr tasivirini chizing.
7. Ko‘p qavatli uy tasvirini chizing.
8. Daraxt tasvirini chizing.
9. Stol va stul tasvirini chizing.
10. Futbol maydonini tasvirini chizing
11. Biror qushni tasvirlang
12. Biror oshxona buyumlarini tasvirlang.
13. Biror uy anjomini tasvirlang.
14. Biror faslni tasvirlang.
15. Biror manzarani tasvirlang.
3-topshiriq:
Mustaqil ravishda o‘zingiz tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishiga doir biron-bir tasvirni ifodalab bering.
Eslatma: Bu topshiriq boyicha har bir talaba o’zi individual bajaradi. Bir talaba yaratgan tasvir boshqa talabaning tasviriga oxshamaslik kerak.
Tekshirish uchun savollar:
Kompyuter grafigi nima?
Kompyuter grafigining qanday turlari mavjud?
Corel Draw grafik muharirining ishlash tamoillari nimalardan iborat?
Corel Draw grafik muharirining tashkil etuvchilari
Corel Draw grafik muharirining menyulari;
Corel Draw grafik muharirining uskunalar paneli nimalardan iborat?
Corel Draw grafik muharirining qo’shimcha imkoniyatlari qanday?
Mavzuga doir savollar:
1.Ushbu mavzusi mohiyatining uslubiy tahlilini qiling.
2.Mavzu bo’yicha tematik reja tuzing.
3.Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni aniqlang va tizimlashtiring. Mavzu bo’yicha klaster va sxemalarni tuzing.
4.Mavzu bo’yicha testlar tuzing.
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
1.M Aripov,B Begalov va boshqalar Axborot texnologiyalari Noshir Toshkent 2009
2.M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.:”Cho’lpon”, 2013 y.
3. M.Azimjonova, T.Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari.O’quv qo’llanma “Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, T.:2013y.
4. M. Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. – T.: 2004.
Elektron ta’lim resurslari
1.www.tdpu.uz – Nizomiy nomidagi TDPU rasmiy sayti
2.www.ziyonet.uz – ZiyoNet axborot ta’lim portali
3.www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portali
4.http:www.ctc.msiu.ru/‘materials/Book1,2/index1.html
5.http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz
Do'stlaringiz bilan baham: |