13- AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Ma’lumotlarni nusxalash va tiklashning dasturiy ta’minoti.
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash maqsadida zahirali nusxalash vatiklash siyosati bilan tanishish va zahiralangan fayllarni tilashni o’rganish.
O'rnatilgan OT vositalari bilan Windows 10-ning zaxira nusxasini yaratish
Windows 10 tizim zaxira nusxalarini yaratish uchun bir nechta variantni o'z ichiga oladi. Tushunish va ishlatish uchun eng oson, to'liq ishlaydigan usul bu boshqaruv panelining zaxiralash va tiklash funktsiyalaridan foydalangan holda tizim obzorini hosil qilishdir.
Buning uchun Windows 10 OTda pusk tugmasi bosiladi “Служебные-Windows” > “Панел управления” bosiladi va hosil bo’lgan yangi oynadan “Архивация и восстановления (Windows 7)” tanlanadi.
Yangi ochilgan oynaning chap tomondagi “Создание образа системы” buyrug’ini tanlaymiz
Tizim obzorini qayerda saqlamoqchi ekanligingizni ko'rsating. Bu alohida qattiq disk (tashqi disk, kompyuterda alohida jismoniy HDD) yoki DVD disklar yoki tarmoq papkasida bo'lishi mumkin.
Qaysi diskning zaxira nusxasi arxivlanishini ko'rsating. Odatta OT C disk obzori arxivlanadi. “Архивировать” arxivlash tugmasini bosing va jarayon tugashini kuting.
Agar sizning kompyuteringizda DVD disk o’qish qurilmasi bo’lmasa, USB axborot tashuvchida Windows OT dasturi yo’q bo’lsa, tizimni tezkor tiklab olishda operatsion tizimni arxivlab qo’yishingiz kerak bo’ladi. Tizimda nosozlik kuzatilganda, tizim ishlamay qolganda yoki tizimni qayta o’rnatish zarur bo’lganda arxivlangan tizimni qayta tiklash tez va oson amalga oshiriladi
Windows OTni zaxira nusxasidan tiklash
Agar sizning tizimingiz ishlamay qolsa yoki qurilmangizdagi asosiy qattiq diskni o'zgartirishga qaror qilsangiz, tizimni zaxira nusxasidan tiklash uchun quyidagi amallardan foydalanishingiz mumkin:
Tizimni tiklash fayllarini (tizim obrazini) o'z ichiga olgan vositani qurilmangizga ulang.
Kompyuteringizni qayta yoqing.
“Установка Windows” sahifasidagi “Далее” tugmasini bosing.
Patki chap burchakdagi “Восстановление системы” xavolasini bosing
Hosil bo’lgan keying oynadagi “Поиск и устранение неисправностей” variantini tanlang.
«Дополнительные параметры» sahifasidan “Восстановление образа системы” variantini tanlang.
Maqsadli operatsion tizim sifatida Windows 10-ni tanlang.
«Восстановление компьютера из образа» oynadan «Использовать последний доступный образ системы» variantini tanlang.
«Далее» tugmasini bosing.
Agar to’liq tizimni tiklamoqchi bo’lsangiz qattiq diskni formatlashingiz mumkin bo’ladi, buning uchun «Форматировать и разбить на разделы диски» buyrug’ini tanlaysiz.
«Далее» tugmasini bosing
«Готово» tugmasini bosing
Tasdiqlash uchun «Да» ni bosing.
Ushbu bosqichlarni bajargandan so'ng tizimni tiklash jarayoni boshlanadi. Ish vaqti qayta tiklanadigan ma'lumotlar miqdori va sizning qurilmangiz xususiyatlariga bog'liq. Jarayondagi har qanday uzilishlar kompyuteringizni buzishi va uni yuklanishiga yo'l qo'ymasligi mumkin, shuning uchun kompyuteringiz UPS ga ulanganligiga ishonch hosil qiling. Noutbukda, tiklashni boshlashdan oldin, qurilma elektr tarmog'iga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Topshiriq variantlari:
Zahirali nusxalash amalini bajaring. Dasturdan foydalanib zahiralangan faylni tiklash amalini bajaring. Bajargan ishingiz bo’yicha hisobot tayyorlang va modul tizimga yuklang.
Do'stlaringiz bilan baham: |