Fargona Davlat Universiteti Sirtqi bolim Iqtisodiyot fakulteti S 18-75 guruh talabasi Sidiqov Murodjon Nomon oglining Pul va Banklar fanidan oraliq nazorat ishi 12-variant 1. Pul nazariyalari (metal nominal vbqdoriylik monerariya) 2.Davlat krediti (byudjet harajat daromad kamomad obligasiya) Javoblar 1Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo’lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko’rdilar va ular jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda franwuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo’linadi:
Ilk merkantilistlar.
So’nggi merkantilistlar.
Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko’ra oltin va kumush o’z tabiatiga ko’ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo’lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning etakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo’shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning pulning davlat nazariyasi nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo’lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo’yilgn nominali bilan belgilanadi. Ular metal pullar emirilish xususiyatiga ega ekanligini takidlashdi va qog’oz pullar to’lov vositasi sifatida moslashuvchan va qulay, ayirboshlash vositasi ekanligini etirof etishdi.
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo’lgan. Keyns aytadiki qog’oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g’alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo’ladi.
Pul barcha tovarlar qiymatini o’zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o’lchovi.
Buyumlashgan mehnatning ichki o’lchovi mehnat asosida o’lchanadi.
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy pulning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog’oz pullar muomalasini afzal ekanligini etirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o’zgarishiga sabab bo’luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Evropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko’plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Evropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Evropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo’ldi. Shu bog’liqlikni birinchi bo’lib franwuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metal tangalarni emirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.Yum; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qo’llashning mumkinligini asoslab berishdi.
Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga ko’ra metal pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o’zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko’ra miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o’lchov funktsiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo’lmaydilar deganlaridadir.
Marksning fikriga ko’ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo’ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalri bilan K.Marks o’rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo’ladi.
2 Davlat krediti. Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra davlat kreditida davlat faqat qarzdor bo’lib qatnashadi. Masalan, davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarib aholiga, banklarga va korxonalarga sotadi. Shu yo’l bilan ular ular oldida qarzdor bo’lib qoladi. Bundan tashqari davlat tijorat banklaridan, Markaziy bankdan, Xalqaro moliya institutlaridan kredit oladi. Ikkinchi guruh olimlarining fikriga ko’ra, davlat kreditida davlat kredit beruvchi bo’lib ishtirok etadi. Masalan, davlat banklar orqali ma’lum bir tarmoqlarni kreditlaydi. Ular hukumat tomonidan qimmatli q og’ozlarni sotib jalb qilingan mablag’lari hisobidan. Ularni davlat zayomlari deyishimiz ham mumkin.