12-variant. Mavzu: Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalaridagi kuchlanish o‘zgartirgichi. Reja



Download 1,08 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#760410
Bog'liq
infokom 1-mustaqil ish







12-variant.
Mavzu: Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalaridagi kuchlanish o‘zgartirgichi.
REJA:

  1. Kirish.

  2. Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalari

  3. Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalaridagi kuchlanish o‘zgartirgichi.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kompyuterlar ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari 220V/110V li o’zgaruvchan kuchlanishdan ta’minlanadi. Chiqish kuchlanishlari esa ±5V va ±12 V kuchlanishli kanallarga bo’linadi. Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari barcha kanallari quvvatlari yig’indisi 65 Vtdan to 350 Vtgacha bo’lish mumkin.
Kompyuterlar elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:

  • kirish zanjiri;

  • o’zgartirgich;

  • o’zgartirgichning boshqarish sxemasi;

  • chiqish zanjiri;

  • himoyalash sxemasi;

  • qo’shimcha ta’minot manbai;

  • ventilyator sxemasi.


1-rasm.Kompyuter elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi
Ko‘chma radioelektronika, telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o‘zgarmas tok manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr ta’minoti uchun esa turli nominaldagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirish talab qilinadi. Bu vazifani o‘zgartirgichlar bajaradi. O‘zgartirgichlar elektr ta’minot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta’minoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. O‘zgartirgichlar ikki turga bo‘linadi. O‘zgarmas tok energiyasini o‘zgaruvchan tok energiyasiga o‘zgartirib beruvchi o‘zgartirgichlar invertorlar deyiladi va o‘zgartirish jarayoni invertorlashdan iborat bo‘ladi. Agar o‘zgartirgich chiqishida o‘zgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u holda invertordan keyin to‘g‘rilagich va filtr qo‘yiladi. Bunday bir kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasini boshqa kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasiga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgich konvertor deyiladi va o‘zgartirish jarayoni konvertorlashdan iborat bo‘ladi.
Kuchlanish o’zgartirgichi quyidagi qismlardan tashkil topgan.

  • quvvat kuchaytirgichi;

  • invertor;

  • yuqori chastotali transformator.

U TKT to’g’rilagichi chiqishidagi ±310 V kuchlanishli o’zgarmas tok energiyasini boshqarish sxemasidan (BS) keladigan signallarga bog’liq ravishda o’z chiqishida 12…15 V va 5…7 V kuchlanishli to’g’ri burchakli impulslar shaklidagi o’zgaruvchan tok energiyasiga o’zgartirib beradi. O’zgartirgichning ishlashi vaqtning istalgan momentida boshqarish sxemasidan keladigan signalga bog’liq bo’ladi.
Quvvat kuchaytirgichi invertor kuch tranzistorlarini kommutatsiyalanishini boshqarilishini, ya’ni tranzistorlarni ochadigan va yopadigan baza toklarini shakllantirishni, shuningdek, invertor tranzistorlarining baza-emitter va baza-kollektor zanjirlarini boshqarish sxemasidan ajratishni ta’minlaydi. O’zgartirgich invertori asosan ikki taktli yoki yarim ko’priksimon sxemalarda yig’iladi. Sxema tranzistorlari navbatma-navbat ochiladi va yopiladi. Invertor har qanday o‘zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi. Invertorlar quyidagi belgilariga qarab sinflarga bo‘linadi:
 o‘zgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;
 ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;
 kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;
 qo‘zg‘atish usuliga qarab: mustaqil va o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli invertorlar; Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
 tranzistorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli invertorlar;
 teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali, tok bo‘yicha teskari aloqali, tok va kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali invertorlar;
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
 tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;
 yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sig‘imning ulanishiga qarab: ketma-ket, ketma-ket parallel va parallel. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarning afzalliklari ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ishlatish muddatining uzoqligidir. Yuqori chastotali transformatorning ikkilamchi cho’lg’amlaridan to’g’ri burchakli pasaytirilgan kuchlanish impulslari chiqish to’g’rilagichlariga beriladi.


2-rasm.Kuchlanish o’zgartirgichining sxemasi.



3-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli bir taktli o‘zgartirgich (avtogenerator)ning tuzilish sxemasi



4-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tranzistorli bir taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi

5-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi.

6-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt diagrammalari


XULOSA
Men ushbu mustaqil ishini bajarish davomida kompyuter elektr ta’minoti manbalari qanday qismlardan tashkil topganini, bu asosiy qismlar qanday tashkil topganini o’rgandim.Quyosh elementlari asosidagi elektr manbalari haqida ham ma’lumotga ega bo’ldim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.

  2. Nazarov A.M., Yarmuhamedov A.A., Sh.K. Xudayberganov, Ya.T. Yusupov, A.B. Jabborov, F.M. Qodirov. Elektr ta’minot qurilmalari. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2020. – 256 bet.

  3. A.S.Karimov va boshqalar. Elektrotexnika va elektronika asoslari.-T.: O’qituvchi, 1995.-462 b.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish