99.Аmаliyot hаqiqаt mеzоni.
Haqiqat o‘zining mazmuniga kora mutlaq va nisbiy bolishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bolib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.Haqiqat o‘z mazmuniga kola hamisha obyektivdir.Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bogliq emasdir.Masalan, 0 ‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki ol- masligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh boladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir.U hamisha konkretdir. Hegel so‘zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‘lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vo- qelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o‘rin tutadi.Haqi- qat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |