12-mavzu: XVI-XVII asrlarda madaniy va musiqiy hayot



Download 40,56 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi40,56 Kb.
#223748
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu.

Najmiddin Kavkabiy

Shayboniylar davlati poytaxti bo‘lgan Buxoroga zamonasining ko‘zga ko‘ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshlaydi hamda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning “Buxoro maktabi” deb nom olgan uslubi taraqqiy topadi. Buxoro ilm va san’at ahli orasida Hirot oltin davri ta’siri ostida shakllangan yirik olim va sozanda Najmiddin Kavkabiy (1473-1533) ham bor edi.

Najmiddin Kavkabiy, bizga ma’lum tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoroda Mavlono Gavhariy oilasida, taxminan 1473 yilda tavallud topgan. Ayrim manbalarda uning 1480 yilda tavallud topgani aytiladi. U Buxoroda ulg‘ayib, o‘sha davrda madaniyat markazi bo‘lmish Hirot shahrining madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan.

Kavkabiy - Musiqa ilmi va amaliyotining turli masalalariga doir ilmiy risolalar yozgan. Forobiy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog‘iy va Xo‘ja Yusuf Burhon asarlariga tayangan holda Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, o‘z nazariy qarashlarini zamonasining musiqa amaliyotiga yaqinlashtirishga intilgan. Fors tilidagi "Risolai musiqiy"da ilmi musiqiy, o‘n ikki maqom tizimiga oid nazariy tushunchalar berib, turli zarb-usullarning nomini keltirib ta’riflagan, kuyning amaliyotidagi xillari haqida ma’lumot bergan.

Kavkabiy Ubaydulloxon (1533-1540 yillarda hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o‘xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni chog‘da she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, yorqin iste’dod sohibi Mavlono Kavkabiyni o‘z saroyining ko‘rki sifatida e’zozladi.

Darhaqiqat, ko‘plab manbalarning guvohlik qilishicha, Ubaydulloxon davrida Buxoro xonligi iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksalib, ilm-fan, adabiyot rivoj topadi, shahar obodonchiligiga, masjid, madrasalar, yo‘llar qurilishiga jiddiy e’tibor beriladi.

Najmiddin Kavkabiy haqida boshqalardan ko‘ra batafsilroq ma’lumot bergan Darvesh Ali Changiy bo‘ladi. U o‘zining “Risolai musiqiy” asarida musiqashunoslar qatorida Najmiddin Kavkabiy Buxoriyga ham o‘rin ajratgan. Kavkabiy maqomlarni kecha-kunduzning qaysi soatlarida ijro etilishi va har xil ruhiy holatdagi kishilarga ta’siri masalalarini bayon etgan. O‘z risolasida turli musiqa asboblari, kuylar va maqomlarning paydo bo‘lishi haqida afsonalar, g‘azallar keltirib, umuman, qad. Sharq musiqiy estetikasi an’analarini davom ettirgan. Hasan xoja Nisoriy va Darvishali Changiy ma’lumotiga ko‘ra, K. kulliyot, qavl, amal, savt, naqsh, rexta va b. shakllarda musiqa asarlari yaratib, maqomlarga mos g‘azallar ham bitgan. She’rlarida islom va musiqa mavzuiga yangilik olib kirib, musiqaning ilohiy kuchini tarannum etgan.

Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani Darvesh Ali Changiy alohida mavqega ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan va ularning har biriga atab mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o‘xshab, u turli ilm sohalarini o‘zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. O‘z mavqeiga ko‘ra, Darvesh Alini islom Sharqining atoqli musiqachi olimlari silsilasining so‘nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng yirik asarlaridan biri "Risola-yi musiqiy" ("Musiqa risolasi") mazkur ilmining an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan "Risolayi musiqiy" nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi.

Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevosita shu davlat hukmdorlariga bag‘ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki mintaqaviy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko‘zda tutish lozim. Boshqacha aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilmagan. Ularda universal toifadagi mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan

Kavkabiyning ko‘rsatishicha, alhon (kuy, ashula) uch xil bo‘ladi:

1. Alhoni jirmiy (to‘liq kuy), ya’ni musiqa tovushi (nag‘ma), doira usuli (ritm) va she’r matni qo‘shilgan musiqa asari; bu vokal musiqadir.

2. Alhoni basitiy (oddiy kuy), ya’ni cholg‘u kuylar yoki she’rni o‘lchovga solib o‘qish.

3. Alhoni xattiy (cheklangan kuy), ya’ni musiqa asaridagi tovushlar, ritm va she’rning alohida ko‘rinishi.

Mavlono Kavkabiy diniy va dunyoviy ilmlar borasida dong taratgan. Musiqa va she’riyatda benazir san’atkor darajasiga erishgan. Undan “Risolai musiqiy” va “O‘n ikki maqom haqidagi risola” meros qolgan. Ularning birinchisi sof ilmiy-nazariy yo‘nalishdagi nasriy, ikkinchisi maqom, sho‘ba va ovozlarning ramziy-majoziy ta’riflariga bag‘ishlangan nazmiy asardir. Bu risolalar umumiylikda Kavkabiyni ulug‘ alloma Safiuddin Urmaviy (vafoti 1294 yil) va Abdulqodir Marog‘iy (1353-1435) qatoridagi musiqiyshunos ekanligini ko‘rsatadi.




Download 40,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish