12-mavzu. Windows, Linux operatsion tizimlari va ularni kompyuterga o’rnatish.
Reja
1.
Operatsion tizimning yangi turlarining imkoniyatlari.
2.
Windows 7, 8, 10 operatsion tizimni kompyuterga o’rnatish.
3.
Linux operatsion tizimni kompyuterga o’rnatish
Windows OT ining 8.1 versiyasini o'rnatish bu usul Windows ning 7, 8, 8.1 va 10
versiyalari uchun bir xil hisoblanadi. Demak, boshladik. Buning uchun bizga Windows
operatsion tizimi o'rnatuvchi paketi fleshka disk yoki fleshka kerak bo'ladi. Agar bular mavjud
bo'lmasa o'zimiz o'rnatuvchi paketni fleshka yozamiz va bu orqali o'z kompyuterimizga
Windows OT ini o'rnatamiz. Bunda bizga Windows o'rnatuvchi paketi (.iso kengaytmasida
bo'ladi) va rufus dasturi kerak bo'ladi. Windows OT ining o'rnatuvchi paketini biz Microsoft
ning microsoft.com saytidan yoki o'zimiz bilgan boshqa dasturlar saytidan ko'chirib olishimiz
mumkin.
Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi hech qachon shunchaki fleshkaga nusxalash bilan
yozilmaydi agarda siz uni uyingizga yoki biron joyga olib borib saqlab qo'yish uchun
yozmayotgan bo'lsangiz.
1. Windows OT ning o'rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi
Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturini ishga tushuramiz. So'ng rufus
dasturining quyidagi bo'limlari haqida tushunchaga ega bo'lamiz:
1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko'rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10
versiyalaripaketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gb dan kam bo'lmagani
kerak bo'ladi);
2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini
belgilanadigan bo'lim (bu haqda keyingi mavzularimizda to'liqroq ma'lumot berib o'tamiz,
bizga asosiysi qanday sxema va interfeysdan foydalanishni bilib olsak bas). Windows OT ini
o'rnatish uchun biz MBR sxemasi va BIOS yoki UEFI-CSM interfeysidan foydalanamiz;
3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda
yozilish kerakligini belgilaymiz. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo'ladi (keyingi
mavzularimizda bu haqda tushuntirib o'tamiz);
4. Klaster o'lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o'rnatish uchun 4096
bayt bo'ladi;
5. Fleshkamizning Windows OT ini o'rnatuvchi paketi yozilgandan keyingi nomi qanday
bo'lishi shu yerda yoziladi;
6. Bu yerda formatlash sozlamalari keltirilgan.
ESLATMA!!! Yuqoridagi barcha parametrlar siz Windows ning o'rnatuvchi paketini
tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi va u yerdagi hech narsani o'zgartirish tavsiya etilmaydi.
Rasmda ko'rsatilgan tugmani bosamiz
Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko'chirib olgan Windows OT ining
o'rnatuvchi paketini tanlaymiz
Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz
Bizda «fleshkamizda biron ma'lumot mavjud bo'lsa u o'chib ketishi» haqida
ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud
bo'lmasa «OK» tugmasini bosamiz.
Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ining o'rnatiluvchi paketi
yozilgan bo'ladi
Mana endi bizda Windows OT ni o'rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi
galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz.
“BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo’lgan qurilmalarga
nisbatan qo’llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida
“PROM” yoki “Boot” terminlari qo’llaniladi.
Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo’lsa, siz
qo’rqmasdan “BIOS” terminini qo’llasangiz bo’ladi.
«BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizim osti tizimidir. Ya'ni, siz
kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o'rnatmagan bo'lsangiz ham sizning
kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko'rish,
qo'shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o'ziga mos Operatsion Tizim (OT) ni
o'rnatishini ta'minlab turishdir.
“BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion
tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi.
BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga
tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini
birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni
ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi.
Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi
firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga
kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi:
• F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и
Lenovo noutbuklari uchun;
• F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens,
Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic,
Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;
• Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o'rnida qo'llaniladi;
• F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida
qo'llaniladi;
• F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo'llanilishi mumkin;
• Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo'lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini
qo'llab ko'ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter,
Fn+F1, Ctrl+Ins
BIOS odatda ko’k rangli, zerikarli muhitdir
Hozirgi kunda zamonaviy ko‘rinishdagi BIOS lar ham keng tarqalmoqda
Windows o’rnatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladi va
u yerdan BOOT qismi topiladi.
U yerda o’zimga kerakli disk/fleshkani 1-o’ringa qo’yamiz.
1-o’ringa qo’yish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga
qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlarda siz 1-o’rinda turga qurilma
nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar ro’yxatini ko’rsatadi, siz shulardan o’zingizga
keragini birinchi o’ringa qo’yasiz, birinchi o’rinda turgani esa tanlangan qurilmaning o’rnini
egallaydi.
Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F
tugmalarda) amalga oshiriladi. Ya’ni, siz o’zingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysiz va
yo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini o’zgartirasiz.
Boshqa turdagi BIOS larda (“POST” yoki “Boot”) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi
mumkin (F1 va F2; “+” va “-” va boshqacha tarzda) .
Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterni
yoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor
bosamiz.
Bizda Windows ni qaysi tilda o’rnatish haqida so’rov chiqadi. Shuni tanlab so’ng «Next»
tugmasini bosamiz
Bu oynada «Install» now tugmasini bosamiz
So'ngra biz «Лицензионное соглашение» ga qabul qilaman deb galochkani belgilaymiz
va «Next» tugmasini bosamiz
Bu yerda Windows ni o’rnatish boyicha turini tanlimiz. Bizga boshidan o’rnatish
kerakligi sababli biz «Выборочная» ni tanlimiz
Windows OT o’rnatadigan joyni tanlaymiz va «Далее» tugmasini bosamiz
So'ng bizda Windows OT ini o'rnatish jarayoni boshlanadi
O’rnatish tugagandan so’ng bizga kompyuterimizning nomini kiritishimiz talab etiladi va
o'zimiz istagan fon rangini tanlashimiz mumkin
«Использовать стандартные параметры» tanlaymiz
Foydalanuvchi nomi, parol va parol uchun kalit so'z kiritamiz (o'tgan darslarda yangi
foydalanuvchi yaratishni ko'rgan edik. Bu yerda ham xuddi jarayonni bajaramiz)
Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz
Sozlamalar tugaganda so'ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo'ladi
Buni amalga oshirganingizdan so’ng, «UltraISO» ishchi sohasining pastki qismida
Windows distributivining fayllari joylashgan papkani tanlang va uning tarkibini (papkaning
o’zini emas) ayni damda bo’sh turgan dasturning ustki o’ng qismiga olib o’tkazing.
Agar yuqoridagi indikator «
Новый образ переполнен
» xabarini bergan holda
qizarsa, shunchaki uning ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va DVD diskiga mos
keluvchi 4.7 Gb o’lchamni tanlang. Keyingi qadam – avvalgi holatlardagi kabi:
«
Самозагрузка» → «Записать образ жесткого диска
», qaysi fleshkani yuklanuvchi
qilish lozimligi ko’rsatasiz va «Fayl obraza» maydonida hech nima ko’rsatmaysiz, u er bo’sh
bo’lishi lozim, yozishda joriy loyiha qo’llaniladi. «
Записать
» tugmasiga bosasiz va
birmuncha vaqtdan so’ng Windows’ni o’rnatuvchi USB fleshka tayyor bo’ladi.
Bu «UltraISO» yordamida yuklanuvchi saqlash qurilmasini yaratishning barcha usullari
emas, lekin fikrimizcha, ko’pchilik uchun yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni amalda qo’llab
ko’rish etarli bo’lishi kerak.
Linux operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish.
Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda.
Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur "Maykrosoft" firmasining Windows
XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7
tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin "Maykrosoft"
kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli
tizimning rivojlanib kelishi ham ma'lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida
eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu
notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy
etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta
yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston
o'lkada chiqayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi)
Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda.
"Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz"-ida yangi
operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib,
shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda
bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida
yetarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket,
izchillik bilan to'planib, yetishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz.
Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi ma'lum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga
mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni
Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz.
Amaliy qism.
Live rejimda Fedorani o'rnatish. Live rejimda ishlaganimizda Linuxni kompyuterga
o'rnatmasdan ishga tushiramiz. Kompyuterni live rejimdan keyin qayta yuklagan vaqtda tizim
yuklanmaydi. Agar biz live rejimdan keyin Windows tizimini yuklasak, tizim live rejimdan
oldin qanday holatda turgan bo'lsa shunday holatda yuklanadi. Live rejimda ishlaganimzda
Fedorani o'rnatmasdan uning qanday holatda bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Red Hat Enterprise
Linux da live rejim taklif qilinmagan.
Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga o'tish oynasi
chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga minimal RAM uchun bir
necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun
10 soniya kutib turiladi (1.4-rasm). 1.4-rasm
Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, GNOME
desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop Live Mediadan
o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan
holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi ochiladi (1.5-rasm).
Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop menegerini
o'rnatishimiz kerak bo'ladi. III. NAZARIY MATERIALLAR 28 Tizimni qattiq diska o'rnatish.
O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal
bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi (1.6-rasm).
1.6-rasm.
Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir
vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi (1.7-rasm).
1.7-rasm.
Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi (1.8-rasm).
1.8-rasm.
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash
qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin (1.9).
1.9-rasm.
Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka o'rnatamiz. Saqlash
qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm).
1.10-rasm.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash
qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi
qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi (1.11-rasm).
1.11-rasm.
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng
tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan. Agar bizning
kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash
taklif etiladi (1.12-rasm).
1.12-rasm.
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining
tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan
chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi
bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi. Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar
paketi, tizimni yangilash va tizimga hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm).
1.13-rasm.
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi. GRUB (Grand
Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS,
Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm).
1.14-rasm.
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy
holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda
ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi. Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim
qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga
keladi (1.15-rasm).
1.15-rasm.
Nazorat savollari:
1.
Linux qaysi tilda yozilgan?
2.
Shell interpritatori nima va u yadro bilan qanday ishlaydi?
3.
Dastur utilitalari nima?
4.
Linux file tizimi qanday ko'rinishda bo'ladi va sababi?
5.
Ko'pfoydalanuvchi tizim deganday nimani tushinasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |