Tushish yoki qayta yosharish. Barqarorlik davri nazariy jihatdan nomalum muddatgacha cho’zilishi mumkin, lekin shunisi ma’lumki manzilgoh o’z ishi rivojida yoki yuqoriga yoki pastga qaragan tendensiyani boshidan o’tkazadi.
Tushish. Tushish senariysi, urush va tabiiy ofat kabi omildan tashqari, quyidagi keltirilgan turizmga aloqador omil kombinasiyasi natijasida sodir bo’ladi.
Doimiy mijoz mavjud mahsulot bilan qoniqmagan va yangi tashrif buyuruvchini jalb qilish harakati omadsizlik bilan tugaganda.
Manzilgoh faoliyatiga bog’liq bo’lgan asosiy turizm attraksioni kutilmagan holat(yong’in) yoki uzoq muddatli uzilish tufayli tashrif buyurib bo’lmasligi.
Manzilgoh mansabdor shaxsi tomonidan mahalliy turizm mahsulotini qayta kashf yetishga, qayta rivojlantirishga hyech qanday harakatning yo’qligi, yoki bu harakat qilinganu lekin hyechqanday natija bermaganligi.
Rezidentning turistga bo’lgan munosabati salbiy tomonga o’zgarib keng tarqalgan nodo’stona munosabatning shakllanishi, bu o’z o’rnida manzilgoh to’g’risida salbiy fikr shakllanishiga sabab bo’ladi.
Yangi raqobatchi, ayniqsa suqulib kiruvchi imkoniyat, odatiy bozorni boshqarish va qo’lga olish uchun shakllanadi.
Turist soni qisqarar yekan, ko’plab mehmonxona, maxsus turizm qulayliki tark yetadi yoki turar joyga sog’likni saqlash maskaniga va boshqa turdagi foydali sohaga o’zgartiriladi. Bu yesa mahalliy aholiga turizm sanoatiga qaytadan kirish imkoniyatini beradi, chunki modadan qolgan qulaylik qisman past narxda olinishi mumkin. xuddi shunday, turizmdagi sohasidagi pasayish o’sha sektordagi manzilgoh dominantligi pasayishiga ham sabab bo’ladi. Chunki servis sanoati(sog’liqni saqlash kabi) demografik o’zgarishga javoban jalb qilinadi. Tushish bosqichi “qoraylantirish” ta’siri orqali tezlashtirilishi mumkin. Asosiy mehmonxona yoki atraksion faoliyatining tugatilishi boshqa bir manzilgoh yoki atraksion faoliyatiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin, bu yesa o’z navbatida uning ham inqiroziga olib keladi.Salmoqli tushish bosqichini boshidan o’tkazgan ya’ni bir ikki yil shu holatda bo’lgan maskan soni unchalik ham ko’p yemas. Avstraliya uchun yeng yaxshi na’muna qilsa bo’ladigani bu Gold Coast dagi Coolangatta tumanidir. Xalqaro darajada yesa yeng ko’zga tashlanadigani Birinchi Jahon urushidan keying Atlantik Sityning 1960 yilgacha bo’lgan davrini misol qilish mumkin. Boshqa tarixiy na’munaga: Cape may(New Jersey), Florida(Mayami Beach 1970), Fransuz va Ispandaryoi va Gavai ni keltirish mumkin.
Nazorat va muhakoma uchun savollar.
1.Tadqiqot turlarini sanab bering. 2.Tadqiqot jarayoni nima. 3.Mamlumot toplash jarayoni haqida tushuncha bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |