2. Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi yuqori emas.
Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasi, kalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |