12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


«Rossiya bilan tarixan qaror topgan iqtisodiy, madaniy, do‘stlik aloqalarimiz



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#782786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
resources

«Rossiya bilan tarixan qaror topgan iqtisodiy, madaniy, do‘stlik aloqalarimiz 
O‘zbekiston uchun, qolaversa, butun mintaqamiz uchun hamicha muhim 
ahamiyat kasb etib kelgan.
SHuni ta’kidlashni istardimki, tengliq o‘zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan, 
ikki davlat orasidagi ko‘p tomonlama hamkorliq strategik sheriklikni 
kuchaytirish uchun bugun yangi imkoniyatlar pay do bo‘layotgani har ikki 
tomon - Rossiya va O‘zbekiston manfaatlariga ham mos keladi» 
(Karimov I. 
Ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayot - pirovard maqsadimiz. T.: 
O‘zbekiston, 2000, 347-bet). 
So‘nggi yillarda Rossiya - O‘zbekiston munosabatlari ikki davlat rahbari - 
Islom Karimov va Vladimir Putinning siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli 
jadal va izchil rivojlanib bormoqda. Bunday tendensiya nafaqat siyosiy muloqot, 


balki savdo-iqtisodiy, harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorliq gumanitar hamda 
madaniy sohalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Prezident Islom Karimov 2006-yil 9-may kuni Toshkentdagi Xotira 
maydonida jurnalistlar bilan suhbatda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi 
o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi min-taqada tinchlik va barqarorlikni 
mustahkamlashga xizmat qiladi, jeb ishonch bildirdi. Darhaqiqat ushbu hujjat ikki 
mamlakat man-faatlariga xizmat qilib, tinch-osoyishta hayot kafolati bo‘ladi, ke-
lajakka ishonch bilan boqish imkonini yaratadi. Prezident Islom Karimov 2006-yil 
6-martda «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 
ittifoqchilik shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga imzo chekdi. 
O‘z navbatida, Prezident V. Putin ham Sochidagi uchrashuv arafasida mazkur 
ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. SHundan e’tiboran qonun to‘liq 
kuchga kirdi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investit-siyalar va savdo 
vazirligida o‘zbekistonlik rezidentlar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan 276 ta 
korxona ro‘yxatga olingan. SHuning
dek
ushbu vazirlikda 83 ta Rossiya 
kompaniya va firmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari ochilgan. 
Bundan tashqari, doimiy asosda MPKning yig‘ilishlari o‘tkazilib turibdi. 2005-
yilning 10-12 oktabrida MPKning Toshkentda bo‘lib o‘tgan navbatdagi 8-
yig‘ilishida ikki tomonlama hamkorlikni faol-lashtirish masalalari muhokama 
etildi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 676 maktabda rus tilida dars olib boriladi, ularda 
250 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Mustaqillik yillari respublika kutubxonalari yangi adabiyotlar bilan boyitildi. 
Respublikada har yili rus tilida 1,0-1,2 mln. adadda 40-45 nomda darslik va 
qo‘llanmalar nashr qilinadi. Rus tilida 85 ta gazeta va 52 ta jurnal chop etiladi. 
Ikki mamlakat fan, madaniyat va jamoat arboblarining tachab-busi bilan 2004-
yilning mart oyida Moskvada o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosini 
targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan «O‘zbekiston madaniy ati va san’ati 
Fondi»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
Ikki mamlakatning taniqli san’at va madaniyat arboblarining uchrashuvlari, 
milliy teatrlar gastrollari hamda musavvirlar ko‘rgazmalari doimiy ravishda 
o‘tkazib kelinmoqda. 
SHunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga tayanib, O‘zbekiston-Rossiya 
munosabatlari har qachongidan mustahkamlanib borayot-ganini ta’kidlash 
mumkin. Ittifoqchilik shartnomasi ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin hamkorlik 
munosabatlarining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qiladi. 
Taniqli rus siyosatshunosi A.Migranyanning ta’kidlashicha, Rossiya bilan 
ittifoqchilik aloqalari O‘zbekiston xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini yuqori 


darajada ta’minlaydi («Pravda Vostoka», 2005-yil 23-noyabr). Uning fikricha, ikki 
mamlakatning o‘zaro yaqinlashuvi postsovet makonida bir talay omillar bilan 
belgilangan taraqqiyot tendensiyalarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan 
dalolat beradi. Olimning ta’kidlashicha, postsovet makonda integ-ratsiya 
jarayonlarining yangi bosqichi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada 
(EvrAzES), jumladan, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida sifat 
jihatidan mutlaqo yangi munosabatlar vujudga kelayotgani anglab yetilayotganidan 
darak berayotir. 
Yangi O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga 
jahondagi murakkab vaziyatdan kelib chiqqan holda yondashmoqda. MDH 
hududida va mintaqa atrofida murakkab vaziyat vujudga kelayotgan sharoitda, 
uzoq va yaqin atrofimizda turli qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir 
paytda, mamlakatimiz tinchligi va farovonligini saqlash, yon-atrofimizdagi 
davlatlar va xalqlar bilan o‘zaro bir-birini tushunish va hamjihatlikda yashash 
uchun shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosat xalqimizning asl 
orzu-umidi va intilishlariga mos keladi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi 
siyosati zamirida aynan shunday qarash va yondashuvlar mujassamdir. 
O‘zbekiston shu tashqi siyosatni og‘ishmay amalga oshirmoqda. 
O‘zbekistonning sa’y-harakatlari bilan Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro 
do‘stona siyosiy iqlim yaratildi. Uzoq yillar davomida saqlanib kelgan chegara 
masalalari hal etildi. Markaziy Osiyoning mustaqillik tarixida ilk bor mintaqaviy 
integratsiyaning qiyofasi ko‘zga tashlandi. Markaziy Osiyo mamlakatlari 
o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar so‘nggi 4 yil ichida misli ko‘rilmagan darajada 
o‘sdi.
Murojaatnomada O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, ustuvor 
yo‘nalishlari davlat rahbarining diqqat markazida bo‘ldi. Ochiqliq pragmatiklik va 
amaliylik – tashqi siyosatning eng muhim tamoyillari bo‘lib qoladi. Eng muhim 
yangiliklardan biri normativ xarakterga ega bo‘lib, gap O‘zbekiston tashqi 
siyosatining tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi hujjat haqida 
ketmoqda. Ma’lumki, O‘zbekistonning tashqi siyosati so‘nggi yillarda tubdan 
o‘zgardi. Ammo bugungi davr amaldagi tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga 
nisbatan o‘zgarishlarni talab etmoqda. Amaldagi tashqi siyosiy faoliyat 
kontseptsiyasi bu, davlatimiz tashqi siyosatining fundamental printsiplari va 
strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta 
va uzoq istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini 
belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.
Murojaatnomada bugungi kundagi siyosatni inobatga olib hamda uzoq 
muddatli 
strategik 
maqsadlardan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
O‘zbekiston 


Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasini takomillashtirish taklifi 
ilgari surildi.
 
1994 yil 18-20 aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning 
O‘zbekistonga davlat tashrifi paytida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, 
xalqaro iqtisodiy hamkorliq havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 
hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni O‘zbekistonda tayyorlanayotgan 
IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo‘ldi. 1994 yil 24-25 oktyabr 
kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim
ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat - «O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq
Respublikasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy printsiplari, o‘zaro
manfaatli hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma» imzolandi. 
SHuning
dek
ikki davlat o‘rtasida konsullik shartnomasi imzolandi.
Islom Karimovning 1999 yil 8-10 noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari 
chog‘ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, telekommunikatsiya sohalarida hujjatlar 
imzolandi. Ikki tomonlama aloqalar yanada kengaydi. O‘zbekistonda faoliyat
ko‘rsatayotgan 78 ta O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi ikki mamlakat 
o‘rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu szintao davlat tashrifi bilan 2004 yil 14
iyun kuni O‘zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida 
O‘zbekiston – Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. 2004 yil 
yanvar-aprel oylarida o‘zaro savdo hajmi 134 mln. AQSH dollariga yetganligi, 
umumiy qiymati 100 mln. AQSH dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga 
oshirilayotganligi qayd etildi. Ikki mamlakat to‘qimachiliq qishloq xo‘jaligi, 
mashinasozliq kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida sheriklik 
munosabatlari, do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash 
to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Ikki mamlakat hukumatlari
o‘rtasida narkotik vositalarining, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi
va suiste’mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy- 
iqtisodiy hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish 
bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar jami 10 ta hujjat imzolandi.
Xitoy rahbari ta’kidlaganidek o‘zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama 
manfaatdorlikka tayangan O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari xalqlarimiznig 
umumiy mulkidir.
2001 yilda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 
loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida respublikamizda 
barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachiliq gaz – 
kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida 
samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. «Zarafshon – Nyumont», «O‘z – Teksako», «O‘z 


– keysmash», «O‘z – keystraktor», «O‘z – Eksayd», «BiEy Ay»ning Xo‘jaobod 
gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus Global» bilan hamkorlikdagi SHo‘rton gaz 
– kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonning AQSH bilan savdo 
aylanmasi 300 mln. AQSH dollardan oshdi.
2001 yil 11 sentyabr kuni xalqaro terrorchilar AQSHda sodir etgan fojiali 
voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib AQSH hukumatining Xalqaro 
terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib 
chiqdi. O‘zbekiston AQSH bilan birgalikda xalqaro aksilterror kaoliyatsiyada 
faol qatnashdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi hamkorlik yanada 
mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. 1991 yildan 2001 yil sentyabrgacha 
tomonlar orasida davlat ahamiyati darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo‘lsa, 
2001 sentyabrdan 2002 yil apreligacha esa 20 taga yaqin ana shunday
tashriflar amalga oshirildi.
2002 yil 11-14 mart kunlari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan 
rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J.Bush va martabali
hukumat vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli mehmon sifatida 
kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro
terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy- texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik 
masalalarda fikr almashdilar. Tashrif yakunida «O‘zbekiston bilan AQSH
o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida deklaratsiya»,
ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar
tarqalishining oldini olishda hamkorliq moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator 
hujjatlar imzolandi.
AQSH ni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi buyuk
davlat arbobi» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining 
O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir. SHunday qilib, O‘zbekiston
va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik tobora o‘sib bordi va
mustahkamlandi. Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSH strategik hamkor va 
sherik mamlakatlardir.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish