12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


«Rossiya  bilan  tarixan  qaror  topgan  iqtisodiy,  madaniy,  do‘stlik  aloqalarimiz



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana21.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#397685
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
12-ma'ruza (1)

«Rossiya  bilan  tarixan  qaror  topgan  iqtisodiy,  madaniy,  do‘stlik  aloqalarimiz 

O‘zbekiston  uchun,  qolaversa,  butun  mintaqamiz  uchun  hamicha  muhim 

ahamiyat kasb etib kelgan.

 

SHuni ta’kidlashni istardimki, tengliq o‘zaro manfaatdorlik asosiga qurilgan, 



ikki  davlat  orasidagi  ko‘p  tomonlama  hamkorliq  strategik  sheriklikni 

kuchaytirish  uchun  bugun  yangi  imkoniyatlar  pay  do  bo‘layotgani  har  ikki 

tomon  -  Rossiya  va  O‘zbekiston  manfaatlariga  ham  mos  keladi» 

(Karimov  I. 

Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  faro  von  hayot  -  pirovard  maqsadimiz.  T.: 

O‘zbekiston, 2000, 347-bet). 

So‘nggi  yillarda  Rossiya  -  O‘zbekiston  munosabatlari  ikki  davlat  rahbari  - 

Islom  Karimov  va  Vladimir  Putinning  siyosiy  irodasi  va  sa’y-harakatlari  tufayli 

jadal  va  izchil  rivojlanib  bormoqda.  Bunday  tendensiya  nafaqat  siyosiy  muloqot, 



balki  savdo-iqtisodiy,  harbiy,  harbiy-texnikaviy  hamkorliq  gumanitar  hamda 

madaniy sohalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

  Prezident  Islom  Karimov  2006-yil  9-may  kuni  Toshkentdagi  Xotira 

maydonida  jurnalistlar  bilan  suhbatda  O‘zbekiston  va  Rossiya  Federatsiyasi 

o‘rtasida  tuzilgan  ittifoqchilik  shartnomasi  min-taqada  tinchlik  va  barqarorlikni 

mustahkamlashga xizmat qiladi, jeb ishonch bildirdi. Darhaqiqat ushbu hujjat ikki 

mamlakat  man-faatlariga  xizmat  qilib,  tinch-osoyishta  hayot  kafolati  bo‘ladi,  ke-

lajakka ishonch bilan boqish imkonini yaratadi. Prezident Islom Karimov 2006-yil 

6-martda  «O‘zbekiston  Respublikasi  va  Rossiya  Federatsiyasi  o‘rtasida 

ittifoqchilik shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga imzo chekdi. 

O‘z  navbatida,  Prezident  V.  Putin  ham  Sochidagi  uchrashuv  arafasida  mazkur 

ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. SHundan e’tiboran qonun to‘liq 

kuchga kirdi. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investit-siyalar  va  savdo 

vazirligida  o‘zbekistonlik  rezidentlar  tomonidan  Rossiyada  tashkil  etilgan  276  ta 

korxona  ro‘yxatga  olingan.  SHuning



dek

  ushbu  vazirlikda  83  ta  Rossiya 

kompaniya va firmalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari ochilgan. 

Bundan tashqari, doimiy asosda MPKning yig‘ilishlari o‘tkazilib turibdi. 2005-

yilning  10-12  oktabrida  MPKning  Toshkentda  bo‘lib  o‘tgan  navbatdagi  8-

yig‘ilishida  ikki  tomonlama  hamkorlikni  faol-lashtirish  masalalari  muhokama 

etildi. 

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 676 maktabda rus tilida dars olib boriladi, ularda 

250 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.  

Mustaqillik  yillari  respublika  kutubxonalari  yangi  adabiyotlar  bilan  boyitildi. 

Respublikada  har  yili  rus  tilida  1,0-1,2  mln.  adadda  40-45  nomda  darslik  va 

qo‘llanmalar nashr qilinadi. Rus tilida 85 ta gazeta va 52 ta jurnal chop etiladi. 

Ikki mamlakat fan, madaniyat va jamoat arboblarining tachab-busi bilan 2004-

yilning  mart  oyida  Moskvada  o‘zbek  xalqining  boy  madaniy-tarixiy  merosini 

targ‘ib  etish  maqsadida  tashkil  etilgan  «O‘zbekiston  madaniy  ati  va  san’ati 

Fondi»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Ikki  mamlakatning  taniqli  san’at  va  madaniyat  arboblarining  uchrashuvlari, 

milliy  teatrlar  gastrollari  hamda  musavvirlar  ko‘rgazmalari  doimiy  ravishda 

o‘tkazib kelinmoqda. 

SHunday  qilib,  yuqoridagi  mulohazalarga  tayanib,  O‘zbekiston-Rossiya 

munosabatlari  har  qachongidan  mustahkamlanib  borayot-ganini  ta’kidlash 

mumkin.  Ittifoqchilik  shartnomasi  ikki  mamlakat  o‘rtasidagi  yaqin  hamkorlik 

munosabatlarining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qiladi. 

Taniqli  rus  siyosatshunosi  A.Migranyanning  ta’kidlashicha,  Rossiya  bilan 

ittifoqchilik  aloqalari  O‘zbekiston  xavfsizligi  va  barqaror  taraqqiyotini  yuqori 



darajada ta’minlaydi («Pravda Vostoka», 2005-yil 23-noyabr). Uning fikricha, ikki 

mamlakatning  o‘zaro  yaqinlashuvi  postsovet  makonida  bir  talay  omillar  bilan 

belgilangan  taraqqiyot  tendensiyalarida  jiddiy  o‘zgarishlar  ro‘y  berayotganidan 

dalolat  beradi.  Olimning  ta’kidlashicha,  postsovet  makonda  integ-ratsiya 

jarayonlarining  yangi  bosqichi  ikki  tomonlama  va  ko‘p  tomonlama  darajada 

(EvrAzES),  jumladan,  Rossiya  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o‘rtasida  sifat 

jihatidan mutlaqo yangi munosabatlar vujudga kelayotgani anglab yetilayotganidan 

darak berayotir. 

Yangi O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga 

jahondagi  murakkab  vaziyatdan  kelib  chiqqan  holda  yondashmoqda.  MDH 

hududida  va  mintaqa  atrofida  murakkab  vaziyat  vujudga  kelayotgan  sharoitda, 

uzoq va yaqin atrofimizda turli qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotgan bir 

paytda,  mamlakatimiz  tinchligi  va  farovonligini  saqlash,  yon-atrofimizdagi 

davlatlar  va  xalqlar  bilan  o‘zaro  bir-birini  tushunish  va  hamjihatlikda  yashash 

uchun  shart-sharoitlarni  ta’minlashga  qaratilgan  tashqi  siyosat  xalqimizning  asl 

orzu-umidi  va  intilishlariga  mos  keladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  tashqi 

siyosati zamirida aynan shunday qarash va yondashuvlar mujassamdir. 

O‘zbekiston  shu  tashqi  siyosatni  og‘ishmay  amalga  oshirmoqda. 

O‘zbekistonning  sa’y-harakatlari  bilan  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  o‘zaro 

do‘stona  siyosiy  iqlim  yaratildi.  Uzoq  yillar  davomida  saqlanib  kelgan  chegara 

masalalari  hal  etildi.  Markaziy  Osiyoning  mustaqillik  tarixida  ilk  bor  mintaqaviy 

integratsiyaning  qiyofasi  ko‘zga  tashlandi.  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari 

o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar so‘nggi 4 yil ichida misli ko‘rilmagan darajada 

o‘sdi.  


Murojaatnomada O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, ustuvor 

yo‘nalishlari davlat rahbarining diqqat markazida bo‘ldi. Ochiqliq pragmatiklik va 

amaliylik  –  tashqi  siyosatning  eng  muhim  tamoyillari  bo‘lib  qoladi.  Eng  muhim 

yangiliklardan  biri  normativ  xarakterga  ega  bo‘lib,  gap  O‘zbekiston  tashqi 

siyosatining  tamoyillari  va  ustuvor  yo‘nalishlarini  qamrab  oluvchi  hujjat  haqida 

ketmoqda.  Ma’lumki,  O‘zbekistonning  tashqi  siyosati  so‘nggi  yillarda  tubdan 

o‘zgardi.  Ammo  bugungi  davr  amaldagi  tashqi  siyosiy  faoliyat  kontseptsiyasiga 

nisbatan  o‘zgarishlarni  talab  etmoqda.  Amaldagi  tashqi  siyosiy  faoliyat 

kontseptsiyasi  bu,  davlatimiz  tashqi  siyosatining  fundamental  printsiplari  va 

strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, o‘rta 

va  uzoq  istiqbolda  O‘zbekiston  milliy  manfaatlarini  ilgari  surish  mexanizmlarini 

belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.  

Murojaatnomada  bugungi  kundagi  siyosatni  inobatga  olib  hamda  uzoq 

muddatli 

strategik 

maqsadlardan 

kelib 

chiqqan 


holda, 

O‘zbekiston 




Respublikasining  Tashqi  siyosiy  faoliyat  kontseptsiyasini  takomillashtirish  taklifi 

ilgari surildi.



 

  

       1994  yil  18-20  aprel  kunlari  XXR  davlat  Kengashining  raisi  Li  Penning 



O‘zbekistonga  davlat  tashrifi  paytida  O‘zbekiston  bilan  Xitoy  o‘rtasida  kredit, 

xalqaro  iqtisodiy  hamkorliq  havo  transporti  aloqalarini  yo‘lga  qo‘yish  bo‘yicha 

hukumatlararo  bitimlar  imzolandi.  Xitoy  tomoni  O‘zbekistonda  tayyorlanayotgan 

IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo‘ldi. 1994 yil 24-25 oktyabr 

kunlari  O‘zbekiston  Prezidenti  Xitoyga  ikkinchi  marta    safar    qildi    va    muhim  

ahamiyatga  molik  bo‘lgan  hujjat - «O‘zbekiston Respublikasi  bilan  Xitoy  Xalq  

Respublikasi    o‘rtasida    o‘zaro  munosabatlarning    asosiy    printsiplari,    o‘zaro  

manfaatli  hamkorlikni  rivojlantirish    to‘g‘risida    bayonnoma»  imzolandi. 

SHuning

dek

 ikki davlat o‘rtasida konsullik shartnomasi imzolandi.  

Islom  Karimovning  1999  yil  8-10  noyabr  kunlari  XXRga  uchinchi  marta  safari 

chog‘ida  siyosat,  iqtisodiyot,  madaniyat,  telekommunikatsiya  sohalarida  hujjatlar 

imzolandi.  Ikki  tomonlama  aloqalar  yanada  kengaydi.  O‘zbekistonda  faoliyat  

ko‘rsatayotgan  78    ta    O‘zbekiston  –  Xitoy  qo‘shma  korxonasi  ikki  mamlakat 

o‘rtasida  hamkorlikning  rivojlanib borayotganining dalilidir.  

Xitoy  Xalq  Respublikasi  Raisi  Xu  szintao  davlat  tashrifi  bilan  2004  yil  14  

iyun    kuni    O‘zbekistonga    keldi.    Ikki    davlat    boshliqlari    uchrashuvida 

O‘zbekiston  –  Xitoy  munosabatlariga  doir  masalalar  muhokama  qilindi.  2004  yil 

yanvar-aprel  oylarida  o‘zaro  savdo  hajmi  134  mln.  AQSH  dollariga  yetganligi, 

umumiy qiymati 100 mln. AQSH dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga 

oshirilayotganligi  qayd  etildi.  Ikki  mamlakat  to‘qimachiliq  qishloq  xo‘jaligi, 

mashinasozliq kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. 

Muzokaralar    yakunida    O‘zbekiston    bilan    Xitoy    o‘rtasida    sheriklik 

munosabatlari,  do‘stlik  va  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  va  mustahkamlash 

to‘g‘risida  Qo‘shma    deklaratsiya    imzolandi.  Ikki  mamlakat    hukumatlari  

o‘rtasida narkotik  vositalarining,  psixotrop  moddalarning  noqonuniy  aylanishi  

va  suiste’mol    etilishiga    qarshi    kurashda    hamkorlik    qilishga,    texnikaviy- 

iqtisodiy  hamkorlikka  oid,  Toshkentda  Konfutsiy  nomidagi institutni  tashkil  etish 

bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar jami 10 ta hujjat imzolandi.    

Xitoy  rahbari  ta’kidlaganidek  o‘zaro  ishonch  va  hurmat,  ikki  tomonlama 

manfaatdorlikka    tayangan    O‘zbekiston  –  Xitoy    munosabatlari    xalqlarimiznig 

umumiy mulkidir.  

       2001  yilda  O‘zbekistonda  AQSH  bilan  hamkorlikda    amalga  oshirilayotgan 

loyihalar    soni  70    tadan    ortdi.   AQSH    sarmoyasi    ishtirokida    respublikamizda 

barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachiliq gaz – 

kimyo,  neft,  oltin  qazib  olish,  transport,  kommunikatsiya  va  ta’lim  sohalarida 

samarali  faoliyat  ko‘rsatmoqda. «Zarafshon – Nyumont», «O‘z – Teksako», «O‘z 



–  keysmash»,  «O‘z  –  keystraktor»,  «O‘z  –  Eksayd»,  «BiEy  Ay»ning  Xo‘jaobod 

gaz ombori qurilishi, «ABB  Lummus  Global» bilan hamkorlikdagi SHo‘rton gaz 

–  kimyo  majmuasi  shular  jumlasidandir.  O‘zbekistonning  AQSH  bilan  savdo 

aylanmasi 300 mln. AQSH dollardan oshdi.   

      2001  yil  11  sentyabr  kuni  xalqaro  terrorchilar  AQSHda  sodir  etgan  fojiali 

voqealar  paytida  O‘zbekiston  birinchilardan  bo‘lib  AQSH  hukumatining  Xalqaro 

terrorizmga  qarshi  aksilterror  kaolitsiya  tuzish  haqidagi  taklifi    tarafdori  bo‘lib 

chiqdi.  O‘zbekiston  AQSH  bilan  birgalikda    xalqaro    aksilterror    kaoliyatsiyada 

faol  qatnashdi.  O‘zbekiston  bilan    AQSH    o‘rtasidagi  hamkorlik  yanada 

mustahkamlanib,  rivojlanib  bormoqda.  1991  yildan  2001  yil  sentyabrgacha 

tomonlar  orasida  davlat ahamiyati  darajasida 28  ta  tashrif  qayd etilgan  bo‘lsa, 

2001    sentyabrdan  2002    yil    apreligacha  esa  20  taga    yaqin    ana    shunday  

tashriflar  amalga oshirildi.  

       2002  yil  11-14  mart  kunlari  O‘zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  Islom 

Karimov  boshliq    davlat    delegatsiyasi    Prezident    Jorj    Bush    taklifiga  binoan 

rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J.Bush va martabali  

hukumat    vakillari  Islom  Karimovni  Oq    uyda    obro‘-e’tiborli  mehmon  sifatida 

kutib  oldi.  Tomonlar  xalqaro  ahvol,  Markaziy  Osiyodagi  jarayonlar,    xalqaro  

terrorizmga    qarshi    kurash,    harbiy    va    harbiy-  texnikaviy,  iqtisodiy  hamkorlik 

masalalarda  fikr  almashdilar.  Tashrif  yakunida    «O‘zbekiston    bilan    AQSH  

o‘rtasida    o‘zaro    sheriklik    va  hamkorlik    asoslari    to‘g‘risida    deklaratsiya»,  

ilmiy-texnikaviy  tadqiqotlar,    yadroviy    materiallar    va    texnologiyalar  

tarqalishining oldini  olishda  hamkorliq  moliya,  qishloq  xo‘jaligiga  oid  qator 

hujjatlar imzolandi.   

        AQSH ni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Birinchi Prezidentimiz 

Islom  Karimov  Amerika  jamoatchiligi  tomonidan «Xalqaro  miqyosdagi buyuk  

davlat    arbobi»  mukofoti    bilan    taqdirlandi.    Bu  mukofot  Amerika  xalqining 

O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir. SHunday  qilib,  O‘zbekiston  

va    AQSH    o‘rtasidagi    o‘zaro    manfaatli  hamkorlik    tobora    o‘sib    bordi    va  

mustahkamlandi.    Bugungi    kunda  O‘zbekiston  va  AQSH  strategik  hamkor  va 

sherik mamlakatlardir.   


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish