taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni
shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni ham alohida qayd
Ta’kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar vazirlgi
apparatida bor yo‘g‘i 10-15 nafar xodim bo‘lib, ular nomigagina vazifasi
hisoblangan ishlar, ya’ni protokol majburiyatlari va turli tadbirlar, asosan chet
ellik mehmonlarni qabul qilish bilan shug‘ullanardi, xolos. O‘sha davrda tashqi
boshqarganining o‘ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko‘rsatib turibdi.
Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o‘ta muhim tashqi siyosiy masalalarni
hal qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy muno-sabatlar sohasida eng maqbul
G‘oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy
aloqalar qo‘mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy alo-qalar vazirligi va boshqa
qator davlat boshqaruv organlari tuzildi, diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta
Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchi-xonasi yo‘q
edi. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi
bor. O‘zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya
qilingan.
Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o‘rni, uning birinchi navbatda o‘z milliy
manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur
o‘ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati
tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obro‘-e’tiborining ortib borishini
ta’minladi.
Keyingi davrlarda o‘ziga obro‘ topmoqchi bo‘lgan «ko‘r vektorlik siyosati»
olib borish degan turli qarash va yondashuvlar haqida chiqishlar bo‘lmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz olib borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida
hech kimga sir bo‘lmagan bir sir turibdi - O‘zbekiston manfaati va yana bir bor
O‘zbekiston manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat
ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo‘ladi.
Hozirgi
kunda
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom
Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti,
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi kabi nuruzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan
xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash,
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning
noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq, shuningdek xalqaro hamjamiyat oldida turgan
boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Jahon amaliyotidan ma’lumki, har bir mustaqil davlat, ayniq-sa, mustaqil
taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o‘z qobig‘iga o‘ralib
rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlashi bilanoq jahon
hamjamiyatiga qo‘shilish orqali o‘z taqdirini belgilagan. SHuning uchun ham
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgach jahon hamjamiyatiga
qo‘shilish yo‘lini tutdi. Bu borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlarni
tasavvur qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro
vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.
Ma’lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema - SSSR va AQSH yetakchi
bo‘lgan g‘oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi.
Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o‘zaro muxoliflik
muvozanatiga asoslangan edi.
1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi - g‘oyat mu-rakkab va qaltis
bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyi-dagilardan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: