Jinsiy ko‘payish shakllari. Izogamiya – shakli va o‘lchami bir xil, harakatchan
erkak va urg‘ochi gametalarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish shakli (ulotriks). Geterogamiya erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada). Oogamiya – jinsiy ko‘payishning bir shakli bo‘lib, urg‘ochi gametalar yirik, harakatsiz, tuxum hujayra deb ataladi, erkakgametalar mayda bo‘lib, harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |