ORGANIZMLARNING JINSIY KO‘PAYISHI
Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urug‘chilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.
Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |