12-mavzu. Mustaqillik-yillarida qoraqalpog’iston respublikasi reja



Download 438,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana11.01.2023
Hajmi438,68 Kb.
#898775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-мавзу

Orol muammosi. 
Ma’lumki, o’tgan asrning 50-60-yillariga qadar Orol dengizi kattaligi jihatidan dunyoda 
to’rtinchi dengiz hisoblanar edi. Sovet davrida paxta yakkahokimligi tufayli suv resurslaridan 
nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo o’zanlariga suv omborlarining qurilishi va 
asosiy suv oqimining ekin maydonlariga sarflanishi tufayi 70-80-yillardan boshlab dengizning 
hududi keskin ravishda qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy adabiyotlarda ―Orol 
muammosi» atamasi paydo bo’ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa flora va faunasi inqirozga 
uchrab, iqlim va atmosfera havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi 
vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bо’ldi. 
Har-yili 100 million tonna qum va tuz havoga kо’tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global 
muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda. 
1993-yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya 
davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi 
muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiyqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. 
Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni 
qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi. 
Uchrashuv qatnashchilari Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston, 
Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol 
bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-
tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro 
hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar. 
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi 


Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-
yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi 
davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferensiyasi 
bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, 
Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, 
faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5-yil ichida bajarilishi 
lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash 
Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha 
qarorlar qabul qilindi. 
Orolni qutqarish masalasiga mintaqadagi davlatlardan O’zbekiston ayniqsa faol bo’ldi. 
Jumladan, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ikki marta (1993, 1995-yillarda) BMT 
Bosh Assambleyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborini ushbu masalaga qaratgan 
edi. 
O’zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va 
o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-
baqadam amalga oshirib bordi. 
О’zbekiston tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbо’yi mintaqasi uchun Inson 
xavfsizligi bо’yicha kо’p tomonlama sheriklik asosida ―Trast fondi»ning tuzilishi, о’zbek 
diplomatiyasining katta yutug’i bо’ldi. 
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil о’rmonlar barpo etishga alohida 
e’tibor berilmoqda. Agar mustaqillik-yillarida О’zbekiston bо’yicha 1 million 220 ming gektarga 
yaqin о’rmonzor yaratilgan bо’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbо’yi 
hududida barpo etilgan. 
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga kо’ra, Orol dengizining suvsiz 
hududida 2019-yilda yana 500 ming gektar о’rmonzor barpo etildi. 
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar 
va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018-yilda Mо’ynoq tumanida 
barcha zarur infratuzilmalarga ega bо’lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi. 
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida 
bо’lib keldi. Jumladan 2020-yil 23 sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh 
Assambleyasining 75-yillik videokonferensiyasida nutq sо’zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat- 
e’tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi. 
Prezidentimiz о’z ma’ruzasida Orolbо’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va 
texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus 
rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani 
esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga 
muvofiq ekanligi ta’kidlab о’tdi. 

Download 438,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish