Agrar islohotlar
Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining qishloq xо’jaligi yetakchi tarmoqlari g’allachilik (sholichilik
va guruch yetishtirish), paxtachilik, ipakchilik va chorvachilik tashkil qiladi.
Mustaqillik-yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish,
bozor munosabatlariga о’tish rо’y berdi. Qishloq xо’jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi
tarmog’i hisoblanadi. 1997-yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xо’jalik korxonasi faoliyat
kо’rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil
etdi. Ayrim qishloq xо’jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat
korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda - 98,1 foizni, kartoshkachilikda - 99,7 foizni,
sabzavotchilikda - 98,8 foizni, polizchilikda - 95,1 foizni, bog’dorchilikda - 98,5 foizni,
pillachilikda - 100 foizni, gо’sht yetishtirishda - 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda -
99,4 foizni, qorakо’l teri va jun yetishtirishda - 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi о’zgardi. Agar 1991-yilda g’alla maydonlari
ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug’doy 1,9 foizni) tashkil etgan bо’lsa, 1996-
yilning oxirida bu 35,8 foiz (bug’doy maydonlari 8,3 foiz)ga yetdi. Shu davr mobaynida bug’doy
yetishtirish 13,6 ming tonna, ya’ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot
11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga kо’paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida
shaxsiy yordamchi xо’jaliklarning hissasi tobora kо’paydi.
Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iqlim sharoiti
tufayli respublikada keyingi-yillarda hayvonlar soni kamaydi. 1991-1996-yillarda davlat
xо’jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xо’jalik korxonalarida 22 ming
588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 chо’chqa, 176 ming 603 bosh qо’y va echkilar
yо’qotildi. Qoraqalpog’istonda dehqon-fermer xо’jaliklari tashkil etish bо’yicha birmuncha
tajriba tо’plandi. Masalan, Ellikqal’a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va
yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa
xо’jaliklari dehqon-fermer xо’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib
qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. О’zbekiston hukumati ana shu
tajribani ma’qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan
maxsus qaror qabul qildi. Xо’jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija
berdi. Lekin Qoraqalpog’istonning о’zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e’tibor
berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xо’jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer
xо’jaliklarining hissasi kam bо’ldi. Buning asosiy sabablari fermer xо’jaliklariga xizmat
kо’rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bо’rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor
hayvonlarni kо’paytirishga e’tibor berilmadi, xо’jaliklar moddiy-texnika va pul mablag’lari bilan
yetarli darajada ta’minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati kо’rsatish tо’g’ri tashkil.
etilmadi.
Keyingi 6-yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli о’zgarishlar rо’y berdi. Kapital
qurilishda korxonalarning mablag’lari hisobidagi qurilishlar hajmi kо’payib, byudjet
mablag’ining hissasi kamaydi.
Bozor munosabatlariga о’tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga
ajratilgan mablag’lar noishlab chiqarish obyektlariga ajratilgan mablag’ga nisbatan ancha kо’p
bо’ldi. Masalan, 1995-yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag’ 61,2
foizni tashkil etgan bо’lsa, 1996-yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning о’zida noishlab chiqarish
obyektlari uchun ajratilgan mablag’lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi.
2019 -yil 7 noyabrda ―Qoraqalpog’iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari tо’g’risida (PQ-4512), 2020 -yil 3 iyulda esa Qoraqolpog’iston
Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bо’yicha qо’shimcha chora-
tadbirlar tо’g’risidagi О’zR Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |