12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar Reja: Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq


 Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi



Download 343,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana17.09.2021
Hajmi343,13 Kb.
#176590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi 

o‘rtasidagi farq 

Muayyan  vaqt  (chorak,  yil,  bir  necha  yil)  oralig‘ida  aksiyadorlarni,  eng 

umumiy  tarzda  yoki eng avvalo,  nima qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz?  Ha, balli, to‘g‘ri 

topdingiz:  ularni,  eng  avvalo,  shu  davr  oralig‘ida  kompaniya  faoliyati  qanchalik 

muvaffaqiyatli  bo‘lganligi  qiziqtiradi.  SHu  bilan  birga,  bu  jarayonda  ular  nimani 

istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Qoyil, 

bu savolning javobini ham to‘g‘ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular, eng avvalo, 

bitta  narsani,  ya’ni  shaxsiy  boyliklari  shu  davrda  qancha  ko‘payganini  bilishni 

istaydilar. Bu savolga, o‘z navbatida, endi qanday javob beramiz? YA’ni, muayyan 

davrda aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qanday qilib aniqlash 

mumkin?  Bu  savol  oldingi  savollarimizga  nisbatan,  biroz  bo‘lsa-da,  murakkabroq 

savol-a? SHu bois, Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o‘zimiz javob berib qo‘ya 

qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma’lum vaqt oralig‘ida ular investitsiya 

 

 



77 

Nisbatan yaqinda AQSHning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi 

mezon qabul qilindi. U iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart & 

Co  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Uning  asosiy  afzalligi  shundaki,  mazkur  ko‘rsatkich  aniqlanayotganda 

kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi. 



qilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu 

maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin: 

 

Davr oxiriga 



r  = 

aksiyaning narxi 



– 

 

Davr boshiga 



aksiyaning narxi 

Pul ko‘rinishida to‘langan 



dividendlar 

 

Davr boshiga aksiyaning narxi 



 

 

Bu ko‘rsatkich umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi deb ataladi (total 



shareholder returns). 

Endi, 


biz 

e’tiborimizni 

yana 

o‘zimiz 


tahlil 

qilayotgan 



“XYZ” 

korporatsiyasiga  qarataylik.  Fond  bozori  bo‘yicha  ma’lumotlarni  tekshirib, 

ko‘ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga 

20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘lan-gandan keyin esa 18 

720  so‘mgacha  pasaygan.  Bu  davrda  pul  shaklida  to‘langan  dividendlar  summasi 

1,0  ming  so‘mni  tashkil  etgan.  Demak,  “XYZ”  korporatsiyasiga  tikilgan 

(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan. 

Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan: 

 

Umumiy (jami) 



aksiyadorlik 

daromadliligi 

 



 



   18720 so‘m – 20000 so‘m + 1000 so‘m 

 



– 0,114 yoki – 

11,4% 


 

20000 so‘m 

 

Ammo,  odatda,  korporatsiyalar  faoliyati  samaradorligi  yana  bir  ko‘rsat- 



kichdan  foydalangan  holda  hisoblab  chiqariladi.  Bu  aksiyadorlik  kapitali 

daromadliligi  normasi  yoki  koeffitsienti  (ROE  —  return  on  equity)dir.  ROE 

kompaniya  sof  foydasi  summasi  (qiymati)ni  aksiyadorlik  kapita-lining  balans 

qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi: 

 

 



ROE 

 

=    



Sof foyda 

 

=   



23,4 mln. 

so‘m 


 

0,078 yoki 



7,8% 

 

Aksiyadorlik kapitali 



 

300 mln. so‘m 

 

 

SHunday  qilib,  ko‘rib  turibmizki,  ROE  yillik  koeffitsienti  aksiya-dorlar  o‘z 



mablag‘ini  kompaniyaning  qimmatli  qog‘ozlariga  investitsiya  qilishlari  oqibatida 

olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas. 

 


Download 343,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish