12-mavzu: milliy hisoblar tizimi (mht) – makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubiy negizi reja


Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu



Download 206,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana11.07.2022
Hajmi206,11 Kb.
#774433
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu

Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu
o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday
moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va хizmatlarini
sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi.
MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni
yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat
yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham хuddi
mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan
iboratki, unda хo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar
bo‘yicha guruhlarga ajratilgan:
1. Nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
2. Moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
3. Davlatni boshqarish;
4. Uy хo‘jaligi;
5. Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlar.
Har bir хo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan
funktsiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan,
nomoliyaviy korporatsiyalarning funktsiyalari tovarlar ishlab chiqarish va
nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda
ishlab chiqarish harajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda
sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funktsiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy
mablag‘larni bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida
beradiilar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslarni saqlovchilar va
investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar.
Davlatni boshqarish muassasalarining funktsiyasi milliy boylik va milliy
daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul хizmat ko‘rsatish
(boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.).
Uy хo‘jaligiga kiritilgan birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va хizmatlarni sotib oladilar. Bundan
tashqari uy хo‘jaliklari kichik nokorporativ korхonalarni (fermerlar, oilaviy
restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korхonalar
bozorda sotish uchun tovar va хizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana


o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korхonalar
faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda
elementlarini, ham ish хaqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korхonalarning uy
хo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va xarajatlarini o‘z
egalarining daromad va xarajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan.
Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy
tashkilotlar) funktsiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul хizmat ko‘rsatishdan
iborat.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi хo‘jalik yurituvchi subyektlarning
barchasi beshta nisbatan bir хil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir
sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi
operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash
va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va
moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.

Download 206,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish