Lokomotivlarga texnik xizmat kо’rsatish punktlari lokomotiv depolarida, lokomotivlarni ortga qaytarish va ekipirovka qilish punktlarida joylashadi.
Lokomotiv depolari, texnik xizmat kо’rsatish punktlari, ustaxonalar, ekipirovka va boshqa inshootlarning joylashuvi va jihozlanishi lokomotivlardan unumli foydalanish, belgilangan miqdorda poyezdlarning yurishini ta’minlash, lokomotivlardan unumli va sifatli foydalanish, lokomotivlarga yuqori darajada xizmat kо’rsatish va mehnat unumdorligini ta’minlashi kerak. Barcha lokomotivlar temir yо’l yoki depo balansiga qо’yilib inventar parkini tashkil etadi. Bu lokomotivlar ishlatiladigan va ishlatilmaydigan parklarga bо’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |