12-mavzu: Logopediya fanining Rossiyada XVIII asrdan XX asrning
III choragigacha rivojlanishi.
Reja:
1.
Qadimgi Rossiyada nutq buzilishlari haqidagi qarashlar.
2.
Rossiyada XIX asrda logopediya va uning taraqqiyoti.
3.
Rossiyada XX asrda logopediY.
Adabiyotlar:
1.
«Logopediya pod redaktora» professor A.S.Volkovoy. Moskva
Prosvesheniye 1989 yil
2.
Levina R.YE. «Osnovi teorii i praktiki logopedii» Moskva 1969 yil
3.
Volkova L.S., Seliverstev V.I. «Xrestomatiya logopediya» IItom
Moskva 1997 yil .
4.
Gvozdev A.I. “Voprosi izucheniya detskoy rechi” Mosksva
Izdatelstvo A.P.I. RSFSR 1961 yil.
5.
Pravdina O.V.” Logopediya” Moskva Prosvesheniye 1969 yil
Foltcheva T.B., Cherkina G.V. «Logopedicheskaya rabota v
6.
spetsialnom detskom sadu» Moskva . Prosvesheniye 1987 yil.
1. Nutqida nuqsoni bо„lgan bolalarning о„qitishni tashkil qilish Qadimgi
Rusda mavjud edi, ammo bu narsa boshqa mamlakatlarda XVIII asrgacha ma‟lum
emas edi. Ibodatxona kitoblarida nutq buzilishlari haqida ma‟lumotlar, ta‟riflar,
ularning paydo bо„lishi va bartaraf qilish haqida fikrlar mavjud.
Tarixda knyaz Vladimir Monomorin (1053-1125 y.) nutqida nuqsoni
bо„lgan bolalarga g„amhurlik qilib, ularni ibodatxona qarovidan hokimiyatiga
topshirgani haqida ma‟lumotlar saqlanib qolgan. Pyotr I esa, hamma
guberniyalarda yetib va rivojlanishda nuqsonlari bо„lgan bolalarga yordamchi
muassasalar ochish haqida farmon bergan. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida
nogiron bolalarni olovda yoqitishni tashkil qilishlar va kо„r bolalarda 4-5% bо„lsa,
aqli zaif bolalarda ulardan ham kam edi. Boshqa turdagi anamalli bolalarni
о„qitishni tashkil qilish umuman yо„q edi.
2. Logopediyani rivojlanishiga XIX asrda karlarni og„zaki nutqga о„rgatish
metodikasini paydo bо„lishi sabab bо„ldi. Bu yо„nalishni asosiy vakillardan
Peterburg karlar bilim yurtining derektori G.A.Gursov (1775- 1858 y) va V.I.Fleri
(1800-1856 y.) keyinchalik shu bilim yurtining vrachi P.D.Yenko (1844-1916 y.)
edi. Ular kar bolalarni о„qitish jarayonida nutqining turli usullaridan (og„izaki,
daktil yozma) foydalashni tarafdori edilar. P.A.Gursov va V.I.Fleri defferension
о„qitish zarurligini isbotlab berishdi. Unda о„qitish metodikasi berilib, о„qituvchi
shaxsiga va tajribasiga, kar bolani ahloqiy tarbiyasiga, bevosita, ularni
eshitadiganlar bilan muloqatiga katta ahamiyat berilgan. Adabiyotlarda
duduqlanishga oid materiallar oldindan yoritilish logopediyani rivojlanishiga asos
soldi. Vrach X.Logezen 1438 yilda о„zining “Duduqlanish haqida” kitobida, uni
erta bolalikda paydo bо„lishni va nutqida nuqsoni bо„lgan bolalarda tarbiyani
nо„g„ri tashkil etishni, bu nuqsonga kattalarni va bolalarni tо„g„ri munosabatini
shakllantirish kerakligini ta‟kidlaydi.
I.I.Sikorskiy
о„zining
“Duduqlanish
haqida”
monografiyasida,
duduqlanishga “bola kasalligi” sifatida qarashga va о„z vaqtida erta yordam
kо„rsatish kerakligini bu esa profilaktik ahamiyatga ega bо„lib, katta yoshdagilarda
psixonevrozni oldini olishni aytgan. Ammo bu yillarda bunday ishlar bilan vrach
va pedagoglarning juda kam qismi tanish edi. XX asrga kelib, xukumat
muassasalari ochilib, unda faqat kar va kо„r bolalardagina yordam kо„rsatilardi.
Boshqa turdagi nuqsonli bolalarga (normal eshitishdagi nutq kamchiliklari, zaif
eshituvchilar) xukumat bee‟tibor qarar edi. Ammo bu yillarda yirik davlat
arboblari, pedagog va vrachlar nuqsonli bolalarga turli yordamlar kо„rsatishdi.
3
. 1900 yilda Moskvada mashhur surdapedagog I.A.Rau kar bolalar uchun
maktabgacha yordam muassasasini tashkil qildi. Bu Yevropadagi birinchi bunday
muassasa edi. N.A.Rau bu bolalar bog„chasini boshqarib, yangi kadrlar,
surdopedagoglar tarbiyalash bilan birgalikda, dislaliya nutq kamchiligiga ega
bо„lgan bolalarga yordam berardi. Bu hamma muassasalarga logopedlar zarur edi.
Shuning uchun 1918 yilda Moskvada Arnolda Greniyakov nomli kar bolalar bilim
yurtini derektori F.A.Rau tomonidan logopedlar tayyorlovchi qisqa muddatli
kurslar ochildi. U Moskvadagi 2 ta yordamchi maktabdan nutqida kamchiligi bor
bolalarni tanlab oldi. Ammo amaliyotdagi natijalar bu davr uchun unchalik
ahamiyatli emas edi. V.M.Bexterev 1916-1919 yilda nutqiy aktni neyrofiziologik
tomonida asosiy diqqatini qaratdi, u nutq xosil bо„lish “apparatni zarar”lanish va
rivojlanmay qolish sabablarini, uni oqibatida kelab chiqadigan turli nutq
buzilishlarini tahlil qildi. V.A.Bexterev va I.P.Pavlov logopediyani fan sifatida
rivojlanish uchun ilmiy-materialistik bazani yaratdi.
Sovet xukumati paydo bо„lishining birinchi yillarida Petrograddagi harbiy-
meditsina akademiyasining ruhiy kasalliklar klinikasida 1922 yilda doktor
S.M.Debrogayevni ilmiy ishlari chiqdi. Balki, bu duduqlanish va tili chuchuklik
muammolaridan boshqalari yoritilgan birinchi ruslaridan biri edi. Sovet xukumati
tuzilgan yillarda oliy ma‟lumotli defektologlarni tayyorlashda katta e‟tibor berildi:
Petrogradda maktabgacha tarbiya institutida 1920 yilda bolalar nuqsonlari
о„rganish fakulteti ochildi (boshlig„i proffesor D.V.Feldberg) 1974 yilda Moskva
Davlat Universitetining pedagogika fakultetida defektologiya bо„lim ochiladi.
Birinchi dekan- proffesor D.I.Azbukin, kafedra mudiri prof. F.A.Rau edi. Shu
tariqa Logopediya kursi mustaqil predmet sifatida о„tilardi. L.S.Vigotskiy bolalar
nuqsonlarini ijtimoiy muammo sifatida о„rganib qо„yidagilarni ta‟kidlaydi. “Aynan
buning mamlakatimizda kо„r, kar va boshqa nuqsonlari bо„lgan bolalarni
tarbiyalash malakasi, boshqa joylardan oldinroq hal qilingan chunki bu masala о„z
tabiatiga kо„ra muhim bо„lib, u faqat Rossiyadagina ya‟ni sotsial yо„nalishda
bо„ladi”.
1925 yilda Moskvada Narkomzdrav tomonidan Davlat nervnopsixiatrix
profilaktika institutida о„smirlar va kattalardagi duduqlanishni davolash bо„yicha
logopedik xonalar tashkil qilindi. Sо„ngra afazik va duduqlanuvchi bolalarni
davolash bо„yicha statsionar ochildi. 1929 yilda MosGFZDRAV tomonidan
etilishda va nuqsoni bо„lganlar uchun poliklinika ochildi.1925 yilda Moskva
XTBsida duduqlanuqchilar uchun 7 yillik maktab ochildi, bu yerda maktab
ma‟muriyati vrach psixonevrolog mutaxasisi ham kiritildi.
Pedagog va psixologlarning defektologiya masalasi uchun qilinayotgan
ishlarini samarali bо„lishi uchun 1929 yilda eksperemental defektologiya institutni
(EDI) tashkil qilindi. Keyinchalik 1944 yilda Pedagogika fanlar Akademiyasi
qoshida ochilgan ilmiy tekshirish defektologiya instituti deb о„zgartirildi.
Eksperimental defektologiya institutida buyuk arbob va tashkilotchi, shu institutni
birinchi rektori I.I.Danyushevskiy tomonidan tashkil qilingan edi, u yerda nutq
nuqsonlari bо„yicha maslahatlar berilardi. Bu tashkilotni ishlariga qatnashishga,
eksperimental defektologiya institutining ilmiy rahbari qilib umumiy va maxsus
psixologiyani is‟tedodli tekshiruvchilardan L.S.Vigoskiy, xamda prof. Professor
N.A.Rau, V.P.Koshenko, D.I.Azbukin, B.S.Preobrajenskiy, R.M.Boskis, psixolog
prof. A.R.Luriya, R.YE.Levinlar taklif qilindilar.
Keyinchalik shu institut qoshida logopediya sektori, kar va zaif
eshituvchilar uchun maktab internat ochildi. Bu paytga kelib nutqiy buzilishlarni
diagnostikasi paydo bо„la boshladi.
Deferensial diagnostikani muhim tomonlaridan bu nutqiy buzilishlarni
nutqiy kamchiliklardan farqlab olish, chunki eshitishning ozgina pasayishi ham
bolalarda nutq buzilishlariga olib keladi. 1931 yil Narkoiprss “Jismoniy
kamchiliklari bor bolalar, aqli zaiflar va nutqini nuqsoni bо„lgan bolalar va
о„smirlarni majburiy boshlang„ich ta‟limini oshirish”lari zarurligi haqida farmon
berdi.1930 yilda mashhur psixatr, jamoat arbobi V.A.Pelyarkiy tashabbusi bilan
Mosgoszorgov duduqlanuvchilarni davolash uchun muassasa ochdi. Bu yangi
turdagi muassasa bolalar psixoftopedik maydoni deb nomlandi. Jahon amaliyotida
birinchi marta maktabgacha yoshidagi duduqlanuvchi bolalarni davolash, bolalar
kollektivi sharoitida о„tkazildi. Bu muassasada N.A.Vlasova tomonidan
duduqlanishni davolashning kompleks usuli ishlab chiqildi, bunda logopedik va
davolash ishlari birga olib borilardi. Logoped bolalar psixonevrologi va musikaviy
logaritmist ishlari birlashtirildi. Bu qilingan ish о„z samaraligi kо„rsatdi. Mashhur
pediatr S.A.Shelovonov va logoped YE.F.Rau taklifiga kо„ra 1932 yilda
narkomzdrav “bolalar yil” qoshida maxsus etish va nutqida kamchilagi bor bolalar
uchun yasli ochadi. Yangi ochilayotgan hamma muassasalarga logopedlar
yetishmasdi, chunki о„sha yillarda ularni soni cheklangan edi. 1931 yilda EDI
qoshida doimiy ishlab turuvchi kurslar ochiladi, bu yerda maxsus maktab
о„qituvchilari, bolalar uylari xodimlari va logopedlar о„z bilim darajalarini
oshirishlari mumkin edi. Bu kurslar ulug„ Vatan urushi boshlangunga qadar ishlab
turdi. 1931 yilda M.YE.Xvatsev tomonidan studentlar, о„qituvchi logopedlar
uchun о„quv qо„llanma yozildi.U yosha yillarda Gersin nomli Leningrad
pedagogika institutini logopediya kafedrasini boshqarar edi.
1935 yilda zarur pedagogik, teorimik konferensiya о„tkazildi. Unda
Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov va boshqa shaxarlardan logoped, pedagog,
vrachlar va psixologlar qatnashdilar. Logoped va psixologlarning dokladlariga
ta‟kidlanishicha, logoped faqatgina kasallik bilan shug„ullanmasdan, balki uni
shaxsni rivojlanishiga, foydali mehnatga о„rgatib borishi kerak. Psixiatr,
nevropatolog va otolarengologlarni nutqiy kamchiliklarini diognostika qilish,
davolash va kompleks reabilitatsia qilishda birgalikda ish olib borilishi ta‟kidlandi.
Kun tartibiga eng zarur hal qilinishi zarur bо„lgan savollar qо„yilgan edi: bu
huquqiy, tashkiliy va logoped-logoterapevtlarni tayyorlashga oid savollar edi.
Lekin hamma pedagogik va tashkiliy masalarni о„sha paytda yechish oson emas
edi. Logopedik muassasalar о„z ishini yangi kadrlarsiz davom ettira olmas edi,
chunki Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardagi institutlarning bitiruvchilari
uncha kо„p emasdi.
Butun ittifoqda logopedik konferensiya tufayli turli shaharlardagi
logopedik muassasalar о„rtasida zarur aloqani о„rnatishga yordam berdi. Bu ishga
Moskvada, ilmiy-metodik markaz qoshida 1939 yilda ochilgan komissiya rahbarlik
qildi. Bu komissiya poliklinika, statsionar, ommaviy va yordamchi maktabda
ishlaydigan logopedlarni birlashtirdi. Komissiya о„z faoliyatini ulug„ Vatan urushi
yillarida ham tо„xtatmadi.
О„sha davrda kattalarga kо„rsatiladigan logopedik yordam sog„liqni
saqlash
muassasalarida
markaziy
nevropsixiatriya,
psixogigena
va
psixoprofilaktika institutda, duduqlanuvchilar va afaziklar uchun mо„ljallangan
logopedik statsionarda eshitish va nutqga oid poliklinikada Leningraddagi
otalaringologik institutda olib borilardi. Logopedik yordamni qanday olib
borilayotganini tibbiyot jamoasiga tanishtiradi nevropotolog va psixiatrlarini
syezdlari katta ahamiyatga ega bо„ldi.
1944 yilda Moskvadagi nevropotolog va psixiatrlarni, difektologiya va
sog„likni saqlash instituti bilan о„tkazilgan kengashda ulug„ Vatan urushi
qatnashchilaridagi jarohatlangan afaziya va duduqlanishni bartaraf etishnida tiklash
terapiyasini olib borish masalasi kо„rib chiqildi urushdan keyingi yillarda maorif
va sog„liqni saqlash sistemasida logopedik muassasalar soni ortib bordi.
1956 yildan boshlab Defektologiya ilmiy tekshirish instituti. Butun –ittifoq
pedagogik va ilmiy konferensiya chakiradi, u har 3 yilda о„tkaziladi. Bu seminar
logopedlar, psixologlar, lingvistlar va har bir ittifoq respublikalaridan
qatnashadilar.
Logopediyani rivojlantirish va kengaytirish bо„yicha katta ishlar Moskva,
Leningrad, Sverdlovsk va boshqa shaharlarining difektologik fakultetlarining
kafedralarida о„tkazilardi.
Mamlakatda maktabgacha tarbiya yoshidagilarni nutqiy kamchiliklarini
korreksiya qilish maqsadida hamma tomonlama о„ylangan sistema tuziladi:
internet tipidagi bolalar bog„chalari, 5 kunlik bolalar bog„chasi, ommaviy
bog„chalarda internet tipidagi gruppalar bunday bolalar bog„chalarda bolalarning
bir–ikki yil bо„lishi ularni maktabda о„zlashtirishi yaxshi bо„lishidan dalolat
berardi.
Sovet Ittifoqida nutqiy kamchiliklarga ega bо„lgani uchun tashkil qilingan
maktablarda 2ta bо„lim mavjud edi.
Birinchi-nutqiy og„ir turlari bilan zararlanganlar ( nutqni hamma tomoni
zararlanishi, afaziya, analiya, rinolaliya, psevdobulvar, falaj va boshqalar).
Ikkinchisi- duduqlanish darajasi og„ir bо„lgan bolalar.
Defektologiya ilmiy-tekshirish instituti bu muassasalarni о„quv rejalari,
dasturlari, о„quv qо„llanmalari va metodikalari bilan ta‟minlashda juda samarali
ishlar olib bordi.
Shu yillarda bolalar poliklinikasi qoshida logopedik kabinetlar ochiladi,
nutqiy kamchiliklarga ega bо„lgan bolalar uchun Respublika va viloyat
sanatoriyalari ochiladi. Bundan tashqari serebral falaj bolalarini о„rganish va
yordam berishi uchun mahsus muassasalar tashkil etildi.
1960 yilda 1-bolalar psixonevrologik dispanseri ochiladi, u yerda maxsus
logopedik va tibbiy- pedogogik maslahatxonasi tashkil qilinadi. 1963 yilda
dispanser 6 chi bolalar psixanevrologik kasalxonasini bir qismi bо„lib,
hisoblanardi, u yerda turli nutq kamchiligi bor bolalar uchun bо„lim ochiladi. Yana
alalik bolalar uchun, о„smirlardagi duduqlanishni davolash uchun bо„limlar ochildi
kasalxonada hamma bolalar uchun maktab ochilgan edi. Duduqlanuvchi bolalar
bilan ishlash duduqlanishni nevrotik va nevrozsimon formalarini ajratib olinishiga
sabab bо„ldi (prof. V.V.Kavalev, M.M.Buyanov 1968 yilda butun ittifoq
R.K.Serbskiy nomli tekshirish umumiy va sud psixiatiyasi institutida duduqlanish
muammosi, klinikasi potogenezi, terapiyasi, yoshlar bо„yicha ilmiy ishlar olib
boriladi. 1976 yilda Moskvada nevropotolog va psixiatrlarning 4 simpozium
о„tkazildi, unda nutqiy buzilishlarni erta aniqlash kerakligini, bu esa о„z vaqtida
defferensialashgan yordamni kо„rsatishga sabab bо„lishi ta‟kidlandi.
Logopediyani rivojlanish tarixini kо„rsatishicha, pedagog va vrachlarni
barchalikda ish olib borishi kerakli natijani olishda, davolashda nutqiy nuqsonlar
bilan aziyat chekuvchilarga zarur yordam kо„rsatishda samara berishini isbotladi.
1946-47 о„quv yilida V.I.Lenin nomidagi Moskva Davlat Pedagogika
Instituti qoshida oliy о„quv yurtlar tizimida birinchi marta logopedik bо„lim
ochildi. Logopedik bilimlarini faqatgina oligo, surdo tiflopedagoglar uchungini
zarur bо„lib qolmay, balki defektolog mutaxasisning yangi bir kо„rinishi logoped
mutaxasisi zarurligi aniqlandi.
Mutaxasis-logopedlar tayyorlash zaruriyatini kelib chiqishda Ulug„ Vatan
urushi davridagi ijobiy logopedik ishlar alohida rol о„ynadi.
Urush davri sharoitida shifokor va logopedlarning hamkorlikda olib borgan
ishlari, turli jarohatlaridan sо„ng nutqni tiklash ishlari yuqori natijalarini
berdi”(F.A.Rau).
Logoped mutaxasisligi aniqlanishi bilan birgalikda logopediyani tibbiy
yoki pedagogik fanlarning qay biriga tegishli ekan degan savol о„z-о„zidan
yechildi.Shu bilan birga nutq nuqsonini kim bartaraf etish kerak; logoped yoki
shifokor masalasi ham ijobiy hal qilinadi.
“Yomon gapiruvchi shaxsni davolash kerakmi yoki о„qitish?” savoliga biz
quydagicha javob beramiz: ayrim hollarda davolash kerak, ammo о„qitish va
tarbiyalash har doim zarur. Bola nutqinigina emas, logopad shaxsini ham
tarbiyalash lozim.Shuning uchun logopedlar pedagogik bilimlar asosida
tayyorlanishi darkor” deb ta‟kidlaydi F.A.Rau.
1959-60 о„quv yilidan boshlab logopediya bо„limi talabalariga
maktabgacha tarbiya, maktab va tibbiyot muassasalari о„qituvchi mutaxasisligi
berila boshlandi.
1968-69 о„quv yilidan boshlab, defektologiya fakulteti qoshida bir yillik
defektologlar kursi faoliyat boshladi. Bu kursda amaliyotchi mutaxasislar ikkinchi
(mutaxasislikni)pedagogik mutaxasislikga ega bо„ladilar.
Bu davr uchun logopediya bо„yicha ilmiy kadrlarni intensiv ravishda
tayyorlanishi harakterlidir. Defektologiya fakulteti о„quv tizimida talabalarning
ilmiy- tadqiqot ishlari bir qator rivojlanib bordi. Tajribali rahbarlar rahbarligi qо„l
ostida talabalar uchun turli ilmiy tо„garaklar va muammoni о„rganuvchi guruhlar
uchun turli ilmiy tо„garaklar va muammoni о„rganuvchi guruhlar tashkil etildi. Bu
tо„garaklarda talabalar ilmiy tadqiqot bilimlariga ega bо„ladilar, logopediyada
yechilmagan muammolar yuzasidan ilmiy madaniy izlanish ishlarini olib
boradilar.Talavalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida ilmiy dokladlar,
diplom ishlar rasmiylashtiriladi. Talaba- logopedlar – defektologiya bо„yicha oliy
о„quv yurtlari aro talabalar ilmiy anjumanining faol ishtirokchilaridir. Bu
anjumanlar Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Shyaule, Toshkent, Slavyansk kabi
yirik shaharlarda bо„lib о„tar edi. 1972 yildan boshlab logopediya bо„yicha diplom
ishlarining soni kо„paya bordi.
Ilmiy kadrlarni tayyorlash aspirantura orqali amalga oshiriladi. Kafedra
о„qituvchilari ilmiy rahbarligi ostida aspirant va izlanuvchilar logopediya bо„yicha
mustaqil ilmiy izlanishlar olib boradilar kandidatlik dissertatsiyalarini himoya
qiladilar.
Kafedra xodimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari
logopediyani nazariyasini boyitibgina qolmay turli nutq nuqsonlariga ega bolalar
bilan olib boriladigan amaliy ishlarni yuqori bosqichga kо„tardilar.
Xulosa sifatida quydagilarni keltirish mumkin:
-nutq buzilishlarini differensial tashxis qilish sifat jihatdan yaxshilanishi,
Turli nutq nuqsoniga ega bolalarni psixologik о„rganishni rivojlanishi.Logopad
bolalarni nutq nuqsonnini tuzilishini belgilovchi yangi logopedik metodlarni
tavsiya etilishi:
-nutqiy buzilishlarni bartaraf etishda kompleksli tibbiyot pedagogik
yondashuvning eski metodlarini takomillashuvi va yangi metodlarni ishlab
chiqilishi;
- logopedlar bilan turli sharoitlarda olib boshladigan logopedik ishlar
tuzimi va metodikalari ilmiy asoslandi;
Nutqiy kamchiliklarni tasniflash jarayonida, ma‟lum kо„rinishdagi nutq
buzilishini о„rganishda va bartaraf etish yо„llarini ishlab chiqish jarayonida
kompleksni tibbiy-pedagogik yondashuv modelining cheklanganligi aniqlandi. Bu
modeldan logopediyaning qurilish bosqichida va tanqidiy tahlil bosqichida
foydalanilgan, ammo bu model faoliyatda samarasiz edi. Chunki, bu modelni
tibbiyot va pedagogikani bog„lovchi muhim omil-psixologiya tushurib qoldirilgan
edi. Logopediya-pedagogikani bir sohasi bо„lib, о„z tadqiqot ishlarini
psixologiyaga tayanmay samarali olib borishi mumkin emas.
Bu muammolarni yechilishi logopediyada nutqiy faoliyati buzilgan
bolalarga ta‟lim tarbiya berish qonuniyatlarini о„rganuvchi ilmiy izlanish
yо„nalishini о„zgartirishga, qayta kо„rib chiqishga olib keldi. Zamonaviy
logopediya nutq buzilishlariga ega bolalarga ta‟lim tarbiya berishni nazariy va
amaliy jihatdan о„rganish, yordamchi metodik fanlar bilan cheklanib qolishi kerak
emas.
Logopediya kafedrasi fakultetning keksa kafedralaridan biri. Kefedraning
asoschilari bо„lib I.A.Sikorskiy, M.V.Bogdanov - Berezovskiy, V.M.Bexterev,
I.A.Boduende Kurteng„lar hisoblanadi. Kafedrada turli yillar davomida malakali
mutaxasislar
tayyorlagan
olimlardan
M.YE.Xvatsev,
V.K.Orfinskaya,
D.V.Feldberg, S.M.Ddobrogayev, M.L.Shklovskaya, N.N.Traugott, V.V.Oppel,
M.F.Brunslar faoliyat kо„rsatganlar.
1908 yilda psixonevrologik Akademiya qoshida psixofiziologiya va nutq
nuqsonlari kafedrasi tashkil etildi. Kafedra muovini bо„lib defektolog
prf.D.V.Feldberg tayinlandi.
1918 yilda Pixonevrologik Adeniya qoshida psixofiziologiya va nutq
nuqsonliklari kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga prof . D. V. F yeldberg
muovinlik qildi.
Maktabgacha tarbiya instituti normal va nuqsonli bolalar tarbiya
pedagogika instituti deb nomlangandan sо„ng, 1921 yilda logopediya kafedrasi ana
shu institut qoshida qayta tashkil topdi.
1927 yilda logopediya va surdopedagogika kafedralari birlashtirishda.
1929 yildan boshlab logopediya kafedrasi yana mustaqil faoliyat kо„rsata boshladi.
1933 yilda fiziologiya, nutq patofiziologiyasi, logoterripiya va logopediya
kafedrasi tashkil etildi. 1935 yilgacha kafedraga I.A.Sikorskiy shogirti
S.M.Dodrogayev muavinlik qildi.
1936-1941, qiyinchilik 1947-1964 yillarda surdopedagogika va logopediya
kafedrasiga M.YE.Xvatsev muovinlik qilgan.
965 yilda psixopatologiya va logopediya kafedrasi tashkil etiladi va uning
tarkibiga logopedlar, fiztologlar, psixiator va nevropotologlar kiradilar. Bu yillarda
kafedraga prof. YE.S.Ivanov muovinlik qiladi.
1977 yilda kafedra qoshida logopediya bо„limi tashkil etiladi.
1986 yilda logopediya va psixologiya kafedralari alohida faoliyat kо„rsata
boshlaydilar logopediya kafedrasiga L.S.Volkova muovinlik qiladi.
Logopediya kafedrasi og„ir nutq nuqsiniga ega bolalar maktabining
boshlang„ich sinf о„qituvchilari va logoped mutaxasislarni tayyorlaydi.
Hozirgi kunda kafedra tomonida yechilayotgan dolzarb muammolar
quydagilardir:
1.
logopediya metodologiyasi;
2.
logopediya tarixi;
3.
nutqiy nuqson tuzilishini nazariy о„rganish asoslari;
4.
murakkab nutqiy nuqson va uning tuzilishi tushunchasi;
5.
turli guruh bolalarida о„qish va yozish malakalarini buzilishlari;
6.
nutqiy nuqsonga ega bola va kattalar shaxsi.
Kafedra kelajakda logopediyaning murakkab sohalarida faoliyat
kо„rsatuvchi, shuningdek, о„rta va oliy о„quv yurtlari о„qituvchi bо„lishni istagan
magistrlarni tayyorlashni rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |