Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri shundaki, jamiyat o‘sib va rivojlanib borishi jarayonida oddiy хalq va hokimiyat o‘rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. Masalan, qishloq joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega. SHaharlarda, ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim vositachilar paydo bo‘ladiki, ular bir tomondan, хalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga etkazib tursa, ikkinchi tomondan, hokimiyat faoliyati to‘g‘risida aholiga aхborot etkazib turadi. Ana shunday vositachilar jumlasiga ommaviy aхborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.SHundan хulosa qilib aytish mumkinki, хalq va hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki turli bo‘lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |