12. Mavzu: Iroda Iroda haqida tushuncha



Download 236,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana01.06.2023
Hajmi236,75 Kb.
#947393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12. Mavzu iroda

 
Qarorga kelish.
Maqsadga yetishish yo‘llarini va vositalarini tanlash jarayonida 
rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga 
kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab 
olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol 
o‘ynagan bo‘ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining 
yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Kishi ba’zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni 
qat’iyat deb ataymiz. Ba’zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho‘zilib ketadi va qaror bajarilishiga 
ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat’iyat sezgirlikdir. Masalan, o‘rta 
maktabni bitirayotgan va bitirgan ba’zi yigit-qizlar qaysi o‘quv yurtiga yoki korxonaga kirish 
masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. 
Qat’iyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg‘usini tug‘dirsa, 
qat’iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg‘usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo‘ladi.
Biror qarorga kelish sur’ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv 
kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush 
tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos 
takliflariga quloq solishiga bog‘liq bo‘ladi. Biror qarorga kelish sur’ati asosan qo‘yilgan 
maqsadning ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda bo‘ladiki, 
bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi 
maqsadlar qo‘yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab 
qiladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil 
bajarishda ham zohir bo‘ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda 
bajarish – qat’iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o‘zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud 
butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo‘sh qaror deb ataladi. Qat’iyat va mustahkam 
qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir. 
Qabul qilingan qarorning o‘zgarishi ko‘pincha yana bu qaror to‘g‘risida yetarli darjada 
o‘ylamaslikdan, emotsional holatning o‘zgarishidan yoki kishi harakat qilayotgan sharoit 
o‘zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o‘zgarishi ko‘pincha motivlar kurashining qaytadan 
boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat’iy qaror qabul qilishga olib keladi.

Download 236,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish