12. Mavzu: Iroda Iroda haqida tushuncha



Download 236,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana01.06.2023
Hajmi236,75 Kb.
#947393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12. Mavzu iroda

Irodaning axloqiyligi h
ayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki 
salbiy baho berganda qanday to‘sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish 
bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik 
ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axloqiy ekanligi ham nazarda tutiladi.
Irodaning ahloqiyligi deganda odatda kishi o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yilishi, bu 
maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar 
tufayli kelib chiqishi va ma’lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda 
tutamiz. 
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo‘lsa, iroda kuchi ijobiy 
ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr 
yuritilganda aytilgan so‘zlarni emas, balki ularning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadigan irodaviy 
harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o‘zini tuta bilish, sabot-
matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz.
Kishi biror qarorga kelishda o‘z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas’uliyat sezsa, uning 
irodasi axloqiy hisoblanadi.
Kishining chinakam axloqiyligi ma’naviy qiyofasi, so‘zida va muhokamalarida emas, balki 
faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya’ni mehnatga va ishning o‘ziga mehr qo‘yishida 
namoyon bo‘ladi.
O‘zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim ahloq tamoyillariga amal 
qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz.
Iroda tushunchasi xulqning real omili kabi o‘z tarixiga ega. Bunda u ruhiy hodisaning 
tabiatidagi qarashlarida 2 aspektga bo‘linadi: falsafiy-ahloqiy va tabiiy fanlar. Ular o‘zaro uzviy 
bog‘lanishadi va faqat bir-biri bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
Qadimgi faylasuflar insonning maqsadli va ongli xulqini faqat umumqabul normalariga 
muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishgan. Qadimgi dunyoda, avvalambor, donolarning 
ideallari tan olingan, shuning uchun qadimgi faylasuflar inson xulq-atvori tabiat va qonunning 
oqilona boshlanishiga, mantiq qoidalariga mos kelishi kerak deb hisoblashgan. Shunday qilib, 
Aristotelga ko‘ra, iroda tabiati mantiqiy xulosaning rivojlanishida ifodalanadi. Masalan, uning 
“Nikomaxova etika” to‘plamida “barcha shirinliklarni yeyish kerak” hukmi va “bu olmalar shirin” 
shartlari o‘z ketidan “bu olmani iste’mol qilish kerak” tasarrufini emas, balki aynan aniq harakat 
– olma iste’molining zarurligi xulosasini yetaklab boradi. Shunday qilib, bizning anglaydigan 
harakatlarimizning manbasi insonning ongida yashirinadi. 
Belgilash joyizki, iroda tabiatiga shunga o‘xshash nuqta’i nazarlar asoslangan va shuning 
uchun ham hanuzgacha mavjuddirlar. Misol uchun, Sh.N. Chxartishvili irodaning alohida 
xarakteriga nisbatan qarshi chiqib, 
maqsad 
va 
anglash
tushunchalarini intellektual hulqning 
kategoriyalari deb hisobladi, va unga ko‘ra, bu yerda hech qanday yangi terminlarni kiritishga 
hojat yo‘q.
Aslini olganda, iroda muammosi mustaqil muammo sifatida xatto o‘rta asrlarda ham mavjud 
bo‘lmagan. Inson o‘rta asr faylasuflari tomonidan faqatgina passiv boshlanish,tashqi kuchlar 
uchrashadigan “maydon” kabilarda ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, juda ko‘p marotaba o‘rta 
asrda iroda mustaqil mavjudligi bilan ajralib turgan va xatto mehribon yoki zolim mavjudotlarga 
aylanib, aniq bir kuchlarda timsollangan. Shu yerda ham iroda. o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ygan, 
qandaydir bir fikr sifatida namoyon bo‘lyapti. Bu kuchlarni – yaxshi yoki yomonni, anglash , o‘rta 
asr faylasuflarining fikricha, insonning qilgan ishlarining “asl” omillarini anglashga yo‘l ochadi. 
Shunday qilib, o‘rta asr vaqtlarida irodaning tushunchasi ko‘p miqdorda alla qanday yuqori 
kuchlar bilan bog‘langan. Inson huddi jamiyatning eng oddiy elementi hisoblanib, zamonaviy 
olimlar “shaxs” tushunchasiga kiritadigan xususiyatlar to‘plami esa ajdodlarimiz yashab o‘tgan va 
inson yashashi kerak bo‘lgan programma sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu me’yorlardan chetlanish 


xuquqiga faqatgina jamiyatning bir necha a’zolari haqli edilar, masalan, temirchi uchun – olov va 
temir kuchlariga ega inson; qaroqchi uchun – o‘zini jamiyatga qarshi qilgan jinoyatchi.
9
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan 
boshlanib, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy 
yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan.
Arastu o‘z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e’tirof etgan. Uning 
fikricha, iroda inson xulq-atvorini o‘zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan omil 
hisoblanadi.
Gumanitar yo‘nalish, ya’ni inson muammolariga e’tiborning ortishi bilan o‘z-o‘zidan 
irodani o‘rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng 
markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida 
ro‘y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o‘tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas.
XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbaini bemahsul 
sohaning paydo bo‘lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini 
hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir 
narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan 
bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning 
mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki 
ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya 
faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga 
qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik 
tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning 
boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir. 
Yetarli darajada qat’iy fikr qaror topganligi, iroda – bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga 
erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad qo‘ya 
olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq 
etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: 
a) iroda–bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini 
anglashning tavsifidir; 
b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va 
bosqichlariga taalluqlidir; 
v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli idora 
qilishlikdir; 
g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir, ammo 
qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. 
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g‘oyani ilgari suradi, 
insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida 
tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o‘zining tuzilishiga ko‘ra bir davrning 
o‘zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.
Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. 
Shuningdek, harakat ma’nosining o‘zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo‘shimcha turini 
yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning 
tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni “ixtiyoriy boshqaruv 
ko‘rinishlarining bittasi sifatida” tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy 
o‘zgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi.
Keltirilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, 
ta’riflash bo‘yicha bir xil munosabat yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma’naviy asosini tahlil 
9
Маклаков
А

Г

Общая
психология


СПб
.: 
Питер
, 2001. 

376-377b/(mazmunidan foydalanildi) 


qilish yuzasidan ham umumiylik, mustaqillik, qat’iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, 
jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi. 
P.M.Yakobson bo‘lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat’iylik, tirishqoqlik 
o‘zini uddalashni ko‘rsatadi. Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga 
A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va 
intizomlilik, urinchoqlik va qat’iyatlilik, chidamlilik va o‘zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. 
Iroda borasidagi tadqiqotlarda “ishonch” atamasi qo‘llanilishi kamdan-kam hollarda 
qo‘llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning 
uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining 
ta’kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin 
sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so‘ng tadqiqotchi 
talabada o‘z kuchiga ishonch uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan va unda irodaviy zo‘r berish, 
qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o‘z maqsadiga 
erishishga musharraf bo‘lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid 
nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir.
 

Download 236,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish