Iqtisodiy o‘sish -tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi va milliy daromadning ko‘payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. SHu bilan bir qatorda bozor iqtisosodiyotida, jamiyat talabini to‘la to‘kis kondira oladigan va ishlab chiqarish kuchlari yuqori darajada rivojlangan, bilimlar asosida iqtisodiyotni boshqarish natijasida iqtisodiy o‘sishga erishish talab qilinadi.
Iqtisodiyotni tahlil qilish va prognozlash nazariy va amaliy jihatdan 2 xil bo‘ladi:
Iqtisodiy darajalarinig umumiy sifatidan kelib chiqib iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari quyidagilarni:
-u ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatib beradi;
- korxonalar faoliyati va tarmoqlarning ob’ektiv va subektiv farqini ko‘rsatib, ularni butun xo‘jalik mexanizmini bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi.
2. Iqtisodiy o‘sish turlari, ularning prognozlashtirishda ishlatilishi.
Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish YAIM ko‘payishini anglatadi. YAIM esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati, agar ular sotilmasa bozor qiymati yuzaga kelmaydi. SHu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. Resurslar kamyob bo‘lganidan , ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi.
Iqtisodiy o‘sishning o‘sish sur’atiga(dinamikasiga) qarab milliy iqtisodiyotning darajasi hamda resurslarning chegaralanganlik muammolari tahlil etiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushunchaga alohida talqin berilmagan.
Ba’zi iqtisodchilar(Makkonnell, Bryu) iqtisodiy o‘sishni 2 xil usul bilan hisoblash mumkin, deb hisoblaydi, ya’ni: