12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar



Download 11,96 Mb.
bet84/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Masjid ichi. Hurmatli ekskursantlar! Ko‘rib turganingizdek, biz mahobatli hamda juda ham chiroyli tarzda bezatilgan Tillakori masjididamiz. E’tiboringizni masjidning ichki bezaklariga qaratmoqchiman. Masjid gumbaziga e’tibor qiling, ko‘rib turganingizdek, masjidning gumbazi ustma- ust joylashgan ikkita gumbazdan iborat, Siz hozir ko‘rib turgan gumbaz pastki gumbaz hisoblanib, e’tibor qiling pastdan gumbazga qaraganda uning sirti dumaloq bo‘lib ko‘rinsada, aslida gumbazning sirti tekis hisoblanadi. Masjid gumbazining dumaloq bo‘lib ko‘rinishiga esa bezaklarning markazga qarab kichrayib borishi natijasida erishilgan. Yon devorlarda ko‘rib turganingizdek yulduzsimon muqarnaslar bilan bezatilgan bo‘lib, qubba tomoni bezaklari ham o‘z tuzilishi jihatidan bir kompazitsiyani tashkil etadi. Siz ko‘rib turgan qo‘sh uslubidagi bezak «qubba» deb nomlanib, Makka va Madina tomoniga qaratilgan. Siz ko‘rib turgan zina esa, juma namozi kunlari ishlatilgan. Umuman olganda aynan shu joyga 2 kilogrammga yaqin miqdorda maxsus tilla ishlatilgan.
Masjid ichidagi ko‘rgazma. Hozir esa hurmatli ekskursantlar Tillakori majmuasidagi «Registon» maydoniga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz mumkin.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Savollarga javob beriladi).


10.3.- rasm. «Registon» maydonining umumiy ko’rinishi.



10.4.-rasm. «Registon» maydonini ko’rsatish tartibi.
3-ob’ekt. ULUG‘BEK OBSERVATORIYASI(RASADXONASI)
(1424-1428-yillar)

Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir Ulug‘bek rasadxonasida ekskursiya o‘tkazamiz. Bu joy XV-asrning 20-yillarida qurilgan, shuningdek, dunyo astronomiya maktabining rivojini ta’minlashga xizmat qilgan maskan hisoblanadi. Hozir Sizda aynan shu joy bilan yaqindan tanishish imkoni mavjud. Marhamat ehtiyot bo‘lib zinadan tepaga qarab ko‘tarilamiz.


Observatoriya qarshisida, bosh bino oldida. Mirzo Ulug‘bek 1409-yilda taxtga o’tirdi. Samarqand Mirzo Ulug‘bek davlatining poytaxti edi. Ulug‘bek davrida shahar yanada obodonlashtirilib, Movarounnaxrning ilmiy va madaniy markazi bo‘lib qoldi. Ulug‘bek asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi. Uning farmoniga binoan Samarqandning shimoliy-sharqida observatoriya quriladi. Ulug‘bek observatoriyasi Samarqanddagi XV-asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Bino uning farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Observatoriya silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4 metrdan iborat o‘lkan bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigant sekstant (ba’zi manbalarga ko‘ra kvadrant) bo‘lgan. Sekstantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo‘lib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland bo’lgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga mos keladi.
Mirzo Ulug‘bekning o’limidan keyin observatoriyaning ilmiy ishlari bir qancha vaqt davom etib, keyinchalik vayronaga aylangan. Uzoq vaqtgacha rasadxonaning joyi ma’lum emas edi. 1908-yilda arxeolog V.L. Vyatkin tomonidan uning joyi topildi.
XIX asr 90-yillarida V.L.Vyatkin observatoriya haqida «Boburnoma»dagi (XVI asr) va XIX asrning 30 yillaridagi tarixiy asarlardan bo’lgan Samariya» asarining ma’lumotlardan foydalanadi. Bu ikkala asar rasadxonaning Obi-Raxmat arig‘iga yaqin Ko‘hak tepaligida joylashganligi to‘g‘risida xabar beradi. XV asr vaqf hujjatlarini o‘rgana turib, V.L. Vyatkin observatoriyaning Naqshi-jahon, Obi-Raxmat suvi oldida Tollirasad (poi-rasad) yerining eslatilishini uchratadi.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish