12-mavzu: Ekskursiya rahbari – gidga qo‘yilgan talablar


Sitatalardan foydalanish usuli



Download 11,96 Mb.
bet66/141
Sana02.07.2022
Hajmi11,96 Mb.
#731437
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Bog'liq
Ma\'ruza matn(1)

Sitatalardan foydalanish usuli. Sitata – bu biror matndan olingan parcha yoki biror kishining gapini aynan keltirishdir. Sitatalarga quyidagi holatlarda murojaat qilinadi: tasdiqlashga, o‘z fikrlarini ishonarli va yorqin ifodalashga, ma’lum bir tarixiy davr jilosini saqlab qolishga, biror taniqli shaxsning fikri bilan tanishtirishda va shu kabilar.
Eksursiya xizmatida sitatalardan foydalanish usuli ekskursantlar tasavvurida axborotni shakllantirish, ular ongida uni obrazli qilib ifodalashga qaratilgan. Ekskursiya matnida sitata sifatida badiiy asarlardan parchalar (proza, she’rlar) qo‘llaniladi va u uzoq o‘tmish turmushini qayta tiklashda qo‘l keladi.
Savol-javob usulida gid ekskursantlarni faollashtirish maqsadida hikoya jarayonida ularga savollar beradi. Bunday savollarning ko‘pi ekskursantlardan javob olishga qaratilmagan va bir usul vazifasini bajaradi, xolos. Savollarni bir necha turga bo‘lish mumkin: odatda gid javobini kutmasdan o‘zi javob beradigan savollar, tarixiy mazmunga ega bo‘lgan savollar, ekskursantlar e’tiborini kuchaytiradigan savollar.
Guvohlarga havola qilish usuli voqea - hodisalarni obrazli tarzda tiklash imkonini beradi. Masalan, «Hamid Olimjon teatrining mashhur obrazlari» nomli ekskursiya xizmatida mazkur teatr sahnasida obraz yaratgan aktyorlar bilan hamsuhbat bo‘lish mumkin. Mashhur shaxslar hayotini yorituvchi ekskursiya mavzularida esa ularni yaqindan bilgan, taniganlarni suhbatga tortish mumkin.
Tadqiqot o‘tkazish usulida gid ekskursiya mavzusini mustahkamlash maqsadida ekskursantlarga turli topshiriqlar berib ularni faollashtirishi mumkin. Ayniqsa, ekskursiya xizmati tabiat qo‘ynida bo‘lsa, masalan, to‘nkadagi halqalarni sanab daraxtning yoshini, yonayotgan qog‘ozni tashlab chuqurlikni, barg va igna yordamida qutblarni aniqlash kabi tadqiqotlarni o‘tkazishi mumkin.
Gid qanchalik tajribali bo‘lsa, shunchalik hikoya qilish usullarini o‘z o‘rnida qo‘llay oladi va ekskursantlarning mavzuga nisbatan qiziqishi ortib boradi.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish