12-MAVZU. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi
REJA:
REJA:
Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi.
Buddaviylik ta’limoti.
Xristianlik ta’limotining shakllanishi va tarqalishi. Хristiаnlikdning оqimlаri.
«Bibliya» хristiаnlikning muqаddаs kitоbi.
Tаyanch so’zlаr:
Bibliya; Muqаddаs Ruh; Pаsха; Cho’qintirish; Хоch; Ikоnа; Pаtriаrх; Еpiskоp; Diаkоn; Pаpа; Mitrоpоlit; Аltаr’; Indul’gеntsiya; Pоst. xaloskor, Mariyam, Falastin, Nazaret, Rim papasi, Vizantiya patriarxi, monofizit, Nestorian, katolik, provoslav, protestant, sekta. pasxa, rojdestvo.
Buddaviylik (Buddizm) – uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan.
Buddizm — dunyodagi eng yirik dinlar ichida
qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI — V asrlarda Hindistonda
vujudga kelganligiga alohida ahamiyat berish lozim. Bu dinga eʼtiqod
qiluvchilar, asosan, Janubi — Sharqiy va Sharqiy Osiѐ mamlaqatlari: Shri
Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya,
Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laos va qisman Yevropa va
Аmerika qitalarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Qalmiqiston
respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda eʼtiqod qiluvchilar
soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan soʼng toʼrtinchi
oʼrinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 750 mln. atrofida. Buddizm
bundan 2500 yil avvalroq Hindistonda diniy — falsafiy taьlimot
sifatida vujudga kelib, unda koʼplab diniy manbalar va diniy yoʼnalishlar
mavjud. Buddizm turli milliy va diniy anʼanalar bilan kelishuvchanligi
sababli koʼp millatlar tomonidan keng qabul qilindi.Buddizm haѐtning diniy,
madaniy, siѐsiy va iqtisodiy sohalari qatlamlariga kirib bordi. Buddizmni
din ѐki falsafa, mafkura ѐki madaniyat qoidalari toʼplami ѐhud haѐt tarzi deb
baholash mumkin. Аyni kunda bu dinga eʼtiqod qilib kelaѐtgan Sharq
mamlaqatlaridagi buddizm taʼlimotini oʼrganish u yerdagi siѐsiy —
iqtisodiy, maʼnaviy madaniyatni tushunishning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Bu davlatlarda ushbu dinga eʼtiqod qiluvchilar nazarida
buddizmning qoida va anʼanalari markaziy hukumat qonunlaridan koʼra
ustunroqdir, tabiiyki, buning zamirida uning potentsial kuchi ѐtadi. Buddizm
tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real
tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʼgʼrisida habar
beruvchi adabiѐtlarda u Siddhartxa Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda,
Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar
maʼnolari quyidagicha: Siddhartxa - shaxsiy ism, Gautama — urugʼ nomi,
Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - "nurlangan", Djina — "gʼolib", Bxagavan - ―tantana qiluvchi. Ular ichida eng mashhuri"Budda" boʼlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Bizgacha Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: ―Maxavostu" — milodning II asrida
ѐzilgan. "Lalitavistara" — milodning II —III asrlarida yuzaga kelgan.
―Buddxacharita - buddist faylasuflaridan biri Аshvagxosha tomonidan
milodning I-II asrlarida yaratilgan. "Nidanakatxa" - milodning I asrida
ѐzilgan. Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi
turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX-III asrlar oraligʼidagi har
xil ,muddatlar koʼrsatiladi. Rasmiy hisobga koʼra Butama- Budda mil. av 623
yilda tugʼilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq koʼpchilik tadqiqotchilar uning
tavalludi mil. av. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Baʼzan
560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan koʼrsatadilar. Rivoyatlarga koʼra Siddhartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananiig oʼgʼli edi. Uniig saroyi Ximolay togʼlari etagida Kapilavasti degan shaharda boʼlgan (hozirgi
Nepal hududida). Onasi — malika Mayya. Podshoh orzu—havaslar ogʼushida
tarbiyalab, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Siddhartxa ulgayib qoʼshni
hukmdorlardan birining qizi Yashadharaga uylanadi va oʼgʼil koʼrib, unga
Raxula deb ism qoʼyadi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik koʼrmay oʼsgan bola Siddhartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda ogʼir mashaqqat
tortaѐtgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh boʼladi. Bundan
kattiq taʼsirlangan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish
yoʼllarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 ѐshda edi. U
beshta rohib bilan qishloqma qishloq kezib yuradi. Shu asnoda Siddhartxa bir
narsaga amin boʼldi: bu yoʼl uni oʼz oldiga qoʼygan maqsad, yaʼni insoniyatni azob- uqubatdan qutqarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi.
Birmuncha vaqt changalzorlarda kezib horib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun oʼtiradi va oʼzicha, to haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikkaqapop qiladi. Bu oʼtirishining 49-kuni uning qalbidan "Sen haqiqatni
topding" degan sado keladi. Shu paytda uning koʼz oldida butun borliq namoyon boʼladi. U hamma joyda shoshilish, qaѐkqadir intilishni koʼradi: hech bir joyda osudalik yoʼq edi. Trishna – yashash, mavjud boʼlish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda — nurlangan deb ataldi. U tagida oʼtirgan daraxt esa — nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi.
Budda oʼzining birinchi daʼvatini Varanasi yaqinidagi Rishivatana bogʼida
oʼzining besh rohib doʼstlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari
boʼladilar. Shu kundan boshlab Budda oʼz shogirdlari bilan qishloqma-qishloqyurib, oʼziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil mobaynida
Hindistonning turli joylarida boʼladi, odamlarga oʼz gʼoyalarini yetkazadi, singdiradi va 80
yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan oʼtadi. Uning jasadi, hind udumiga
koʼra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga boʼlib yuboriladi va har bir
jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona (stuva) barpo etadi. Buddaning haѐti
haqida turli asotirlar paydo boʼldi. Ularda aytilishicha, Budda koʼp yillar
davomida yer yuzidagi turli mavjudotlar qiѐfasida qayta tugʼilgan: 84 marta
ruhoniy, 38 marta shoh , 24 marta rohib, 26 marta savdogar, 18 marta maymoʼn, 12 marta tovuq, 8 marta gʼoz, 6 marta fil, shuningdek, baliq qurbaqa, kalamush, quѐn qiѐfalarida qayta tugʼilgan. Jami 550 marta qayta tugʼilgan. U doimo qaerda, qay qiѐfada tugʼilishini oʼziga oʼzibelgilagan. Soʼnggi marta uni
xudolar insoniyatni toʼgʼri yoʼlga boshlashi uchun inson qiѐfasida yaratganlar. Bu afsonalarniig baʼzilariga koʼra, yer yuzida Gautamaga qadar oltita Budda oʼtgan. Shuning uchun buddizmning baʼzi muqaddas joylarida yettita ibodatxona barpoetilgan. Yettita bodxa daraxti oʼtkazilgan. Baʼzi afsonalar 24 ta Budda avlodi oʼtgan desa, baʼzilari minglab buddalar oʼtga deb daʼvo qiladi. Buddizm qadimiy hind diniy — falsafiy taьlimotlari asosida
vujudga kelgan, oʼziga hos nazariѐt va amaliѐtdan iborat boʼlgan
diniytizimdir. Budda yangi diniy qonun - qoidalar, rasm - rusumlar ishlab
chikmagan, balki har bir inson tugʼilish va oʼlim mashaqqatlaridan qutulishi
uchun amal qilishi lozim boʼlgan bir necha koʼrsatmalarni ishlab chiqdi, xolos.
Uning taʼlimoti insonning haѐlida, ishlarida va oʼzini tutishida samimiy
olijanoblik gʼoyasini ilgari suradi. U vedalardagi gunohsizlik taьlimotini
inkor qildi, hayvonlarni vahshiѐna qurbon qilishni qoraladi. varna (haѐti)
tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qiladi.
Budda taʼlimotining asosida haѐt bu ―azob-uqubat" va "najot yoʼli mavjud"
degan gʼoyalar ѐtadi. Buddizm taʼlimotiga koʼra, inson oʼziga xos mavjudot
boʼlib, tugʼiladi, oʼzini oʼzi halok qiladi ѐki qutqaradi. Bu gʼoyalar Buddaning
ilk daʼvatiga taʼbirlagan toʼrt xaqiqatda oʼz ifodasini topgan. Birinchi
xaqiqat — ―azob — uqubat mavjuddir». Ha r bir tirik jon uni boshidan
kechiradi, shuning uchun har qanday dunѐviy haѐt-qiynoq, azo b uqubatdir.
Tugʼilish qiynoq, kasallik – azob, oʼlim - kulfat. qiyinchilikka duch kelish
mashaqqat, ayriliq - ezilish, orzu-xavasga yetolmaslik – uqubat. Dunѐ
tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bogʼliqdir. Hech bir narsa maʼlum
sababsiz yaralmaydi. Buddizm taьlimotita koʼra, har qanday narsa ѐki hodisa, u xoh moddiy, xoh maʼnaviy boʼlsin, dharmalardan tashkil topgan. Obʼektiv
haqiqat bu doimiy ravishda oʼzgarib turuvchi dharmalar oqimidir. Inson ular
ѐrdamida yashaydi, borliq bilan aloqada boʼladi, yaxshi ѐki ѐmon ishlarni
bajaradi. Ikkinchi haqiqat - ―qiynoqlarning sabablari mavjuddir. Inson
moddiy narsalar ѐki maʼnaviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va
doimiy deb hisoblaydi. Hamda doimo ularga ega boʼlishiga intiladi. Bu
intilish haѐt davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlar toʼqilgan
haѐt darѐsi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma
hozirlaydi. Demak, qayta tugʼilish, qaytadan qiynoqlarga duchor boʼlish davom etadi. Аksariyat buddistlar fikricha, Buddadan keyin hech kim nirvana holatiga erisha olmagan. Uchinchi haqiqat - "qiynoqlarni tugatish mumkin". Yaxshi yoki yomon niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tugʼilishdan toʼxtaydi. Buddistlar fikricha,
nirvana holati «hayot gʼildiragidan" tashqariga chiqish, "men" degan fikridan
ajralib, insonning hissiy tuygʼularini toʼla tugatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |