Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning tuzilishi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan komponentlar turli xil
tiplardan iborat bo‘lishi mumkin. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil etgan
sodda gaplar, ko‘pincha, darak gap shaklida bo‘ladi:
Yaxshi yaxshiga yondoshtirar,
Yomon yo‘ldan adashtirar. (maqol)
Ba’zi bog‘lovchisiz qo‘shma gapning bir komponenti ritorik so‘roq
gaplardan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Chekinsinmi –yo‘q, g‘ururi yo‘l bermaydi (O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ko‘proq jonli nutqda qo‘llanilganligi uchun
ham, struktura jihatidan ancha erkin tuziladi.
1. Qo‘shma gapning bir komponenti yoki har ikkisi bosh bo‘lakli gapdan
iborat bo‘lishi mumkin: Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi – yiqitadi kishini (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |