12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.
Kredit tizimi deb kredit munosabatlar majmuasi va kredit munosabatlarni tashkil kiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar yigindisiga aytiladi. Kredit tizimi orkali xukukiy va jismoniy shaxslaryaing vaktincha bo`sh mablag’lari yig’iladi va korxona, tashkilotlarga, davlatga vaktincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi bir necha bo`g’inlardan iborat bo`lishi mumkin. Mablatlarni jalb kilishi va taqsimlanishiga qarab kredit tizimi bo`g’inlari o`z xususiyatlariga ega kiladi. Jahon amaliyotida kredit tizimi o`zinikg tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruxlarga bo`linadi.
Markaziy bank
Tijorat banklar
maxsus-kredit institutlar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog’onali kredit bank tizimi ko`p mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir.
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:
tijorat banklar;
investitsiya banklari;
jamg’armalar jalb qiluvchi banklar (O`zbekistonda Xalq banki);
ipoteka banki;
savdo banklari;
tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha banklar;
tarmoqlar bo`yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. Nobank kredit tashkilotlarga:
investitsiya kompaniyalari;
sug’urta kompaniyalari;
nafaqa va boshqa fondlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasi konunlariga asosan bank - tijorat muassasasi bo`lib, jismoniy va xukukiy shaxslarning bo`sh turgan pul mablag’larini jalb kilish va ularni o`z nomidan, tulovlilik, muddatlilik, kaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshka bank operatsiyalarini bajaradi.
Banklar - tovar-pul xujaligining ajralmas atributidir. Tarixan bular yonma-yon rivojlanib keldilar. SHuning uchun kiymatning pul shaklining muomalasining boshlanishi bank ishining boshlanishi deb hisoblash, xamda bank faoliyatining rivojlanishidagi etukligi doimo iqtisodiyotdagi tovar-pul alokalarining rivojlanish darajasiga mos kelgan.
Banklar-moliyaviy bozorning tashkiliy tuzilishining bir qismi bo`lgan kredit tashkiloti bo`lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaktinchalik bo`sh turgan pul mablag’larini jamg’rish, yig’ish, jamlangan (akkumultsiya kilingan) mablag’larni o`z nomidan kaytarib berishlilik, muddatlilik asosida berish xamda mijozlarning topshirig’iga ko`ra, to`lovlarni amalga oshirish vazifalarini amalga oshiradilar.
Bu «bankning ilk» belgilari bo`lib, ular aslida tarixan banklarning shakllanishidagi 3 asosiy yo`nalishni o`zida aks ettiradi. Ma`lum bir shartlar asosida ushbu yo`nalishlarga cherkovlarning o`zlariga topshirilgan pul mablag’larini saqlab berishni ta`minlash faoliyatini, sudxurlik kreditlarini, keyinchalik ularning tijorat kreditiga aylanishini, almashtiruv (menyali) «stollarining» idoralarining «xisobkitob» va valyuta bilan faoliyatlarini mumkin. Xaqiqatda esa oxirgi yo`nalish bu tashkilotlarga nom berish uchun asos bo`lib xizmat kildi. Banklar ma`lum belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
mulk shakliga qarab: aktsioner, noaktsioner, kooperativ, kommunal, davlat, aralash, xalkaro banklarga bo`linadi;
kredit beruvchi banklarga;
milliy mavkei bo`yicha: milliy va xorijiy banklarga;
faoliyat ko`rsatishi va bajaradigan funktsiyalariga qarab: depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo`linadi.
Aktsioner banklar aktsioner kompaniyalar sifatida yuzaga kelgan banklar bo`lib aktsiyalar chiqarish xisobidan ular kapitalining asosiy qismi yuzaga keltiriladi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimining asosiy qismini aktsioner banklar tashkil qiladi.
Noaktsioner banklar paychilar mablag’lari xisobidan tashkil kilingan banklar bo`lib, ular bir yoki bir necha shaxs ixtiyorida bo`lishi mumkin.
Mayda ishlab chikaruvchilar, xunarmandlarning faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida kooperativ banklar tashkil kilinadi. Bu banklarning mablag’lari ishtirokchilarning mablag’lari xisobidan vujudga keltiriladi va mijozlarga ularning faoliyatini rivojlantirish uchun engil sharoitda kredit beriladi. Kommunal banklar ixtisoslashgan kredit tashkilotlar bo`lib, kommunal xujalik va uy-joy qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bilan shug’ullanadi.
Davlat banklari davlat ixtiyorida bo`lgan kredit muassasa bo`lib, o’zining birinchi kurtaklari kadimiy Rimda, Egipetda, keyinchilik XVI-XVII asrlarda Evropada vujudga kelgan.
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg’arma, rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir kismi nobank kredit muassasalari bo`lib, davlat va korxonalarni moliyashtirishi, uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |