12-MAVZU. BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
Dastlabki banklarni rivojlanish tarixining bosqichlarini sanab bering.
Banklarning funksiyalarini sanab bering
Tijorat banklarining tarixiy rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?
Dastlabki Markaziy banklarni rivojlanish shart-sharoitlari nimadan iborat?
Banklarning qanday turlari mavjud?
Bank tizimi va uning elementlari nimalardan iborat?
Banklarning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati nimalardan iborat?
2. Quyidagi so’zlarga ta’rif bering
|
Bank –
Bank balansi –
Ipoteka banklari –
Investitsion banklar –
Ixtisoslashgan banklar –
Jamg‘arma banklari –
Universal banklar -
|
13-MAVZU: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA UNING TARKIBI
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini aytib bering
O’zbekiston Respublikasi bank tizmi nechta pog’onadan iborat?
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanish bosqichlarini ayting
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining nechta vazifasi mavjud?
O’zbekistan Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi nimadan iborat?
Tijorat banklarining vazifalari nimadan iborat?
Tijorat banklarining funksiyalari sanab bering
Masala № 1
A bankning ustav kapitali 7 mln. AQSh dollaridan iborat va bank ta’sischilari 11 nafarni tashkil etadi.Ta’sischilarning ustav kapitalidagi ulushi quyidagicha: ikki nafari-14%,bir nafari 10%,bir nafari 20 % va qolganlari 6%dan hissaga ega. Ular divident bo’yicha to’lovlarni o’z hissalari bo’yicha olishadi. Joriy yilda bank 65 mln. so’m foyda ko’rdi va uning 30foizini dividentlarga ajratishini rejalashtirdi. Bankning har bir ta’sischisiga to’g’ri keladigan divident summasini va ustavdagi hissasini so’m pul birligida hisoblang. (1 AQSh dollari=1622,5 so’m)
Masala № 2
Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklida yangi tashkil etilayotgan tijorat banki ustav kapitalini shakllantirishda aktsiyalar to’loviga quyidagilar kiritilgan:
So’m va xorijiy valyutadagi pul mablag’lari;
Bank joylashadigan bino;
Ofis jihozlari, shu jumladan kompyuterlar, mebel, ko’paytiruvchi texnika.
Quyidagilarni bajarish kerak:
1.Tijorat bankining ta’sischilari kimlar bo’lishi mumkin?
2.Aktsiyadorlik bankini tashkil etishda chiqarilishi mumkin bo’lgan aktsiyalar turlarini aytish va ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibini ko’rsatish.
3.Moddiy aktivlarning qaysi turlari aktsiyalar to’loviga qabul qilinishi mumkin
4.Aktsiyadorlar ta’sis etish chog’ida aktsiyalar uchun xorijiy valyutani to’lashlari mumkinmi.
5.Ustav kapitalini shakllantirishda taklif etilgan manbalari bo’yicha shartnomalarni qaysi turlari tuzilishi mumkin.
17-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING OPERATSIYALARI
1. NAZORAT SAVOLLARI
|
1.Tijorat banklari mamlakat bank tizimida qanday o‘rin tutadi?
2.Tijorat banklari faoliyati qanday maqsadga qaratilgan?
3.O‘zbekistonda mustaqillikkacha bo‘lgan davrda qanday bank tizimi faoliyat yuritgan va mustaqillik davrida qanday rivojlandi?
4.Tijorat banklari faoliyati qanday qonun bilan tartibga solinadi?
5.O‘zbekistonda qanday bank dastlabki tijorat banki hisoblanadi va undan keyin qanday tijorat banklari tashkil etildi?
6.Tijorat banklari minimal ustav kapitaliga qo‘yilgan talab miqdori.
7. Tijorat banklarini litsenziya olish tartibi va talablari.
8. Tijorat banklari passiv operatsiyalari mohiyati va tarkibi.
9. Banklarning barqaror va beqaror mablag‘larining mohiyati.
10. Tijorat banklari aktiv operatsiyalari mohiyati va tarkibi.
11. Banklarning yuqori va past riskli aktivlari.
12. Tijorat banklari noa’anaviy operatsiyalari.
13. Tijorat banklari daromadlari.
14. Tijorat banklari xarajatlari.
|
Masala №1
“Hamkorbank” Aksioner tijorat bankida quyidagi mijozlarning joriy hisobraqamlari ochilayapdi. “Toshkent oqshomi” gazeta tahririyatining joriy hisob raqami, “Sport tovarlari” savdo firmasining hisob-kitob raqami, xorijiy firma norezidentning joriy hisob raqami ochilmoqda.
Topshiriq:
1. Joriy hisob raqamlarni qanday turdagi hisob raqam hisoblanadi?
2. Yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun qanday turdagi hisob raqamlar ochiladi?
Masala №2
“Davr-bank” XATB ning umumiy kapitali 45.000.000.000 so`m ekanligi ma`lum. Uning joriy yildagi sof foydasi 32,6 million so`m bo`lgan bo`lsa, joriy yildagi sof foydaning umumiy capital tarkibidagi ulushini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |