Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo’ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX srning 70-yillari boshlarida AQSH mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANET aloqa tarmog’i asos bo’lgan.ARPANET-buzilgan aloqa bo’g’inlarini avtomatik ravishda aylanib o’tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma’lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
INTERNET VA WWW
INTERNET-dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgn minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.
Internetdagi ma’lumotlarni uzatish qoidalari Protokollar deb ataladi.Internetning kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan narsalardan munim farqi shundaki,u o’zi haqidagi ma’lumotlarni ham o’zida saqlay olishidir.
1992-1993 –yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviiry va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatilishining shundy imkoniyati yartildiki,u www ya’ni World Wide Web deb nomlandi.
!
World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo’ldi.Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatilishining samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi.
Web adreslar URL deb ataladi.
URL hamisha http:// yozuvidan boshlanadi.So’ngra web sahifa joylashgan tarmoq (provayder)adresi,keyin web-sahifa nomi yoziladi.Provayderlar(ingliz.provide-imkon berish,ta’minlash)-internetning ba’zi qismlaridan foydalanishga imkon beruvhci va foydalanuvchilarga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi firmalardir.
Web sayt-
Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko’ra o’zaro bog’langan bir necha Web –sahifalar majmui WEB SAYT deyiladi.WEB-saytdagi web –sahifalar o’zaro gipermatn yordamida bog’lanadi.WEB sayt va Web sahifalar WEB-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o’z adresiga ega bo’ladi.
Internet Explorerni ishga tushirish yo'llari
Ish stolidan. Internet Explorer nishonini 2 marta tez bosish bilan.
Vazifalar paneli qatoridan.
Internet Explorer nishonini faollashtirish bilan.
1
2
3
"Пуск" menyusi orqali. " Пуск " menyusini oching, undan "Программы" bandini tanlang va ekranda ochilgan menyudan Internet Explorer bandini tanlang va undan so’ng Internet Explorer buyrug’ini ishga tushiring. (Пуск/Программы/ Internet Explorer/ Internet Explorer)
Dasturning muloqot tizimi Windows amallar tizimi kabi tuzilgan bo’lib uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Web-hujjatlar darchasi.
menyu
Qurollar paneli tugmalari
Dastur Darchasini boshqarishda Windows uchun umumiy bo’lgan tugmalar
Manzillar qatori
Dastur nomi va xolati qatori
Vertikal harakatlantirish yo’li
Bu tugmalar yonidagi uchli strelkani bosish natijasida bir vaqtning o'zida bir necha sahifa orqaga yoki oldinga o’tish mumkin.
Orqaga (Back)tugmasini bosib o'tilgan harakat bo'yicha avvalgi sahifa (Web-hujjat)ga qaytarish imkonini beradi; tugmani bir necha marotaba faollashtirish natijasida yoki, shu tugma cho’ntagidan o’tilgan tugunlardan birini tanlab tegishli web-sahifaga qaytasiz.
Oldinga (Forward) - bu tugma Back tugmasiga nisbatan qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanishga imkon beradi. Web-muhiti maydonini ko'rib chiqqaningizdan so'ng (ya'ni bir qancha hujjatni ketma-ket ishga tushirganingizdan so'ng) Orqaga-Назад(Back) va Oldinga-Вперед (Forward) tugmalaridan foydalaniladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, kompyuterning yaratilishi insonlar hayotidagi eng katta yutuq bo’lsa, Internet tarmog’ining yaratilishi chinakam mo’jiza bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Internet tarmog’i bizga ma’lumotlarni cheksiz izlash, topish, qayta ishlash va almashish imkonini berdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!