75-chizma
(40.1) ellipsning ta’rifidan bevosita kelib chiqqan tenglamasidir.
Ellipsning to`g’ri burchakli dekart koordinatalar sistemasidagi tenglamasini topaylik.
Buning uchun dekart koordinatalar sistemasini quyidagicha tanlab olamiz. F1F2 to’g’ri chiziq bilan Ox absissa o`qi ustma-ust tushsin. F1F2 – kesmani o`rtasi O nuqta bo`lsin.
U holda fokuslar F1(c,0) va F2(-c,0) koordinatalarga M(x,y) koordinatalarga ega bo`ladi. Tekislikdagi ixtiyoriy M nuqtaning fokal radiuslari quyidagilarga teng:
r1=F1M= , r2=F2M= (12.2)
Topilgan qiymatlarni (1) tenglikka qo`yib
+ = 2a
ni hosil qilamiz. Bu tenglamani
=2a -
ko`rinishda yozib olib, tenglikni ikkala tomonini kvadratga ko`tarib, ixchamlab quyidagini hosil qilamiz,
a = a2 – cx ,
Yana kvadratga ko`tarib ixchamlasak
(a2–c2)x2+a2y2=a2 (a2-c2) (12.3)
a>c a2>c2, demak a2 –c2 > 0 bu sonni
b2=a2-c2 (12.4)
kabi belgilab olsak
b2x2+ay2=a2b2 (12.5)
ko`rinishga keladi. a2b2 ga bo`lib ushbu tenglamaga ega bo`lamiz:
(12.6)
Shunday qilib, ellipsning ixtiyoriy nuqtasining koordinatalari (12.6) tenglamani qanoatlantirishi isbotlandi.
Endi teskari jumlani isbotlaylik. Koordinatalari (12.6) tenglamani qanoatlantiruvchi ixtiyoriy M nuqtani ellipsda yotishini isbotlaymiz.
(12.6) tenglikdan y2 = b2 ( 1 - ) qiymatini (12.2) ga qo`yib, (12.4) ni hisobga olsak, ushbuga ega bo`lamiz:
r1=F1M= = ,
r2=F2M= = .
(12.6) tenglamadan |x|≤a , a>c bo’lgani uchun 0< <1 bo`ladi, u holda |x| bundan esa x>0, x>0. Shuning uchun
r1=F1N= x, r2=F2N= x (12.7)
Demak, r1+r2=2a. Ya’ni koordinatalari (6) tenglamani qanoatlantiruvchi M nuqta ellipsda yotadi.
(12.6) tenglama ellipsning kanonik tenglamasi deyiladi.
Ellipsning xossalari.
Bu yerda ellipsning xossalarini o`rganib, uning shaklini chizamiz.
1. (6) tenglamadan ko’rinadiki, ellips ikkinchi tartibli chiziqdir.
2. Agar N(x,y) bo`lsa, u holda x,y koordinatalar (9.6) tenglamani qanoatlantiradi, shuning uchun x2≤ a2, y2≤ b2, demak
-a ≤ x ≤ a, -b ≤ x ≤ b
Ya’ni ellipsning hamma nuqtalari tomonlari 2a va 2b dan iborat bo`lgan N1N2N3N4 to`g’ri to’rtburchak ichida joylashgan (24-chizma).
3. Agar N(x,y) bo`lsa, u holda N’(-x,-y), shuning uchun O nuqta ellipsning yagona simmetriya markazi bo`ladi
Agar N(x,y), u holda N’(-x,y) va N’(x,-y) nuqtalar ham ellipsda yotadi. Chunki ellips ikkinchi tartibli chiziq. Demak, Ox va Oy o`qlari ellipsning simmetriya o`qlari bo`ladi. Ellips aylanadan farqli o`laroq boshqa simmetriya o`qlarga ega emas.
4. Ellipcning koordinata o`qlari bilan kesishgan nuqtalarini topaylik:
a) y=0, (6) x2=a2, x= a demak, tllips Ox o`qni A1(a;0) va A2(-a;0) nuqtalarda kesadi
b) x=0, (6) y2=b2, y= b. ellips Oy o’qni B1(0,b) va B2(0,-b) nuqtalarda kesadi. Bu nuqtalarni ellipsning uchlari deyiladi. A1A2 va B1B2 kesmalar mos ravishda ellipsning katta va kichik o`qlari deyiladi. Bu kesmalar O nuqtada teng ikkiga bo`linadi. OA1=OA2=a, OB1=OB2=b bu kesmalarni mos ravishda ellipsning katta va kichik yarim o`qlari deyiladi.
Birinchi chorakda N(x,y) nuqta uchun x>0, y>0: y=b . N nuqtaning absissasi x, 0 dan a gacha o`sganda, ordinatasi y, b dan 0 gacha kamayib boradi. Bu
ma’lumotlardan foydalanib ellipsning birinchi chorakdagi qismini 25.a- chizmada ko’rsatilgan B1A1 yoy deb tasavvur qilish mumkin. Ellipsning koordinata o’qlariga nisbatan simmetrikligidan foydalanib, uning birinchi chorakda hosil qilingan qismi bo’yicha shaklini 25.b- cizmadagidek tasavvur qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |