12-ma`rua O‘zbekiston respublikasi milliy akkreditatlash tizimi


- rasm. Akkreditlashtirish milliy tizimining tashkilish sxemasi



Download 52,89 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2023
Hajmi52,89 Kb.
#930103
1   2
Bog'liq
12ma

2 - rasm. Akkreditlashtirish milliy tizimining tashkilish sxemasi.
Akkreditlangan tashkilot va shaxslar:

    • o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha akkreditatsiya sohasiga muvofiq qat’iy rioya qilgan holda ishlarni bajaradi;

    • akkreditatsiya shartlarini buzgan holatlarda muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha faoliyati to‘xtatiladi yoki tugatiladi yoki akkreditatsiya attestati to‘xtatiladi yoki bekor qilinadi;

    • o‘rnatilgan talablarga (shuningdek sifat tizimi) muvofiq tashkilot qo‘llab-quvvatlaydi;

    • akkreditlashtirish sohasidagi o‘ziga xos ishlarni bajarishda tashkiliy tuzilmasi, texnikaviy qurilmalari va boshqa shartlarning o‘zgarishi haqida faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni akkreditlovchi idoraga taqdim etadi;

    • akkreditlashtiruvchi idoraning inspeksion nazorati faoliyati va muvofiq to‘g‘rilovchi amallarni qabul qilishda zaruriy sharaoitlarni yaratadi.

Akkreditatsiyadan o‘tkazish va xabardor qilish:
Akkreditlashtirish tizimi talabiga javob beruvchi har qanday tashkilot (ob’ekt) akkreditlanishi mumkin. Buning uchun akkreditlashtirish ob’ekti quyidagilarga majbur:

    • akkreditlashtirish tizimi me’yoriy hujjatlarida bayon etilgan mezonlarga muvofiq bo‘lishi;

    • uning faoliyatini baholashni o‘tkazish uchun barcha joylarga va xodimlarga ruxsat etilgan, o‘ziga xos hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, apellyasiyani ko‘rib chiqish va akkreditlangan idoralar faoliyati uchun nazoratida sharoitlarni ta’minlashi;

    • uning akkreditatsiya sohasidagi o‘rnatilgan faqat shu faoliyatni amalga oshirishi;

    • akkreditatsiya sohasida o‘rnatilgan faoliyatga kirmagan faoliyat haqida reklama maqsadida ommaviy axborot vositalariga xabar bermaslik;

    • sertifikatlashtirish va nazorat qoidalariga aniq rioya qilish;

    • bekor qilingan akkreditatsiya yoki to‘xtatilgandan so‘ng akkreditlashtirish idorasi talabi bo‘yicha akkreditlangan hujjatlarni qaytarishi va akkreditatsiyaga havola qilingan o‘zining faoliyatidan tarkib topgan reklamasini tugatishi.

SHuningdek akkreditatsiya ob’ekti akkreditlashtirish ob’ektiga isbotlashi lozim, negaki u:

    • uning ishlari natijalariga aks etgan har qanday unga savdo, moliyaviy ta’sir etilishidan ozodligini;

    • bajariladigan ishlar tavsifiga javob beruvchi sifat tizimi mavjudligini;

    • etarli tajribali va o‘qigan xodimlardan foydalanishini;

    • ishlarni o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan inshoat (bino), texnikaviy qurilmalar va ularga doimiy xizmatlarni amalga oshirishning mavjudligini;

    • akkreditatsiya sohasida aniqlangan ishlar uchun me’yoriy hujjatlar fondining mavjudligi va bu hujjatlarni aktuallashtirishni o‘tkazishi hamda yo‘riqnoma va protseduralarga hujjatlar ishlab chiqadi;

    • muvofiqlik sertifikatini berish xolisonaligini tasdiqlovchi hisob-kitob va qat’iy ravishda blankalar, hisobotlar va boshqa materiallarni saqlash tizimi mavjudligi;

    • ishlar jarayonida olingan, ma’lumotlar maxfiyligini kafolatlaydi.

Endi akkreditlashtirish bo‘yicha ishlar bosqichini ko‘rib chiqamiz. U quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

    • akkreditlashtirishga ariza berish, ariza bo‘yicha dastlabki ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish, ekspertizani o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish, o‘tkazilgan ekspertizalar uchun arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi;

    • ekspertiza hujjatlar to‘plami ekspertizalar dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilib, baholashni o‘tkazish va tayyorlash to‘g‘risida shartnoma tuziladi, akkreditlashtirish haqida qaror loyihasi tayyorlanadi, baholashni o‘tkazish uchun arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi;

    • akkreditlashtirish ob’ektini baholashga tayyorlash (komissiyani belgilash, buyruq chiqarish, joyida baholash dasturlarini ishlab chiqish);

    • dalolatnomani rasmiylashtirish joyida arizachini baholash;

    • materiallar tahlili hujjatlar ekspertizasi, joyida baholash natijalari, arizachi bajargan to‘g‘rilovchi amallar samaradorligi, qaror loyihasini tayyorlash;

    • Kengashda baholash va ekspertiza materillarini ko‘rib chiqish, hamda akkreditatsiya haqida qaror qabul qilinadi yoki akkreditatsiyani bekor qilinadi;

    • akkreditatsiya haqida guvohnomani berish, rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va arizachi to‘lovlarni amalga oshiradi.

Akkreditlashtirishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqich ijobiy natijalarda bo‘lganida bajariladi. Arizachi akkreditlashtirish bo‘yicha ishlarga to‘lovlarni har bir bosqich bo‘yicha alohida amalga oshiradi. Arizachi tuzilgan shartnomaga muvofiq, akkreditlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ishlarga aloqador xarajatlarni uning natijalaridan mustaqil holatda to‘lashga majbur.
Akkreditlashtirishni o‘tkazish muddati akkreditlashtirish ob’ektining tayyorligiga bog‘liq, ammo akkreditatsiyaga ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi lozim.
Akkreditlashtirishni o‘tkazish:
Akkreditlashtirish milliy tizimi doirasida muvofiqlikni tasdiqlash sohasida o‘zining layoqatligini tan olinishini istagini bildiruvchi akkreditatsiya arizachisi, tizim qoidalarida o‘rnatilgan shakl bo‘yicha akkreditlishtirishga ariza va zaruriy hujjatlarni akkreditlishtirish idorasiga jo‘natadi. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi va nazorat idorasini akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi;

    • akkreditatsiya sohasi loyihasi;

    • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idora yoki nazorat idorasi to‘g‘risidagi Nizom loyihasi;

    • muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni tavsiflovchi sifat bo‘yicha qo‘llanmasi;

    • sifat menejmenti tizimi protseduralari.

Laboratoriyalarni akkreditlashtirish arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • ta’sis etuvchi hujjatlar nusxasi (agar u yuridik shaxs bo‘lib hisoblangan holatlarda);

    • sinov (o‘lchash) laboratoriyasi (markaz) to‘g‘risidagi Nizom loyihasi;

    • akkreditatsiya sohasi loyihasi;

    • laboratoriya pasporti loyihasi;

    • sifat menejmenti tizimi protseduralaridan tarkib topgan sifat bo‘yicha qo‘llanma.

Akkreditlashtirishga taqdim etilayotgan hujjatlar va arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha akkreditlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazilishi to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qilinadi. Qarorni qabl qlish muddati ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab 3 kun.
Download 52,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish