12-laboratoriya
Transport vositalarining elektr magnit kontaktorlarini stendda tekshirish
Kontaktor prujinalarining xususiyatlariga muvofiqligini tekshiriladi. PK-21 (kuchsizlangan magnit maydonni yoqish) kontaktorining ochilish prujinasining uzunligi 60N yukda 146±4 mm, 200 N yukda - 98±6 mm bо‘lishi, silliqlash prujinasi esa 20N yukda 60±2 mm uzunlikda va 90N yukda 46±3 mm uzunlikda bо‘lishi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan prujinalar almashtiriladi.
Elektr yoyni о‘chiruvchi g‘altaklari chо‘lg‘amlaridagi erigan joylar kesimining 3% dan ortiq maydonida bо‘lsa, bunday joylar misni payvandlash yо‘li bilan tiklanadi, g‘altakning uchlarining parchinlangan brikmalari POS-45 kavshari bilan kavsharlanadi. CHо‘lg‘amlarning qisqatutashuvida, chо‘lg‘amlarni bir-biridan ajratiladi va g‘altakni mikanit changli singdiruvchi lakka tushiriladi.
Elektr yoy о‘chirish kameralar kontaktordan erkin yechilishi va joyiga qо‘yilishi kerak, qutblar esa elektr yoy о‘chirish g‘altaklarining о‘zaklariga tegib turishi kerak. Elektr yoy о‘chirish kamera devorlaridagi yoriqlar va kuyishlarning chuqurligi devor qalinligini 1/4 qismidan kо‘prog‘ida bо‘lsa kameraning devorlari va bо‘linmalari almashtiriladi; agar yoriqlar va kuyishlarning chuqurligi sayozroq bо‘lsa, devorlar tiklanadi.
Pnevmatik yuritma zarur holatlarda qismlarga ajratiladi va ta’mirlanadi. Uni yig‘gandan sо‘ng, havo sirqishinning yо‘qligiga ishonch hosil qilinadi va elektromagnit klapanni qо‘l bilan 1...2 daqiqa davomida kо‘p marotaba ishlatish yо‘li bilan yurituvchi rostlanadi.

Yeyilishi 1 mm dan ortiq bо‘lgan kontakt plitalari va qalinligining yarmigacha yeyilgan kontakt barmoqlar almashtiriladi
3.1.-rasm. Blok – kontaktlarni rostlash
Blok-kontaktlarning kolodkalarida 1 mm chuqurlikdagi yeyilishlar shaxsiy egov bilan ishlov berish orqali tiklanadi. Chuqurroq yeyilishlar kolodkalarga fibradan tayyorlangan perchinlangan qо‘shimchalarni о‘rnatishga ruxsat beriladi.
Izolyatsiyaning mexanik shikastlanish joylari tozalanadi va GF-92-HK emal bilan qoplanadi. Nosoz uchlar qayta kavsharlanadi, ta’mirlanadi yoki nuqsonli shuntlar va simlar almashtiriladi, yoriqlar, uzilishlar yoki bikirligini yо‘qotgan nuqsonli mahkamlagichlar va prujinalar almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |