Kontaktorni yig‘ish tartibi uni demontaj qilish tartibiga teskari bajariladi. Harakatlanuvchi va biriktirilgan kontaktlarning kronshteynlari izolyatsiyalovchi sterjenga о‘rnatiladi va mahkamlanadi. Pnevmatik yurituvchi о‘rnatiladi va harakatlanuvchi kontakt richagiga ulanadi. Elektromagnit klapan va blokirovka moslamasi о‘rnatiladi. Richag tizimidagi mumkin bо‘lgan lyuft va blok-kontaktlar kolodkasining siljishlari bartaraf etiladi. Pnevmatik yurituvchining ishlashi tekshiriladi, uning ishida siqilib qolishlar va 675 kPa (6,75 kg/sm2) bosimda havo sirqishi yо‘qligiga ishonch hosil qilinadi.
Foydalanishda shuntlarning chо‘lg‘amlaridagi qisqa tutashuvlar dvigatellar orasidagi yuklanishning notekis taqsimlanishiga, dvigatellarning kuchsizlangan qо‘zg‘atish bilan ishlagan paytida himoyani ishlab ketishiga, kollektorda uchqun kuchayishiga va kollektor yuzasida aylanma olov paydo bо‘lishiga olib keladi. Bunday induktiv shuntli lokomotivlarning liniyaga chiqishini oldini olish uchun induktiv qarshiligini yuqori chastotali sinusoidal tebranishlar generatori, kuchaytirgich va о‘zgaruvchan tok diodli kо‘prikdan iborat maxsus moslama bilan о‘lchab, chо‘lg‘amlaridagi qisqa tutashuvlar mavjudligini tekshirishni joriy qilish kerak.
Elektropnevmatik kontaktor stendda rostlanadi. Quvvatli kontaktlarning orasidagi masofa (rastvor) burchakli shablon bilan tekshiriladi. Zarur holda, rastvor izolyatsiya sterjenidagi kronshteynlarni siljitish yо‘li bilan sozlanadi. Shu paytning о‘zida, kontaktlarning о‘zaro yon siljishi (2 mm dan oshmasligi kerak) va tutashish chizig‘ining uzunligi (ularning kengligining kamida 80%) tekshiriladi.
Juftlangan kontakt tizimiga ega kontaktorlarning qaytishi bir vaqtning о‘zida sodir bо‘lishi kerak. Qо‘shimcha kontaktlar tegib turgan holatda kontaktorining rastvori 6,5...9,5 mm bо‘lishi kerak.
Kontaktorining harakatlanuvchi kontaktining chо‘kishi (proval) yurituvchining shtokiga (silindrning ichki quymasi va porshen о‘rtasi) kerakli uzunlikdagi vtulkalarni о‘rnatib rostlanadi.
Kontaktlarning bosish kuchi (najatiye) о‘lchanadi. Dastlabki najatiye yumshatuvchi prujinani xarakteristikasi mos keladigan yangi prujanaga almashtirish bilan, oxirgi najatiye esa 500 kPa (5 kg/sm2) siqilgan havo bosimida ajratuvchi prujinaning kuchlanishini sozlash bilan tartibga solinadi.
Kontaktorning ishlashini past kuchlanish (30 yoki 50 V) va havo bosimida (350 kPa yoki 3,5 kg/sm2) tekshiriladi. Bunday holda, kontaktorning barcha harakatlanadigan qismlari siqilishsiz, erkin harakatlanishi kerak.
Kontaktorning tо‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilgandan sо‘ng, unga elektr yoy о‘chirish kamerasi о‘rnatiladi. Shu bilan birga, kameraning qutblari yonoqlari g‘altak о‘zagiga tutashganligiga, harakatlanuvchi kontakt va kameraning devorlari orasidagi tirqish kamida 1 mm ga, g‘altaknning chо‘lg‘amlari va ushlagich orasidagi tirqish kamida 2 mm ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Qulflash moslamasi kamerani mahkam ushlashi kerak.
Kontaktor elektrovozga о‘rnatilgandan sо‘ng elektr quvvati sinaladi.
Ushbu kontaktorlarni ta’mirlash kо‘p jihatdan elektropnevmatik kontaktorlarni ta’mirlashga о‘xshaydi, chunki ular bir xil turdagi (yurituvchidan tashqari) qismlarga ega.
Kontaktor siqilgan havo bilan tozalanadi, elektr yoy о‘chirish kamerasi yechiladi va barcha qismlarini kо‘rib chiqib, ta’mirlash xajmi aniqlanadi. Sо‘ngra kontaktor qismlarga ajratiladi, barcha qismlarini latta bilan, asoslar va richaglar - benzinga botirilgan salfetkalar bilan artiladi. Elektr yoy о‘chirish tizimining kamoni kuyish va eritish izlaridan simli chо‘tka va shisha sayqallash qog‘ozi bilan tozalanadi. Kamon elektropnevmatik kontaktorning kamoni singari tekshiriladi va ta’mirlanadi.
Izolyatsiyasi shikastlangan, chо‘lg‘amlari uzilgan yoki qisqa tutashuvi bо‘lgan chо‘lg‘amlar va aktiv qarshiligi nominaldan 16% dan yuqori bо‘lgan elektromagnit g‘altaklar ta’mirlanadi yoki almashtiriladi. Zarur hollarda, yakor, о‘zak va magnit о‘tkazgich sinklanadi.
Nosoz sharnir ulamalarni, mahkamlagichlarni, egiluvchan shuntlarni, simlarni, sim uchlarini va prujinalarni ta’mirlashadi yoki almashtirishadi. Elektr yoy о‘chirish kamerasi qismlarga ajratiladi va ta’mirlanadi. Arzimagan darajada yeyilgan kontaktlar shaxsiy egov bilan tiklanadi va sayqallanadi. Juda yeyilgan va metali eriganlari tiklanadi.
Panelida darzlar va kuyishlar bо‘lsa, panel о‘zgartiriladi.
G‘altaklarning о‘zaklariga nisbatan izolyatsiya qarshiligi о‘lchanadi. Agar u 50 MOm dan kam bо‘lib chiqsa, u holda g‘altaklar almashtiriladi.
Kontaktorlarning о‘zgarmas magnitlarning magnitlanish darajasi tekshiriladi va kontaktorni yig‘ishda ular magnitning uchidagi kо‘k rangli belgiga yoki uning atrofidagi tayanchga e’tibor qaratib, ularning о‘rnatilishining tо‘g‘riligi nazorat qilinadi, uning oxiri, bu qutb shimol ekanligini bildiradi. Qutbni о‘rnatishda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan xato, keyinchalik yoyning о‘chirilishi tо‘g‘riligini tekshirish paytida aniqlanadi.
О‘zgartiruvchining va sovutish ventilyator dvigatellarini ishga tushiruvchi boshlang‘ich rezistorlarini avtomatik ravishda qisqa tutashuvi uchun mо‘ljallangan kontaktorlar elektrsizlantirilgan zanjirni uzadi, shuning uchun ularda elektr yoy о‘chirish kamerasi yо‘q.
Ushbu kontaktorning yakori 1 (3.2-rasm) ushlab turuvchi g‘altak о‘zagining latun naychasida 4 tiqilib qolmasdan harakatlanishi kerak. Aks holda, kontaktor qismlarga ajratiladi, trubka va yakor artiladi, yuzasi sayqallanadi. Yoriqlari va kuyishlari bо‘lgan ulovchi g‘altakning magnit о‘tkazgich 2 ustidagi mis halqa 3 almashtiriladi.
Barcha qismlarning sozligiga ishonch hosil qilgandan sо‘ng, kontaktor yig‘iladi. Bir vaqtning о‘zida rostlash ishlari olib boriladi
Agar yordamchi elektr zanjirlarini ulovchi kontaktorining soz g‘altaklari nominal kuchlanishda ishlamasa, demak u yig‘ilganda g‘altaklarning qutbliligi rioya etilmagan. Bunday holda, ikkala g‘altakning magnit oqimi bir xil yо‘nalishga ega bо‘lishi uchun g‘altaklardan birini aylantirib qо‘yish kerakKeyin kontaktor zanjiriga ketma-ket 30 Om kattalikdagi qarshilik ulanadi. Bunday holda, g‘altak yakorni tortilgan holatda ushlab turish kerak. Agar yakor о‘rniga qaytsa, yakor va magnit tizimning birikish sirtlari tekislanadi.
Juftlangan kontakt tizimiga ega kontaktorlarning qaytishi bir vaqtning о‘zida sodir bо‘lishi kerak. Ularni sozlashda bir vaqtning о‘zida kontaktlarning ochilishiga erishish kerak. Bir kontaktning boshqasidan ruxsat etilgan kechikishi 0,5 mm dan oshmaydi. Agar kontaktor kamaytirilgan voltajda (25...30 yoki 55...60 V) yoqilmasa, u holda yakor dastagida diamagnitik shtift borligi tekshiriladi va ochilish prujinasi sozlanadi. Agar kuchlanish 2,5 V ga tushganda (va MK-310 kontaktori uchun - 3...4 V da) yakor о‘rniga qaytmasa, unda diamagnitik qistirma borligini va uning holatini tekshiriladi. Yeyilgan qistirma almashtiriladi.
MKP-23 kontaktorini sozlash uchun ampermetr va о‘zgaruvchan qarshilik R unga ketma-ket ulanadi va 50 V kuchlanishli quvvat manbaiga ulanadi (3.3-rasmga qarang). R rezistorining qarshiligini о‘zgartirib, kontaktorni yoqilish va о‘chish paytidagi tok qiymatlari aniqlanadi. Agar kerak bо‘lsa, sozlovchi murvat 5 yordamida A dan B gacha tirqishlar о‘zgartirilib, kontaktning 11...20 A tokda yoqilishini va 1...7 A tokda о‘chishini ta’minlanadi.
KMV-104 va MK-310 (tok 100A gacha bо‘lgan yordamchi mashinalarning elektr zanjirlarini ish holatida (quvvatlangan) ulash va ajratish uchun mо‘ljallangan) kontaktorlari elektr yoyning tо‘g‘ri uchirilyapganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshiriladi, buning uchun kontaktorga 75 V kuchlanishli tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tok beriladi va quvvat manbai plyusini kontaktorning musbat simiga ulanadi. Keyin, ehtiyotkorlik bilan, kontaktlarni qо‘lda ulab-ajratib paydo bо‘lgan yoyning harakat yо‘nalishini aniqlanadi. Agar u kontaktor ichkarisida harakatlansa, u holda yoyni о‘chiruvchi g‘altakning qutblanishni о‘zgartirish yoki doimiy magnitlarni qayta о‘rnatib, uning qutubliligini о‘zgartirish kerak.
Elektr yoyni о‘chirish tizimini chap qо‘l qoidasi yordamida tо‘g‘ri ulash mumkin. 3.4-rasmda elektr yoy 3 ning harakatlanish yо‘nalishi kо‘rsatilgan qutublilikda g‘altak magnit maydoni 2 bilan elektr yoyning 1 tokli о‘tkazgich sifatida о‘zaro ta’siri kо‘rsatilgan.
Sozlangandan sо‘ng, kontaktlarning diyelektrik mustahkamligi 50 Gs chastotali о‘zgaruvchan tok bilan 1 daqiqa davomida tekshiriladi. Har xil turdagi kontaktorlar uchun sinov kuchlanishlari va ularni qо‘llash joylari Ta’mirlash Qoidalarida va ularning ilovalarida kо‘rsatilgan.
Kontaktorning nominal va past kuchlanishdagi yoqilishi aniq sodir bо‘lishiga ishonch hosil qilgandan sо‘ng, “rastvor” “proval” va “najatiye” parametrlari sozlanadi.
Kontaktlarning “rastvor” va “proval” о‘lchamlari shup 1, shablonlar 2 yoki an’anaviy о‘lchov vositalari bilan о‘lchanadi.
Kontaktorlarning kontaktlarini “rastvor” “proval” va “najatiye” kо‘rsatkichlarini о‘lchash sxemasi:
A - kontaktlarning “rastvor” kо‘rsatkichi;
B - kontaktlarda “proval”ni kо‘rsatuvchi о‘lcham;
B - kontaktlarning dastlabki bosim kuchini “najatiye”ni о‘lchashda qog‘oz tasmasini о‘rnatish joyi;
D - dinamometr
Nazorat savollari
1. Individual kontaktorlar qanday sharoitlarda ishlaydi?
2.Individual kontaktorlarning qanday asosiy nosozliklari bor?
3.Individual kontaktorlar qismlarga qanday ajratiladi?
4.Asosiy va yordamchi kontaktlar qanday ta’mirlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |