12 kirish dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


bilish  faoliyatini faollashtirishga



Download 8,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/64
Sana01.05.2022
Hajmi8,71 Mb.
#600979
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
chizmachilik tushunchalarini shakllantirish metodlar va texnologiyalar (1)

bilish 
faoliyatini faollashtirishga
katta xizmat qiladi.


67 
Chizmachilik fanidan talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun 
dastlab, ularni masalalar yechishga jalb qilish va oʻqish faoliyatini ma‟lum 
darajada rivojlantirish kerak. Keyin ularda mustaqil fikrlashni, faollikni, 
tashabbuskorlikni, mustaqil bilim olish koʻnikmasini, ijodkorlikni kuchaytirish 
lozim. Soʻngra talabalar uchun bilish faoliyatining rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish zarur. Mana shu uch bosqichli jarayon toʻgʻri yoʻlga qoʻyilsa 
talabalarning bilish faoliyati rivojlanadi. 
Yuqoridagi materiallardan koʻrinib turibdiki, oʻqish-oʻrganishda talabalarning 
bilish faoliyatini faollashtirish ijodiy izlanish talab qiladigan masalalarda, 
loyihalash masalalarida oʻz aksini tezroq topadi. Quyida loyihalash masalalarini 
oddiydan murakkabga qarab tuzishga oid metodik tavsiyalar bayon etiladi. Bunday 
masalalar tuzishdan avval kontruktor, konstruksiya, loyiha, loyihalash kabi 
metodlar terminlarning mazmuni haqida fikr yuritaylik. 

Konstruktor
– 
mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari 
konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener
deb tushuniladi.
Konstruksiya
– lotincha 
construction 
so„zdan olingan bo„lib, u 
to„plash, yig„ish, 
tuzilish, qurilish
degan ma‟nolarni beradi. 
Loyiha
– arabcha so„z bo„lib, u 
ro„yhat, nizom, qoida, reja, dastur
kabi 
ma‟nolarni beradi. 
Loyihalash
– 
mo„ljallangan obyektlar (asbob va jihozlar, bino 
va inshootlar, turli mashina va apparatlar, kiyim-bosh va mebellar)ning yangi 
namunalarini qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish

26
– 
ma‟nolarini beradi.
Shuningdek, yechimiga erishish yoʻlida ijodiy izlanish talab qilinadigan 
masalalarni hamda loyihalash masalalarini qanday tuzish kerak, uning metodikasi 
qanday boʻladi va oʻquv jarayonida u qanday amalga oshiriladi degan savollarga 
javoblar izlashimiz lozim. Buning uchun bilim, koʻnikma, malaka, metod, 
metodika, usul, uslub kabi terminlarning mazmun-mohiyatini anglashimiz zarur.
26
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 5 жилд, 2006-2008 yy. 


68 
Bilim
– shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma‟lum obrazlar 
ko„rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma‟lumotlar 
majmui. 
Ko„nikma
– shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka
– muayyan harakat, faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
27
 
Metodika
– yunoncha so„zdan olingan bo„lib, biror ishni bajarish, amalga 
oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig„indisi. O„qitish usullari haqidagi 
ta‟limot. 
Metod
- yunoncha so„zdan olingan bo„lib, tabiat va jamiyat hodisalarini 
bilish, tadqiq qilish usuli.
28
Usul
- arabcha so„zdan olingan bo„lib, asosiy qoidalar, qonunlar, qabul 
qilingan tartib degan ma‟nolarni beradi. Binchidan biror narsani yuzaga chiqarish, 
amalga oshirish yo„li, harakat tarsi, xili, tartibi, yo„l. Ikkinchidan, biror ish, 
mashg„ulot kabilarga xos bo„lgan, unda qo„llanuvchi asosiy xatti-harakat, yo„l. 
Uslub
– arabcha so„zdan olingan bo„lib, tartib, tartib-usul, usul, yo„sin, shakl degan 
ma‟nolarni beradi.
29
Dastlab, kub to„g„risida toʻgʻrisida gaplashamiz va u qanday ko„rinishga ega, 
qanday elementlardan tuzilgan, chizmada u qanday tasvirlanadi kabi savollarga 
javob berishni talabalardan soʻraymiz. Shunday savollarga javob topish uchun 
talabalar fikrlay boshlaydi. Fikrlash jarayonida tafakkur yordamga keladi. Shunda 
kub yoqlari bir xil kvadratlardan tashkil topganligi va bu kvadratlar oltita ekanligi 
ayon bo„1adi hamda ushbu kubning yaqqol tasvirini chizishga urinib ko„riladi. 
So„ngra proyeksiyalarda tasvirlashga o„tiladi. 
Shunday qilib kub to„g„risidagi ma‟lumotga ega bo„lish uchun oldin fazoviy 
tafakkurni ishga solib, fazoviy tasavvur qilishga ega bo„linadi. Endi kub bilan 
bog„1iq bir nechta misollar yechib ko„riladi.
 
27
Inoyatov U., Muslimov N., Usmonboyeva M., Inog„omova D
. Pedagogika: 1000 savolga 1000 javob. -T.: 
“TDPU rizografi”. 2012.61- bet. 
28
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 2 жилд, 582-бет. 2006-2008 
йй.
29
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси», 4 жилд, 299-303 бетлар. 
2006-2008.

Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish