12-amaliy mashg’ulot. Savollar


O`pka darvozasidan o`tgan asosiy bronx, o`pka ichida uning bo`laklari soniga mos ravishda bo`linadi. Bo`lak bronxlari - bronchus lobares



Download 23,23 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2022
Hajmi23,23 Kb.
#420017
1   2   3   4   5   6
3. O`pka darvozasidan o`tgan asosiy bronx, o`pka ichida uning bo`laklari soniga mos ravishda bo`linadi. Bo`lak bronxlari - bronchus lobares o`ng o`pkada 3 ta, chap o`pkada 2 ta bo`ladi.
Bo`lak bronxlarining bo`linishi natijasida o`pkaning segment deb ataladigan qismiga to`g`ri keladigan segmentar bronxlar - bronchus segmentales hosil bo`ladi.
I. O`ng o`pkaning yuqori bo`lagi bronx branchus loboris superior dexter segmentlarining bronxlari:
1) bronchus segmentalis apicalis (B-I) – yuqori bo`lak uchidagi segment bronxi;
2) bronchus segmentalis posterior (B-II) – yuqori bo`lakning orqa segment bronxi;
3) bronchus segmentalis anterior (B-III) – yuqori bo`lakning oldingi segment bronxi;
II. O`ng o`pka o`rta bo`lagi bronxi – bronchus lobaris medius ning segmentar bronxlari:
1) bronchus segmentalis lateralis (B-IV ) – o`rta bo`lakning lateral segment bronxi;
2) bronchus segmentalis medialis (B-V) – o`rta bo`lakning medial segment bronxi;
III. O`ng o`pkaning pastki bo`lagi bronxi – bronchus lobaris inferior dextra ning segmentlar bronxlari:
1) bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning ustki segmentining bronxi;
2) bronchus segmentalis basalis media (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;
3) bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;
4) bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segmenti bronxi;
5) broncus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi;
IV. Bronchus lobaris superior sinistra – chap o`pkaning ustki bo`lak bronxi:
1) Bronchus segmentalis apicoposterior (BI+BII) – ustki bo`lak cho`qqisining va orqa sohasining segment bronxi;
2) Bronchus segmentalis anterior (B-III) – ustki bo`lakning oldingi segment bronxi;
3) Bronchus lingularis superior (B-IV) – ustki bo`lakning ustki tilchali segment bronxi;
4) Bronchus lingularis inferior (B-V) – ustki bo`lakning pastki tilchali segment bronxi;
V. Bronchus lobaris inferior sinister – chap o`pkaning pastki bo`lak bronxi:
1) Bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning yuqori segment bronxi;
2) Bronchus segmentalis basalis medialis (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;
3) Bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;
4) Bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segment bronxi;
5) Bronchus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi.
4. O`pka tashqi tarafdan, hamda ko`krak qafasi devorlari plevra deb nomlanadigan seroz parda bilan o`ralgan. Plevra ikki qismdan hosil bo`ladi: o`pkaning tashqi yuzasini o`rab olgan seroz parda - pleura visceralis deyilsa, ko`krak qafasining ichki yuzasi pleura parietalis bilan qoplangan bo`ladi. O`pkaning o`rab olgan visseral plevra - o`pka darvozasi sohasisida boylam - lig. pulmonale - vositasida diafragma yuzasidagi pariyetal plevraga davom etadi.
Visseral va pariyetal plevra tunica serosa va tela subserosa qavatlaridan iborat.
Pariyetal plevra bir butun seroz parda bo`lsada, uch qismga bo`linadi:
1) rleura costalis - qovurg`alarni ichki yuzasini qoplagan seroz parda;
2) rleura diaphragmatica - diafragmaning ko`krak qafasiga qaragan yuzasini o`rab turgan seroz parda;
3) rleura mediastinalis - to`sh suyagi ichki yuzasidan, umurtqa pog`anasining yon yuzasiga vertikal holatda tortilgan seroz parda.
Bu seroz parda oldingi sohada pleura costalis ga, pastda pleura diaphragmatica ga va o`pka darvozasi sohasida visseral plevraga davom etadi. Visseral va pariyetal seroz pardalar orasidagi manfiy bosimga ega bo`lgan bo`shliq - cavitas pleuralis deyiladi. Pariyetal plevra qismlari orasida ham bo`shliqlar bo`lib recessus pleuralis - plevra cho`ntaklari deyiladi. Har ikkala tarafdagi plevral bo`shliq sohasida, qovurg`a va diafragmani o`rab turgan seroz pardalar orasida recessus costodiaphragmaticus bo`ladi. Bu cho`ntaklar ko`krak qafasining pastki - yon sohasida joylashadi.
Faqat chap plevral bo`shliqda, yurak sohasida, pleura costalis va pleura mediastinalis pardalari orasidagi cho`ntak - recessus costomediastinalis deyiladi.

Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish