Seminar mashg’ulotining rejasi: 1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.
2. Ijara munosabatlari. Yer rentasi tushunchasi.
3. O’zbekistonda yerga soliq va uni ro’yobga chiqarish amaliyoti. Yerning bahosi va uni aniqlovchi omillar.
4. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Fermer xujaliklari va uning birlashmalari.
5. O’zbekistonda agrar sektor va fermer dehqon xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlari.
Seminar mashg’ulotining maqsadi Talabalarda agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Iqtisodiyotning agrar sektori. Yerning resurs sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari. Yer mulkchilik va xujalik yuritish ob’ekti. Renta miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Differentsial renta I va II. Absolyut renta. Monopol renta. Qazib oluvchi sanoat va qurilish uchastkalarida renta. Renta tulovining shakllari. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Fermer xujaliklari va uning birlashmalari. O’zbekistonda agrar sektor va fermer dehqon xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlarini o’rgatishdan iborat.
Asosiy tayanch tushunchalar Agrar munosabatlar — yerga egalik qilish, tasarruf etish, un-dan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish ja-rayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Er rentasi — yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshi-rishning shaklidir.
Renta munosabatlari — yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bi-lan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar.
Differentsial renta — yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shim-cha sof daromad.
Differentsial renta — I — yerlarningtabiiy unumdorligi farq-lar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad.
Differentsial renta — II — yerlarning iqtisodiy unumdorli-gini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daro-mad.
Absolyut renta — qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulk-chilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, \amma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Monopol renta— alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olina-digan renta.
Undirma sanoatda renta — foydali qazilma konlarining joy-lashishi va ularning boyligidagi farqlar natijasida vujudga ke-ladi.
Agrosanoat integratsiyasi — qishloq xo’jaligi bilan unga xiz-mat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqdar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat majmuasi — qishloqxo’jalik mahsulotlarini yetish-tirish, uni saklash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib be-rish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi.
Agrasanoat infratuzilmasi— bevosita qishloqxo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar.
Qishloq ijtimoiy infratuzilma — odamlar yashash va turmush faoliyatiningumumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Agrobiznes — tadbirkorlik faoliyatining qishloqxo’jaligi va u bilan bog’liqsohalardagi namoyon bo’lish shakli.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar Agrar munosabatlarning mazmunini iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini va xususiyatlarini ko’rsatib bering.
«Erga egalik» va «erdan foydalanish» tushunchalarini izohlang. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko’rsatib bering. Yer tentasining asl mazmunini tushuntiring.
Differentsial (I vaII) va absolyut rentaning hosil bo’lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering. Monopol renta nima? Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo’ladi?
«Ijara xaqi» va «er rentasi»ning farqlarini izohlang.
Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o’z fikringizni bildiring.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T.: O’zbekiston, 2009.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo’lida.-T.; «O’zbekiston», 1995.
Makkonell K., Bryu S. «Ekonomiks», 8-bob.
O’lmasov A., SHarifxujaev M. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). T. «Mexnat» , 1995.
SH.SHodmonov, U.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi.-T.: Fan va texnologiya, 2005.-784 b. Adadi 3000.
A.O’lmasov, A.Vaxobov Iqtisodiyot nazariyasi. –T.: SHarq, 2006.-480 b. Adadi 2000.