Nominal kuchlanishi bo‘yicha elektr tarmoqlari 1 kV gacha kuchlanishda ishlovchi past, 1 kV – 220 kV kuchlanishda ishlovchi yuqori va 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlovchi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Hozirgi davrda respublikamiz xududida mavjud o‘zgaruvchan tok elektr tarmoqlari past kuchlanishdagi 220 V, 380 V; yuqori kuchlanishdagi 1 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV va o‘ta yuqori kuchlanishdagi 500 kV nominal kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda ayrim xususiy holatlarda elektr jihozlarining nominal kuchlanishlariga mos holda 3 kV, 20 kV, 27 kV nominal kuchlanishli tarmoqlardan ham foydalaniladi. Sxemasi bo‘yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga bo‘linadi. Konturga ega bo‘lmagan va barcha istemolchilari faqat bir tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi. Konturga ega bo‘lgan yoki konturga ega bo‘lmasada ikki va undan ortiq tomondan ta’minlanuvchi tugunga ega bo‘lgan elektr tarmog‘i yopiq elektr tarmog‘i deyiladi. Iste’molchilarining xarakteri bo‘yicha elektr tarmoqlari shahar, qishloq xo‘jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga bo‘linadi. 5.1- rasmda xarakterli elektr energetika tizimi elektr tarmog‘ining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi keltirilgan - Nominal kuchlanishi bo‘yicha elektr tarmoqlari 1 kV gacha kuchlanishda ishlovchi past, 1 kV – 220 kV kuchlanishda ishlovchi yuqori va 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlovchi o‘ta yuqori kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Hozirgi davrda respublikamiz xududida mavjud o‘zgaruvchan tok elektr tarmoqlari past kuchlanishdagi 220 V, 380 V; yuqori kuchlanishdagi 1 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV va o‘ta yuqori kuchlanishdagi 500 kV nominal kuchlanishli tarmoqlarga bo‘linadi. Shu bilan bir qatorda ayrim xususiy holatlarda elektr jihozlarining nominal kuchlanishlariga mos holda 3 kV, 20 kV, 27 kV nominal kuchlanishli tarmoqlardan ham foydalaniladi. Sxemasi bo‘yicha elektr tarmoqlari ochiq va yopiq (berk) elektr tarmoqlarga bo‘linadi. Konturga ega bo‘lmagan va barcha istemolchilari faqat bir tomondan ta’minlanuvchi elektr tarmog‘i ochiq elektr tarmog‘i deb yuritiladi. Konturga ega bo‘lgan yoki konturga ega bo‘lmasada ikki va undan ortiq tomondan ta’minlanuvchi tugunga ega bo‘lgan elektr tarmog‘i yopiq elektr tarmog‘i deyiladi. Iste’molchilarining xarakteri bo‘yicha elektr tarmoqlari shahar, qishloq xo‘jaligi, sanoat elektr tarmoqlariga bo‘linadi. 5.1- rasmda xarakterli elektr energetika tizimi elektr tarmog‘ining soddalashtirilgan prinsipial sxemasi keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |