1. Energetika va elektr energetika tizimlari. 2. Elektar tarmoqlari va ularning asosiy elementlari. 3. Elekt tarmog’ining prinsipial sxemasi.
Energetika tizimi – elektr va issiqlik tarmoqlari yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish holatiga ega bo‘lgan elektr va issiqlik stansiyalari, podstansiyalari va iste’molchilari majmuyidir. Elektr tarmoqari elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyasini manbadan iste’molchilarga uzatish va ular orasida taqsimlash uchun xizmat qiladi. Ular elektr uzatish liniyalari, podstansiyalari va taqsimlash punktlaridan tashkil topgan. Elektr energetika tizimi bajaruvchi vazifasi bo‘yicha ikki xil – o‘zgartiruvchi va uzatuvchi elementlardan iborat. O‘zgartiruvchi elementlar yordamida energiya bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirilsa, uzatuvchi elementlar (havo va kabel liniyalari) yordamida esa masofalarga uzatiladi. Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatish har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jixatdan samaralidir. Kuchlanishni oshirish va kamaytirish uchun o‘zgartiruvchi kuch transformatorlari xizmat qiladi. Podstansiya (PS) - elektr energiyasini o‘zgartirish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr ob’ekti bo‘lib, u transformatorlar, taqsimlovchi uskunalar, boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir. PSlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Kuchaytiruvchi PSda elektr energiyasi past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o‘zgartirilsa, pasaytiruvchi PSda buning aksi – u liniya orqali uzatilgan yuqori kuchlanishdan PSga ulangan taqismlovchi tarmoqning past kuchlanishiga o‘zgartiriladi. Elektr energiyasini qabul qilish va uning kuchlanishini o‘zgartirmasdan taqsimlashga muljallangan podstansiyalar taqsimlovchi punktlar (TP) deb yuritiladi. Elektr tarmoqlari bajaruvchi vazifasi, nominal kuchlanishi, sxemasi, iste’molchilarning xarakteri bo‘yicha turlarga ajratiladi. Bajaruvchi vazifasi bo‘yicha elektr tarmoqlari taqsimlovchi (mahalliy), ta’minlovchi (tuman) va tizimni hosil qiluvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Taqsimlovchi elektr tarmoqlari elektr istemolchilarini ta’minlovchi tarmoqlarning podstansiyalari bilan tutashtirib, asosan 110 kV gacha nominal kuchlanishda ishlaydi. Ta’minlovchi (tuman) elektr tarmoqlari taqsimlovchi elektr tarmoqlarni (ayrim hollarda, bevosita iste’molchilarni) elektr stansiyalari yoki tizimni hosil qiluvchi tarmoqlar bilan tutashtirib, asosan 110 kV dan yuqori kuchlanishda ishlaydi. Tizimni hosil qiluvchi elektr tarmoqlari alohida hududlardagi elektr energetika tizimlarini o‘zaro tutashtirib, birlashgan tizimni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Ular asosan 330 kV va undan yuqori kuchlanishda ishlaydi.