qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
asosiy talablari bo'lib, u pedagogik jarayonning yo'nalishini ko'rsatadi va uning
tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog'lik tafakkur
muloqotda bo'lishning pedagogik tamoyili, o'lchovi, talabalar bilan ularning
shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan holda to'g'ri muloqotda bo'la olish
Pedagogik texnika –
1) har bir ta'lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta'sir o'tkazishning
samarali qo'llash uchun zarur bo'lgan malaka va ko’nikmalar majmuasi;
2) har bir ta'lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan
ta'minlash uchun zarur bo'lgan malaka va ko’nikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni
birlashtirgan ta'limning o'zaro bog'langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik o’yin - bilim olishga qaratilgan va ma'lum bir pedagogik
natijani ko'zlagan hamda ta'lim jarayonida muayyan maqsadni amalga
oshiruvchi faoliyat turi.
Professiografiya - kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisoslar
tomonidan inson oldiga qo'yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi
tushuniladi.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi
bo'lib, uning mohiyati tuyg'ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar
ko'rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik mahsuli va natijalarni (psixik
obrazlar, holatlar, tushunchalar, hissiyot va h.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi
va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning ob'ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg'u-
hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o'rganadigan fan.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda
jarayonlariga aytiladi. Psixik holat (xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish,
ziyraklik, qat'iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma'lum darajada barqaror bo'lib,
ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini
aniqlovchi va o'lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli.
Psixologiya metodlari – psixik hodisalarni va ularning qonuniyatlarini
ilmiy tomondan o'rganishning asosiy yo'l-yo'riq va usullari.
Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni
tuzatish usullarini qo'llash jarayoni.
Psixologik xizmat – psixologiyani amaliyotda qo'llash tizimi. U turli
sohalarda diagnostika, konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: