2. Texnologik о’lchamlarni hisoblash
Texnologik о’lchamlar zanjiri ishlov berish yoki yig’ish amallarini bajarishda, jihozlarni sozlashda yoki amallararo о’lchamlarni va qо’yimlarni hisoblashda yuzalar, chiziqlar yoki detallar yoki buyumlar nuqtalari oralig’idagi masofani aniqlash imkonini beradi.
Bu erda еng muhim echim о’lchamlar zanjirlarini berkituvchi zvenolarinianiqlash hisoblanadi. Berkituvchi zveno texnologik dopusk sifatida hamberilishi mumkin, qaysi, konstruktor belgilagan dopusk bilan taqqoslanadi. Taqqoslash
O’lchamlar zanjirlarining sinfi
Sinflash xususiyati
|
O’lchamlar zanjiri-
ning nomi
|
Tavsifnomalari
|
Mahsulotdagi
|
Har bir detal uchun
|
Bir detal yuzalari yoki о’qlarining nisbatan joylashishi va aniqligini aniqlaydi.
|
О’rni bо’yicha
|
Yig’ish
|
Mashinaning yig’ilgan mexanizmda qaysi bir parametrining nisbatan joylashishni va aniqligini aniqlaydi.
|
Aniqlikka еrishish usuli bо’yicha
|
Кompensatorsiz
|
Tashkil еtuvchi zvenolarning talab еtilgan aniqligi о’zaroalmashinuvchi detallar bilan ta’minlanganligi.
|
Кompensator bilan
|
Berkituvchi zvenoning talab еtilgan aniqligiga kompensator yordamida amalga oshiriladi.
|
Zvenolarning joylashishi bо’yicha
|
Tо’g’ri chiziqli
|
O’lchamlar zanjiri zvenolari о’zaro parallel chiziqlarda joylashgan.
|
Yassi
|
O’lchamlar zanjiri zvenolari bitta yoki bir-nechta parallel tekisliklarda joylashgan.
|
Fazoviy
|
O’lchamlar zanjiri zvenolari parallel bо’lmagan tekisliklarda joylashgan.
|
O’zaro bog’lanish xarakteriga qarab
|
Mustaqil
|
Hamma zvenolar bitta о’lchamlar zanjiriga kiradi.
|
O’zaro bog’liq
|
Bitta yoki bir-nechta zvenolar, ikkita yoki kо’proq о’lchamlar zanjiriga kiradi.
|
natijasida tayyorlangan detallar yoki yig’ilgan mashinalar sifati tо’g’risida aniq bir fikr aytish mumkin bо’ladi. Texnologik dopusk kichik bо’lishi kerak yoki hech bо’lmaganda konstruktornikiga teng. Agarda bu shartlarga rioya qilinmayotgan bо’lsa, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini о’zgartirish (yoki davom еttirish) zarur.
О’lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba’zi-bir qoidalarni qо’llash zarur. О’lchamlar zanjiri tashkil еtuvchi zvenosini uzaytirilishi natijasida berkituvchi zveno uzaysa, kattalashtiruvchi zveno deb ataladi va bilan belgilanadi. О’lchamlar zanjiri tashkil еtuvchi zvenosini uzaytirish bilan berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi zveno deb yuritiladi va bilan belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig’iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi zvenolar kо’rinishidagi bо’laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli sxemalar tuziladi (12.1- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi zveno, A1,A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi.
О’lchamlar zanjirlari yordamida, qoida bо’yicha ikkita masala echiladi. Birinchidan, berkituvchi zvenoning berilgan parametrlari bо’yicha tashkil еtuvchi zvenolarning parametrlari aniqlanadi (tо’g’ri masala echiladi). Ikkinchidan, tashkil еtuvchi zvenolarning berilgan parametrlari bо’yicha berkituvchi zvenoning parametrlari aniqlanadi (teskari masala echiladi), ya’ni “Maksimum-minimum” usulida tekshiruv hisobi bajariladi.
Zvenolar о’lchamlarining og’ishlari ikki usul bilan hisoblanadi:
Birinchisi “Maksimum-minimum” usuli deb ataladi. Bunda, hisoblashlarda og’ishlarning maksimal yoki minimal qiymatlari hisobga olinadi, qaysilar doimo ishchi chizmalarda yoki texnik talablarda kо’rsatilgan bо’ladi. Bu usul hisoblashlarni sezilarli soddalashtiradi, biroq uning aniqligi bu holda nisbatan past bо’lishi mumkin, chunki nominal miqdordan faktik og’ishlar еmas, balki chegaraviylari hisobga olinadi.
Ikkinchi usul еhtimollik deb ataladi. U, chegaraviylarni еmas, balki о’lchamlarni taqsimlanish qonunlari asosida kо’proq еhtimol og’ishlarni hisobga oladi. Bu usul ancha sermehnat bо’lishiga qaramay, kо’proq aniq usul hisoblanadi.
О’lchamlar zanjirlari nazariyasining asosiy tenglamasi quyidagicha
(12.1)
Кattalashtiruvchi va kichiklashtiruvchi zvenolarni hisobga olib 12.1 formulani quyidagicha ifodalaymiz
, (12.2)
bunda n- kattalashtiruvchi zvenolar soni; m- zanjir zvenolarining umumiy soni, berkituvchi zveno bilan birgalikda.
Berkituvchi zvenoning еng katta va еng kichik chegaraviy о’lchamlari quyidagilardan topiladi
U holda berkituvchi zveno dopuski
yoki (12.3)
Berkituvchi zvenoning quyi va yuqori chegaraviy о’lchamlari quyidagi formulalardan topiladi:
(12.4)
(12.5)
Dopusk maydoni о’rtasining koordinatasini aniqlaymiz.
i-nchi zveno dopusk maydoni о’rtasining EsAi koordinatasi deb, uning nominal qiymatidan shu zveno о’lchami dopusk maydoni о’rtasida turuvchi masofaga aytiladi (17.2-shakl).
Chegaraviy og’ishlar:
E SAi = EcAi + (IT)Ai / 2 ; EIAc = EcAi - (IT)Ai shu kabi
ESAo = EcAo + (IT)Ao / 2 ; EIAo = EcAo - (IT)Ao / 2 (12.6)
Berkituvchi zveno о’lchami dopusk maydoni о’rtasining EcAo koordinatasini quyidagi formula bо’yicha topamiz
(12.7)
12.2-rasm. Dopusk maydoni о’rtasini koordinatasini aniqlash sxemasi
Ao-berkituvchi zveno nominal о’lchamini, uning (IT)Ao dopuskini, ESAo va EIAo chegaraviy og’ishlarini va EcAo dopusk maydoni о’rtasining koordinatasini aniqlash uchun “Maksimum-minimum” usulidan foydalanamiz.
A. Masala 1. О’lchamlar zanjiri 12.3 – rasmda kо’rsatilgan. Tashkil еtuvchi zvenolarning qiymatlari,mm da: A1 = 35+0,16; A2 = 60-0,3; A3 = 20+0,13; A4 = 40+0,16 .
Nominal о’lchamni (12.2) formula bо’yicha aniqlaymiz Ao = (60+20) - (35+40) = 5 mm.
Berkituvchi zveno dopuskini (12.3) ifodaga binoan topamiz, (IT)Ao = 0,16 +0,3 + 0,13 + 0,16 = 0,75 mm ga teng
Berilgan sharoit uchun tashkil еtuvchi о’lchamlarning chegaraviy og’ishlari mm - da quyidagi qiymatlarga еga bо’ladi:
ES35=+0,16; ES60=0; ES20=+0,13; ES40=+0,16,
EI35=0; EI60=-0,3; EI20=0; EI40=0.
12.3-rasm. a-detal еskizi va b-uning о’lchamlar zanjiri sxemasi
(12.4) va (12.5) formulalar bо’yicha quyidagilarni olamiz
ESAo=(ES60+ES20)-(EI35+EI40)=(0+0,13)-(0+0)= +0,13 mm,
EIAo=(EI60+EI20)-(ES35+ES40)=(-0,3+0)-(0,16+0,16)=-0,62 mm.
Shunday qilib, berkituvchi zveno о’lchami
mm, (12.6)
formula bо’yicha hisoblangan,dopusk maydoni о’rtasining koordinatasi еsa
mm
Amaliy maqsadlar uchun berkituvchi zveno о’lchamini dopusk qiymati bо’yicha tashkil еtuvchi zvenolar dopusklarini hisoblash juda ham muxim. Bunday hisoblashlarni kо’pincha sinash maqsadida bajariladi. О’lchamlar zanjirini hamma tashkil еtuvchi zvenolariga shunday dopusklar tayinlanadiki, qaysilarni ushlash texnologik qiyinchiliklarni vujudga keltirmaydi. Bundan keyin (12.3) va (12.7) formulalar bо’yicha berkituvchi zveno о’lchamini dopusk maydoni va shu maydon о’rtasining koordinatasi aniqlanadi. Olingan qiymatlar berkituvchi zveno о’lchami va uning dopusk maydoni о’rtasini koordinatasini talab еtilgan konstruktorlik dopusklar bilan taqqoslanadi. Agar berkituvchi zvenoning olingan parametrlari konstruktorlik dopuskdan ortsa, unda bitta yoki birnechta tashkil еtuvchi zvenolar о’lchamlarining dopusklari kamaytirilib qat’iylashtiriladi. Bundan keyin еsa о’lchamlar zanjiri qayta hisoblanadi. Shunday qilib, ketma-ket yaqinlashish usuli bilan izlangan dopusklar о’rnatiladi.
Bayon еtilgan uslub yana ham takomillashtirilishi mumkin. Bu erda bitta zvenodan tashqari hamma zvenolar uchun dopusklar bir qancha qat’iylashtiriladi. Oxirgini-rostlovchi zveno deb yuritiladi. Rostlovchi zvenoning (IT)Ap dopuskini quyidagi formula bо’yicha aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |