2.11. QORAMOLLARNI PARVARISH QILISH
Sog‘in sigirlarning oziq ratsioni va ularni boqish. Sog‘in sigirlarning oziq rasioni ularning oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ishtaha bilan yeydigan, hazm organlarini zo‘riqtirmaydigan, oziq moddalarning yaxshi o‘zlashishiga yordam beradigan bo‘lishi lozim. Oziq rasioni fermaning o‘zida yetishtiriladigan yem-xashaklardan maksimal foydalaniladigan qilib tuzilishi kerak. Sog‘in sigirlar molxonada boqiladigan davrda oziq rasioni asosan dag‘al va shirali oziqlar - pichan, silos, ildizmevalar, senajdan iborat bo‘lishi kerak. Sersut sog‘in sigirlarga konsentrat oziq (yem) ham berish zarur. Sersut sigirlar faqat dag‘al va shirali oziqlar bilan boqilganida rasionning hajmi juda ortib ketadi, sigirlar uni yeb tugata olmaydi. Buning ustiga, ko‘p miqdordagi konsentrat oziq modda almashinuvini izdan chiqaradi, osteomalyatsiya deb ataladigan kasallik (suyak to‘qimasi kasalligi) ni keltirib chiqaradi.
Sog‘in sigirlar uchun ham oziqlantirish ratsioni tuzilgan. Bundan tashqari, sigirlarning tirik vazniga qarab dag‘al va shirali oziqlar berishning taxminiy me’yori ham belgilab chiqilgan. Sog‘in sigirga dag‘al oziq 100 kg tirik vaznga 1-2 kg (yarim pichan bo‘lishi kerak), shirali oziq 6-8 kg hisobida berilishi kerak. Qancha konsentrat oziq berish kerakligi sigirdan sog‘iladigan sut miqdoriga qarab belgilanadi. Bir sutkada 10-20 kg sut beradigan sigirga har 1 kg sutga 150-200 g, sutkasiga 25-30 kg sut beradigan sigirga esa 250-350 g hisobidan konsentrat oziq beriladi.
Tirik vazni 500 kg bo‘lgan va sutkasiga 20 kg sut beradigan sigirning oziq ratsioni qo’yidagicha (kg):
Pichan 3
Yo‘ng‘ichqa pichani 3
Ko‘k o‘t yoki makkajo‘xori silosi..........30
Nim shirin lavlagi 18
Konsentrat oziq 3.8
Osh tuzi 0.105
M ol boqishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun tirik vazni va mahsuldorligi bir xil bo‘lgan hayvonlarga dag‘al va shirali oziqalar bir xilda beriladi. Sersut sigirlar uchun alohida ratsion tuziladi va sutkasiga 3-4 marta oziqlantiriladi.
Birinchi konsentrat, keyin shirali, so‘ng dag‘al oziq beriladi. Yangi buzoqlagan sigirlarga alohida e’tibor berilib ovqatlantiriladi. Toki u ko‘p sut bersin. Buzoqlaganidan 10 kun keyin sigir sekin-asta to‘la oziq ratsioniga o‘tkaziladi. Sutini ko‘paytirish davrida sigirga qo‘shimcha ravishda 2-3 oziq birligi beriladi. Qo‘shimcha oziq sigir ko‘nikib ketgunga qadar beriladi. Yangi buzoqlagan sigirni amalda berayotgan sutiga muvofiq oziqlantirish sutning ko‘payshiini ta’minlay olmaydi.
Chorvachilikda buzoqlarni parvarish qilish alohida ahamiyatga ega. Yangi tug‘ilgan buzoq tug‘ilganiga 40-50 minut o‘tgandai so‘ng o‘rnidan turib emishga harakat qiladi. Yangi tug‘ilgan buzoqchalarga tug‘ilganidan darhol o‘viz suti beriladi, birinchi kuni 1,5-1,7 kg, keyin 2-3 litr o‘viz suti bsrilishi lozim. O‘viz sutini ichgan buzoqchalar sog‘lom, baquvvat bo‘lib tez o‘sadi. Chunki o‘viz suti tarkibida oqsil, vitaminlar, zarur bo‘lgan mineral moddalar ko‘p bo‘ladi. Buzoqchalar dastlabki bir hafta ona sigir suti bilan boqiladi, bir kunda 2,8-3,0 litr sutni ichadi. Jahonning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida buzoqchalarni xonalari 2-3 kun emadi, 3-4-kuni ularga soya suti beriladi, soya suti tarkibi jihatidan sigir sutiga juda o‘xshash va buzoqchalar uni xush ko‘rib emadi. Buzoqchalar 20-25 kunlik bo‘lgandan so‘ng ularga albatta' qo‘shimcha oziqa berib turiladi. 10 kunligidan boshlab, barra ko‘k o‘tlar berish mumkii, ozgina ildizmevalilar, donli ozuqalar, beda ko‘k o‘ti berib boriladi. Ular ona sutini 4-5 oygacha emishi mumkin. Ammo 3 oyligidan boshlab, qo‘shimcha oziqlarga o‘rgatish lozim. Sigir sutini tejash uchun soya va boshqalardan sut tayyorlab buzoqlarga ichiriladi. Kelgusida sut beruvchi zotdor sigir yoki yuqori nasl beruvchi ho‘kiz uchun ajratiladigan buzoqlar albatta onasini uzoq vaqt emishi kerak
Buzoqlarni ma’lum maqsad asosida to‘g‘ri boqish va parvarish qilish qoramol podasini sog‘lom, sermahsul sigirlar va yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ba-quvvat nasldor buqalar bilan to‘ldirishda muhim axamiyatga ega. Umuman, buzoqlar har bir fermaning yo‘nalishi, yetishtiriladigan mahsulot turi va ishlab chiqarishning konkret maqsadi hamda sharoiti hisobga olingan holda boqib parvarish qilinadi (18-rasm).
Buzoqlarni boqish va parvarishlashni bir qancha usullari mavjudefolyasiya Shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizdagi barcha qoramolchilik fermalarida, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarida, bu borada mavjud usullardan bittasi, ayrim hollarda ikkitasi qo‘llaniladi.
Birinchi usul - buzoqlarni onasidan ajratib boqish. Bu usul asosan barcha sut-tovar fermalarida va ayrim ilg‘or fermer xo‘jaliklarida kullanib kelinayotgan progressiv usul hisoblanadi. Bunda buzoqlar tug‘ilgan kunidan boshlab 5-10 kun davomida uz onasining o‘viz sutidan baxramand bo‘ladi. So‘ngra ular maxsus kataklarga olinadi va guruhlab boqiladi (19-rasm).
Uviz suti birinchi marta buzoqlar tug‘ilganidan so‘ng 1-2 soat o‘tgach 1-1,5 kg miqdorida beriladi. Oziqlantirishdan oldin buzoqlarni lablari, burni va yuzi yaxshilab artiladi. Yangi tug‘ilgan buzoqlarga dastlabki kunlari uviz suti maxsus rezinka surg‘ichlar yordamida kuniga 5-6 marta berilsa, so‘ngra kuniga 4 marta aniq, belgilangan vaqtlarda (kun tartibi asosida) beriladi. Bunda buzoqlar hamma vaqt bir xil miqdordagi sutni yakka holda olishi mumkin. Beriladigan uviz suti yoki sog‘ib olingan sutning harorati 37°C, toza va sifatli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar tukdan sigirning yelini kasal bo‘lsa yoki sutining sifati talabga javob bermasa, u holda bir vaqtda tukdan yoki turishiga ko‘ra 1-2 kunga fark, qilgan sigirlarning suti ichiriladi. Buzoqlarga tug‘ilgan kuni 5-7 kg atrofida uviz suti ichirilishi yaxshi natija beradi. Besh kunlik bo‘lganida 6-10 kg gacha ko‘paytirish mumkin. Umuman, birinchi besh kun ichida ularga 30-45 kg uviz suti ichirilsa, har tomonlama yaxshi natija beradi.
Buzoqlarni ko‘p miqdorda, faqat sigir suti bilan boqish iqtisodiy jixatdan uncha ko‘p foyda keltirmaydi. Binobarin, ularni sun’iy sut, sersuv va dag‘al oziqlar bilan ta’minlash iqtisodiy samaradorlikka erishishda anchagina afzalliklarga ega. Bunday tadbirlarni buzoqlar tug‘ilganidan so‘ng sutining miqdori oz-ozdan kamaytirilib, uning o‘rniga sun’iy sut miqdori ko‘paytirilib boriladi.
Ikkinchi usul ajratib emizdirib boqish bu usul eng qadimgi usul bo‘lib, bunda sigirni sog‘ishdan oldin, sog‘ish vaqtida va sut sog‘ib bo‘lingach, sigir yoniga uning buzog‘i qo’yib yuboriladi. Sigiri bo‘lgan barcha xonadonlar ham shu usulda buzoq, boqadilar va parvarish qiladilar. Bu usul hozirgi vaqtda xo‘jaliklarda deyarli qo‘llanilmaydi.
Uchinchi usul - «enaga» sigirlarga biriktirib boqish. Buning uchun o‘z onalaridan ajratib olingan buzoqlar 2 tadan 4 tagacha qilib mashina yordamida sog‘ishga yaroqsiz yoki qari sigirlarga biriktirib qo‘yiladi. Buzoqlar o‘z «enagasini» 2-3 oy mobaynida emib o‘sadi va rivojlanadi.
Biriktirilgan buzoqlar soni «enaga» sigirlarning sut mahsuldorligiga bog‘lik. Emizish uchun rejalashtirilgan sigirlar bir guruh, buzoqni emizish davri tugashi bilan yangi guruh buzoqlarni qabul qiladi. Shunday qilib, sut mahsuldorligi 3000-3500 kg bo‘lgan sigirlar bir laktasiya davrida 8-10-12 ta buzoqni emizdirib, boqib beradi.
To‘rtinchi usul onalariga uzluksiz emizdirib boqish. Bu usul asosan go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikda qo‘llaniladi. Bunda sigirlar deyarli cog‘ilmaydi. Poda sharoitida yosh buzoqlar 6-8 oylik bo‘lguncha faqat onasini emib rivojlanadi. Agar talab etilsa va sigir suti ikki buzoq uchun yetarli bo‘lsa, bir sigirga ikkita buzoqni ham biriktirib boqish tavsiya etiladi.
Shunday qilib, buzoqlarni boqish, parvarish qilish va rivojlantirish usullari har bir xo‘jalikning mahsulot yo‘nalishi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra qo‘llanishi ko‘plab ijobiy natija beradi.
Buzoqlar olti oylik bo‘lganida erkaklari urg‘ochilaridan ajratilgan holda maxsus xonalarda boqiladi. Bunda turtta guruh, tashkil etish nazarda tutiladi. Birinchi guruhda buzoqlar 9 oylik bo‘lguncha boqiladi. Ikkinchi guruhda 9 oylikdan 12 oylik bo‘lguncha boqiladi. Uchinchi guruhda 12 oydan 18 oylik bo‘lguncha boqiladi. Turtinchi guruhda 18 oylik g‘unajinlar ikki yoshli bo‘lguncha boqiladi. Buzoqlar xo‘jalik uchun belgilangan usulda bog‘lab yoki bog‘lamasdan boqiladi.
Nasl olish uchun mo‘ljalllangan erkak buzoqlarni xisobga olmaganda barcha guruhdagi buzoqlarga 8-9 oyligidan boshlab kup miqdorda somon, silos va ildizmevalar berib boqiladi. Buzoqlarni bog‘lab boqishda ularga sutkasiga uch marta yem-xashak beriladi. Suvni avtomat suvdonlardan istaganicha ichadi.
Kupgina xo‘jaliklarda olib borilgan kuzatishlarga qaraganda ko‘rsatilgan me’yorlarda boqilgan buzoqlar sog‘lom, baquvvat va yuqori mahsuldor bo‘lib yetishadi. Buzoqlarni sun’iy sut bilan bokish 180-200 kg sigir sutini tejash imkonini beradi.
Yem-xashakning sifati qancha past, tarkibida kimyoviy elementlar, ayniqsa protein kam bo‘lsa, buzoqlarning har kilogramm semirishi uchun shuncha kup oziq sarflanadi.
Buzoqlar sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishi uchun ularni uzluksiz osh tuzi bilan ta’minlab turish tavsiya etiladi. Bunda 1-6 oylik buzoqlarning har 100 kg vazni xisobiga 12 g, 6 oylikdan boshlab 10 g dan osh tuzi berish talab etiladi
Nazorat savollari
1. Sog‘in sigirlarning oziq rastsioni qanday?
2. Chorvachilikda buzoqlarni parvarish qilish qanday ahamiyatga ega?
3. Buzoqlarni boqish va parvarishlashni qanday usullari bor?
4. Nasl olish uchun mo‘ljalllangan erkak buzoqlar qanday boqiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |