1101 Qutqaruv xizmati: 1050 Излаш  O'z  O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi



Download 493,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.07.2022
Hajmi493,29 Kb.
#777562
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar

Gazeta
Jurnallar
So'rovnoma
Saytning yangi dizayni
yoqdimi?
Yuborish
Natijalar
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
2022 yil iyun 
2022 yil apre


Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo‘la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv
yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko‘zga tashlanadi, yozda esa faqat
kechasi chiqadi. Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan
oziqlanadi.
Charx ilon (efa peschannaya)
Charxilon 
uncha katta bo‘lmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti
qo‘ng‘ir-kul rang yoki qum rang bo‘ladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda
to‘qroq bo‘ladi. Orqasida ko‘ndalang yoki oq, ko‘ndalangiga cho‘ziq dog‘lari bor. Ular qirralari orasida
ilonizi yo‘l hosil qilib joylashgan. Och rangli dog‘lardagi ba’zi tangachalarning cheti qoramtir qo‘ng‘ir yoki
qora bo‘ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu
vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o‘ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun
ham unga 
charx ilon 
degan nom berilgan.
O‘zbekistonda charxilon Termiz atroflara va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog‘ tuproqli cho‘llarda
juda ko‘p. Bu erda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi
bo‘ylab Sho‘rchi va Bobotog‘ tog‘ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpog‘istonning janubiy
rayonlarida va Qizilqum cho‘lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog‘ tuproqli va qumli cho‘llar,
daryo vohalaridagi jarliklar, ko‘hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag‘irlarda yashaydi.
Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko‘rina boshlaydi. Issiq kelgan yillari ko‘pincha qishning o‘rtalarida,
yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktyabr-noyabr) ular ko‘pincha inlari yonida isinib
yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi.
Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni eydi. Kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar
(dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va o‘qilonlarni eydi.
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg‘ochilari 3 tadan 15 tagacha uzunligi 10—20 sm bo‘lgan tirik
bola tug‘adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog‘ida odatda 3—4
oydan keyin nobud bo‘lar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og‘ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari
burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Ba’zan ilon chaqqan odam
uchinchi kuni halok bo‘ladi. Odatda u bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.
Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)
Toshkent va Samardand oblastidagi tog‘larda va Qoraqalpog‘istondagi tekisliklarda qalqontumshuq ilon
yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning ko‘p
vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy rayonlarida yashaydi.
Tanasining uzunligi 68 sm gacha, dumi qisqa 4—8 sm bo‘ladi. Ustida to‘q rangli ko‘ndalang dog‘lari bor.
Bu yo‘llarning cheti o‘rtasiga qaraganda ancha to‘q rangli bo‘ladi. Tanasining yonida ancha mayda va to‘q
rangli dog‘lardan iborat uzunasiga ketgan yo‘llari bor. Qorni och yoki to‘q rangli mayda dog‘li, ba’zan esa
dog‘siz bo‘ladi.


Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda -gil tuproqli va qumli cho‘llardir. Janubda u baland
tog‘lardagi archazor o‘rmonlarda va tosh uyumlari bo‘ylab alp o‘tloqlarigacha (3200 m va undan
balandroq) uchraydi.
Mirzacho‘lda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri — martning boshida qishlovdan chiqadi.
Dastlabki kunlari ular o‘zlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi
hayot tarziga o‘tadi. Iyulning oxiri — avgustda urg‘ochilari 160—190 mm uzunlikdagi 1—20 ta bola tug‘adi.
Ular sekin o‘sadi. Hayotining uchinchi yili jinsiy jihatdan voyaga etadi. Belgilab qo‘yilgan
qalqontumshuqlar tabiatda 12—13 yildan keyin tutilgan edi. Balki ular bundan uzoq yashasa kerak.
Qalqontumshuqning chaqishi juda og‘ritadi. Bunda odam shishib ketadi, issig‘i ko‘tariladi, ba’zan esa
qorason kasalligi kuzatiladi. 10— 15 kundan keyin u tuzala boshlaydi.
Qo‘lvor ilon
Ko‘lvor ilon ancha yirik bo‘ladi, yo‘g‘onligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm cha,
dumi esa 20 sm dan ortiq emas. Eng og‘ir ko‘lvor ilonning massasi 3 kg cha keladi. Usti och yoki to‘q kul
rang, sarg‘ish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil cho‘qqi-qirrasi bo‘ylab yirikroq va gavdasining yon
tomonlarida esa maydaroq dog‘lari bo‘ladi. Qorni och rangli bo‘lib, ayrimlarida mayda nuqtalari bo‘ladi.
O‘zbekistonda Turkiston tog‘ oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma tog‘lari, Ko‘hitang va Hisor tizma
tog‘lari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha ko‘p tarqalgan. Zarafshon tizma tog‘i va
Nurota tog‘larining ba’zi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, ba’zan esa undan ko‘p ko‘lvor ilonni
uchratish mumkin.
Ko‘lvor ilon tog‘larda, tog‘ oldilarida va tog‘larning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog‘
etaklaridagi bog‘larda, buloqlarning bo‘yida, tog‘lardagi tosh uyumlari orasida ko‘p uchraydi.
Qiyaliklarning yoriqlari, toshlar orasidagi bo‘sh joylar, kemiruvchilarning, tulki va qushlarning sog‘
tuproqli jarliklardagi inlariga kirib yashirinadi.
Ko‘lvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland tog‘larda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular
kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda
esa kunduzi ham ko‘rinadi. Ko‘lvor ilon may oyidan boshlab butun yoz bo‘yi tunda aktiv hayot kechiradi.
Ozig‘ini faqat erda emas, balki daraxtlarda ham axtaradi. Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, ba’zan
kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko‘lvor ilonlar ba’zan ancha yirik o‘ljani ham tutib eydi.
O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘lvor ilon iyulda tuxum qo‘yadi. YOsh ilonlar avgust-sentyabrda chiqadi.
Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot
bog‘ida ko‘lvor ilon 17 yil yashagan.
Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va ko‘pincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Ko‘lvor
ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga o‘z vaqtida meditsina yordami ko‘rsatilmasa, u
halok bo‘lishi mumkin. Zahari qonga, jigarga ta’sir qiladi, shishirib yuboradi, terida binafsha rang qizil
dog‘lar ko‘rinishida nuqtali qon q
u
yilishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi
zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.
O‘zbekistonda keng tarqalgan zaxarli ilonlarning besh turi:
1.1. O‘rta Osiyo kobrasi – Naia oxiana eich
1.2. Dasht zaxarli qora ilon – Vipera ursine
1.3. CHarx ilon - Carina tus scheid
1.4. Qalqontumshuq ilon - Ancistrodon nalys Pall.
1.5. Ko‘lvor ilon – Vipera lebetina L. ilonlar kiradi.



Download 493,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish