A) I—1, 5-a, c; II—4-d; III—3-b
B) I—1, 5-a; II—4-b; III—3-d
С) I—1-a, c; II—4-d; IV—2, 5-a, c
D) II—4-d; III—3-е; IV—2, 5-a, c
11-sinf uchun ochiq test savollari
1. Geterogamiya - erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gametalar erkak gametalarga nisbatan yirik bo‘lishi bilan xarakterlanadi (xlamidomonada).
2. Kopulatsiya - Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu organizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi.
3. Sibslar - Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib boriladi. Avlodlar shajarasini tuzishda proband haqida ma’lumot yig‘iladi. (Proband – avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo‘lgan shaxs). Probandning aka-uka yoki opa-singillari sibslar deyiladi. Shajaraning har bir a’zosi to‘g‘risida, uning probandga qanday aloqadorligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi, keyin ular grafik tarzda ifodalanadi. Shajara tuzilganda probanddagi belgining irsiylanish tipini ham aniqlasa bo‘ladi.
4. Retropozonlar – ko‘chish mexanizmi bo‘yicha retrotranspozonlarga o‘xshaydi, ya’ni ularni nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko‘chadi. Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o‘xshamaydi va nusxa ko‘chirish uchun o‘zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas. Bu uch turdagi ko‘chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko‘p miqdorini tashkil qiladi.
5. Fotoperiodizm (yunoncha – «photos» – yorug‘lik va davr) – kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.
6. Sukkulentlar (lotincha – «succulentus» – sersuv) – o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar. Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar suvni qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan (kaktuslar). Fotosintez
jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi.
7. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. Masalan, yorug‘sevar o‘t o‘simliklar baland daraxtlar soyasida o‘sganda yorug‘lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada qoladi. Daraxtlarga esa bu «qo‘shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham yetmaydi. Mog‘or zamburug‘lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib, bakteriyalarning o‘sishini va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |