11-sinf Ma’naviyat asoslari aa 1-dars: Inson — kishilik jamiyatining ijodkori



Download 1,06 Mb.
bet46/114
Sana31.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#261831
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Oilaviy farovonlik tushunchasiga ta’rif bering.

2. Bugungi kunda mamlakatimizda oila masalasiga qanday ahamiyat berilmoqda? Bu haqidagi fikringizni asoslang.

3. «Oila — muqaddas qo‘rg‘on». Mazkur tushunchaga quyidagi rasmlar orqali ta’rif bering.



Oila — nikohga yoki tug‘ilganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a’zolari ro‘zg‘orning birligi,

o‘zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog‘langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari— inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalashdan, oila a’zolarining turmush sharoitini va bo‘sh vaqtini samarali uyushtirishdan iborat.

Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlovchi

muqaddas maskan hamdir. Oilada biz va avlodlarimiz tarbiya topib, ulg‘ayamiz, dun yoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe’l-atvor kasb etib boramiz.

Oila jamiyatning poydevorini tashkil etadi. Jamiyat va davlatning farovonligi, gullab-yashnashi bevosita shu jamiyatdagi oilalarning moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkamligiga bog‘liq.

Oilaviy tarbiyada ota-ona va farzandlar munosabati alohida o‘rin tutadi. Bunda ota-ona zimmasida ma’naviy yetuk, jismoniy baquvvat yosh avlodni yetkazish barobarida, jamiyat ravnaqi uchun muayyan bir kasbning fidoyisi, iqtisodiy mustaqil, ishbilarmon, tadbirkorlik madaniyatiga ega shaxsni kamol toptirish tushadi. Farzandlar esa bu go‘zal va maqbul tarbiyani o‘zida shakllantirib, o‘zlashtirib boradi.

Sharqda oila azaldan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oila a’zolarida muayyan turmush tarziga rioya qilib, tajriba orttirish, saranjom va tejamkor, qat’iy va to‘g‘riso‘zlik singari odob-axloq me’yorlarini kamol toptirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan. Buyuk qomusiy olimlarimiz, xususan, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-xaqoyiq», Abu Nasr Forobiyning «Baxtga erishish haqida», Abu Ali ibn Sinoning «Tadbir al-manozil» risolasi, Sa’diyning «Guliston», Husayn Voiz Koshifi yning «Axloqi muhsiniy», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», «Hayrat ul-abror», Abdurahmon Jomiyning «Silsilat uz zaxab», «Bahoriston», Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» va boshqa ko‘pgina asarlarda oila ma’naviyati, bolalar va yoshlar tarbiyasining uslublari, ota-onaning oiladagi vazifalari, farzandning ular oldidagi burchi, oilaviy tarbiyaning mazmun-mohiyati har tomonlama sharhlanib turli hayotiy rivoyatlar orqali atroflicha yoritib berilgan.

O‘zbek oilalari totuvligi, bolajonligi, yaqin birodarlar va qarindosh-urug‘larga nisbatan o‘zaro hurmatda bo‘lish, mehr-oqibat rishtalarining mustahkamligi va boshqa oilaviy qadriyatlarning ustunligi bilan ham dunyodagi ko‘pgina millat, xalqlardan ajralib turadi.

Agar oilada hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, bir-biriga ishonch kuchli bo‘lsa, rostgo‘y, samimiy,

mehribon, o‘z yaqinlariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga doimo yordam berishga tayyor

bo‘lgan insonlar kamol topadi. O‘zida ushbu fazilatlarni mujassamlashtirgan insonlarning oilalar ida doimo halovat va tinchlik hukm suradi. Agar aksincha bo‘lsa-chi. Bunday oilani fayz-baraka, samimiyat, totuvlik, oqibatlilik va muhabbat tuyg‘ulari butunlay tark etadi.

Shu ma’noda oilaning har bir a’zosi nafaqat o‘zining shaxsiy farovonligi yo‘lida, balki oilasining manfaatlari uchun qayg‘ursa, o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish ni maqsad qilib olsa, oilaning farovonligi yanada mustahkamlanadi.

Yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va mahalla fuqarolar yig‘inining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish, mustahkamlash va samaradorligini oshirish borasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 2012-yildan «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorligi huquqiy me’yor asosida belgilab qo‘yildi.

«Bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shunday kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni

zaifl ashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostiga qoladi».


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish