BILIB OLING!
Mediabozorda tayyorlovchi, axborot (mahsulot) yetkazib beruvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Tayyorlovchi bu g‘oya muallifi materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, mediamatnni tayyorlaydi, uzatadi; mahsulot (axborot)— matn, belgi, surat va ramzlarda ifodalangan ma’lumot; yetkazuvchi(kanal)— axborotni uzatish vositasi (media); iste’molchi —axborotni oluvchi, o‘rganuvchi, talqin qiluvchi shaxs.
Inson xotirasi telefon orqali 10 foiz ma’lumot qabul qiladi. Video orqali esa 60 foiz ma’lumotni singdirar ekan.
Internet veb-sahifalarida turli ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjatlar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir.
Hozirda ijobiy xarakterdagi axborot bilan bir qatorda salbiy axborotni inson, xususan, yoshlar ongiga singdirishning usul va vositalari aynan internet vositasida amalga oshirila boshlandi.
Internet paydo bo‘lishi bilan uning jamiyat axloqiga ta’sir etuvchi muayyan bir jihatlari xususida turli
bahslar bo‘lib o‘tgan. Bularga globallashuv, ya’ni turli xil madaniy sharoitda istiqomat qiluvchi va turli tarbiyaga ega odamlarning muloqotda bo‘lishi oqibatida milliy qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi namoyon bo‘la boshladi. Shuningdek, axborotning yashin tezligida tarqalishi o‘z navbatida haqiqiy axborotni yolg‘onidan ajrata olmaslikka, turli xil salbiy mazmundagi ma’lumotlarning yoyilishiga, agressiv, zo‘ravonlikka undovchi saytlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Zero, ma’naviyatli-madaniyatli inson hech qachon sayt, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va bloglar orqali haqoratli, bevosita inson ruhiyatiga salbiy ta’sir etadigan so‘zlarni yozmaydi. Chat va forumlar orqali murojaatlarda so‘z odobi doirasidan chiqmaydi.
Shunday ekan, internetdan foydalanganda nimalarga e’tibor qaratish kerak:
tinchlikka xavf soladigan, buzg‘unchilik xarakteriga ega bo‘lgan, boshqa foydalanuvchilar va uchinchi shaxslarning shaxsiy hayotiga daxl qiladigan har qanday axborotni yuklash, saqlash, chop etish, tarqatish va boshqa holatlarda foydalanish;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzish;
hayvonlarni qiynoqqa solish va zo‘ravonlik aks etgan, shunga undovchi tasvirlarini yuklash;
irqiy, diniy, etnik dushmanlikni targ‘ib qiladigan g‘oyani aks ettirish;
jinoyatchilik faoliyatini targ‘ib qilish uchun ko‘rsatmalar berish;
cheklangan axborotni joylashtirish;
giyohvand moddalarni tarqatish yo‘llari, ularni tayyorlash usullari haqidagi axborotni joylashtirish;
firibgarlik xarakteriga ega bo‘lgan matnlarni joylashtirish.
«Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Hayot barchamizdan dadil harakatlarni, faol tashabbuslarni, hamma sohada haqqoniy va odil munosabatni talab etmoqda. Ko‘pni ko‘rgan, sabr-toqatli, mehnatkash va
olijanob xalqimiz amalga oshirayotgan ana shunday muhim o‘zgarishlarning natijasini kutmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: |