II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. «Internet», «media madaniyat» va «axborot xavfsizligi» tushunchalariga ta’rif bering.
2. Hazrat Alisher Navoiy bobomizning «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho hikmatida
qanday ma’no mujassam bo‘lgan?
3. Bugungi kunda media madaniyatning jamiyat ma’naviyatiga ta’sirini nimalarda sezish mumkin?
Rasmlar orqali fikringizni asoslang.
Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy madaniyat unsurlarini bilish bugungi dolzarb vazifa hisoblanadi.
Biz yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz: istalgan ma’lumotni, o‘zimizga zarur bo‘lgan har qanday axborotni izlashda turli xil ijtimoiy-siyosiy gazetalar, kitoblar va teleko‘rsatuvlardan ko‘ra internetni ma’qul ko‘ramiz. Nega shunday? Chunki internetdagi ma’lumotlar tez-tez yangilanib turadi va, eng asosiysi, foydalanishimiz hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Hazrat Alisher Navoiy bobomiz axborotning shaxs, jamiyat hayotida tutgan ahamiyatini yuksak baholab, bundan besh asr oldin «Agar ogohsen sen, shohsen sen», degan bebaho satrni yozib qoldirgan.
Axborot texnologiyalari keskin rivojlanib borayotgan sharoitda axborot xavfsizligi shaxs, jamiyat, davlatning milliy manfaatlarini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, har bir axborot tagida manfaat yotadi. Ammo axborotdan milliy va xalqaro manfaatlarga zid
kelgan holda foydalanish jinoyat hisoblanadi. Bugungi kunda esa axborot dunyoning ayrim mamlakatlari
hamda xalqaro terroristik tashkilotlari qo‘lida asosiy va dahshatli qurol vositasiga aylanib bormoqda. Buning asosiy sababi — axborotning odamlar e’tiboriga eng qulay, eng tezkor va eng samarali yetib borishidadir.
Jamiyatimiz hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’lim sohasidagi taraqqiyotini internet,
televideniye, radio va ommaviy nashrlarsiz tasavvur qila olmaymiz.
Dunyoda yuz berayotgan turli voqealar va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan ma’lumotlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet va ommaviy axborot vositalari orqali kirib kelmoqda. Ba’zi yoshlar bu ma’lumotlarga o‘zlari bilmagan holda ishonishmoqda, bu esa ularning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Yoshlarimizning media-savodxonligini oshirishda ommaviy-axborot vositalarining roli kattadir. Ular orqali turli xil ko‘rsatuvlar tashkil etib borish, dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarish lar haqidagi fikrlarini o‘rganish, tahlil qilish yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirib borishning eng samarali yo‘lidir.
Bunda yoshlar internet tizimlaridan foydalanganida, o‘zimizning rasmiy (filtrdan o‘tgan) va ishonchli saytlarimizdan ko‘proq foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o‘zgarishlar jarayoni, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi. Bu
esa iste’molchilardan axborotdan unumli foydalanishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |